165
mazmunini doimiy rivojlantirib, mukammallashtirib borishga asoslanishi kerak.
Auditorlik tashkilotini tez-tez almashtirib (o’zgartirib) turuvchi yoki uni
to’satdan tark etuvchi va bu bilan firmaga ma’lum zarar keltiruvchi sertifikatlangan
auditor kasb etikasini buzgan hisoblanadi.
Auditorlik tashkilotining rahbarlari (hodimlari) uchinchi shaxs bilan
o’zlarining sobiq xodimlari yoki kasbdoshlarining kasbiy
yoki shaxsiy sifatlarini
muhokama qilishdan tiyiladilar: ushbu sobiq xodimlar o’z xatti-harakatlari bilan
kasbga va tashkilotning qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar etkazgan holatlar
bundan mustasno.
Auditor (boshqa) auditorlik tashkilotiga ishga kirayotgan bo’lsa,
ushbu
tashkilotning rahbarligining yozma so’rovi bo’yicha auditorning avval ishlagan
auditorlik tashkiloti rahbari uning kasbiy va shaxsiy sifatlarini ko’rsatib, yozma
ravishda tavsiyanoma berishi mumkin. Biror bir sabab
bilan auditorlik firmasini
tark etayotgan auditor o’z ixtiyori bilan va to’liq hajmda o’zidagi mavjud hujjatlar
va boshqa kasbiy ma’lumotlarni tashkilotga topshirishga majbur.