161
ko’rib chiqishda, xulosa chiqarishda qandaydir ta’sir doirasiga tushib qolmaslikni
bildiradi. Xolislikning etika talablariga amal qilishda:
Oldindan xulosa chiqarishga g’arazgo’ylik
yoki boshqa shaxslarning
xolislikka zarar keltiruvchi ta’siridan, munosabatlardan qochish;
Agar ular auditorning kasbiy muhokamasiga jiddiy va yo’l qo’yib
bo’lmaydigan ta’sir o’tkazish mumkinligi haqida ongli ravishda faraz qilinsa,
sovg’alar va boshqa mehmondo’stlik belgilarini qabul qilmasligi va o’zi ham taklif
etmasligi zarur.
Xizmat ko’rsatishga rozilik bergan auditor ishni yuqori professional darajada
bajara olishiga ishonishi lozim. Auditorlar auditorlik xizmatlarini etarlicha e’tibor
va g’ayrat bilan bajarishlari zarur. Ularning majburiyatlari doimiy ravishda o’z
bilimlari va tajribalarini shunday darajada oshirishi kerakki, rahbariyat ham,
mijozlar ham uning doimiy ravishda yangilanib boradigan qonunchilik sohasidagi
ma’lumotlar audit metodikasi va amaliyotiga
asoslangan professional
xizmatlarining yuqori sifatliligiga ishonsin.
Professional kompetentlik – auditorga professional xizmatlarni malakali va
sifatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega
bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak.
Maxfiylik - audit tamoyillaridan biri bo’lib, auditorlar (auditorlik
tashkilotlari) auditorlik faoliyati davomida olgan yoki tuzgan hujjatlarining bus-
butun (yaxshi) holda saqlashni ta’minlashga
majburligi, kim bo’lishidan qat’iy
nazar, bu hujjatlarning yoki ularning nusxalarini uchinchi shaxslarga berish
huquqiga ega emasligi (to’liq holda ham, qisman ham) yoki mulk egasi
(rahbar)ning roziligisiz ulardagi ma’lumotlar mazmunini og’zaki
ravishda ham
boshqalarga oshkor qilmaslikni o’z ichiga oladi.
Maxfiylik tamoyiliga hatto tekshirilgan iqtisodiy sub’ekt haqidagi
ma’lumotlar oshkor yoki e’lon qilinishidan unga moddiy yoki boshqa zarar etmasa
ham, majburiy tarzda amal qilinadi.
Maxfiylik axborotlarni sir saqlash majburiyatini yuklaydi va kasbiy xizmat
ko’rsatish davomida axborotlarni olgan auditordan bu axborotlardan shaxsiy
162
maqsadlarda yoki uchinchi tomon manfaatlari uchun
foydalanmaslik talablarini
qo’yadi.
Mustaqillik bu auditorning audit qilinayotgan tashkilot ishlarida yoki uchinchi
shaxsga bog’liq holda o’z fikrlari shakllanishida manfaatdorlikning (moliyaviy,
mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa har qanday) bo’lmasligini o’zida ifoda etadi.
Jamiyat manfaatlari yo’lida hamma auditorlar va auditorlik tashkilotlari audit
qilinayotgan tashkilot va uchinchi shaxslardan mustaqil bo’lishi zarur.
Auditorlik tashkilotining obro’si. Auditorlar o’z faoliyatlarida auditorlik
tashkiloti va uning xodimlari obro’sini oshiribgina qolmasdan, ushbu sohada
muomalaning umumqabul qilingan etika me’yorlari
ham hisoblanuvchi qator
nuqtai nazarlar va asosiy tamoyillarga ham rioya qilishlari lozim. Bunday
tamoyillarga vijdonlilik va kasb muomalasi kiradi.
Vijdonlilik – auditorlarning zarur sinchkovlik, e’tiborlilik, tezkorlik va o’z
qobiliyatidan tegishlicha foydalangan holda professional xizmat ko’rsatishini
ko’zda tutadi. Bunda auditorning o’z ishiga qunt va mas’uliyatli munosabatda
bo’lishi auditorlik faoliyatining benuqsonligi kafolati
sifatida qabul qilinmasligi
lozim.
Auditorning kasb etikasi muomalaning ana shu bir nechta qoidalari bilan
tugamaydi. Kasb muomalasi tamomila auditor faoliyatining hamma sohasiga
taalluqlidir. Etika va uning intizomiy ta’sir etishi ularning faoliyatini o’zini-o’zi
boshqarish hisoblanadi. Auditorlar boshqa shaxslar manfaatlarini hamisha esda
tutishlari zarur. Ularni hal qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, texnik tafsilotlarni
hisobga olib, muammo mohiyati haqida eslashi lozim.
Auditorlar uchun o’z kasblarining boshqa odamlarga ta’sir etish ruhini anglab
etish va uni baholay olish muhimdir.