Hisobot tayyorlanadigan sharoitlar - moliyaviy hisobotni tayyorlashda
rahbariyatga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi omillar.
Qonunchilik:
Tartibga solish muhiti va me’yoriy talablar.
Soliqqa tortish.
Muayyan faoliyat turiga xos bo’lgan o’lchovlar va yoritishlar.
Auditorlik hisobotini tayyorlash oid talablar.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar
9.5. Auditning ishchi hujjatlarini tuzish
Auditorlik faoliyatining barcha jabhalarida bo’lgani kabi ishchi hujjatlarni
tuzish va uni yuritish bo’yicha maxsus standart ishlab chiqilgan.
Auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkaziladigan auditning tekshiruvi majburiy
ravishda hujjatlashtirish bilan bog’lanishi, ya’ni qabul qilingan ma’lumotni
auditorlik tekshiruvining mazkur standartiga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan
auditorlik tekshiruvining ishchi hujjatlari to’plamida aks ettirilishi lozim.
Ishchi hujjatlar to’plamini yanada aniqroq tasniflash uchun ularni quyidagi
turlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Mijoz hujjatlaridan nusxa;
2. Tekshiruv jarayonida auditor tomonidan tuzilgan hujjatlar;
3. Tekshiruv davomida mijozning yozma tasdiqlari.
4. Auditorlik tekshiruvining ishchi hujjatlar to’plamiga quyidagilar kiradi:
188
Mijoz hujjatlaridan nusxa. Mijoz hujjatlaridan olingan nusxalarni auditor
o’zining ishchi hujjatlari bilan birga saqlashi lozim. Mijoz hujjatlariga quyidagilar
kiradi:
– korxona Nizomi;
– ta’sis shartnomasi;
– ro’yxatdan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma;
– aktsionerlar yig’ilishining bayonnomalari va boshqa yuridik hujjatlar;
– mijozning hisob siyosati;
– auditor tasdiqlashi lozim bo’lgan moliyaviy hisobot.
Auditorlik tekshiruvining
ishchi hujjatlar to’plami tarkibi
auditning tekshiruvi o’tkazishning
rejalari hamda dasturlari
auditorlik takshkiloti tomonidan
foydalanilgan omillar hamda
ularning natijalarini ta’rifi
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
tushuntirishlari, izohlari va arizalari
xo’jalik yurituvchi sub’ekt
hujjatlarining nusxalari, jumladan
fotonusxalari
xo’jalik yurituvchi sub’ektning
buxgalteriya hisobini ichki nazorati
hamda tashkil qilish mexanizmining
ta’rifi
auditorlik tashkilotining tahliliy
hujjatlari
boshqa
hujjatlar
189
Bundan tashqari auditor mijoz haqida quyidagi ma’lumotlarni bilishi shart:
– aktsionerlar, ta’sischilar to’g’risida ma’lumot;
– asosiy faoliyat turi;
– sho’’ba korxonalari tarkibi va joylashishi;
– mijoz rahbariyati, boshqaruvi haqida ma’lumot;
– korxonani boshqarish sxemasi;
– korxonaning kredit muassasalaridagi schetlari.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor tomonidan tuzilgan hujjatlar,
auditning ishchi hujjatlari tarkibida katta hajmni egallaydi. Har bir auditorlik
tashkilotida o’rnatilgan ichki standartlar bo’yicha bo’ladi. Bunday hujjatlarga
quyidagilar kiradi:
– auditorlik tekshiruv dasturi;
– buxgalteriya hisobi tizimini baholash va o’rganish natijalari: buxgalterlari
mansablari bo’yicha taqsimlanishini sxemalari;
– ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash natijalari;
– mijozning soliq ttlash bo’yicha xususiyatlari (to’laydigan soliq turlari,
stavkalari, imtiyozlar);
– hisobvaraqlardagi qoldiqlar tahlili;
– korxonaning moliyaviy holati tahlili;
– tekshirish davomida har bir auditorning bajaradigan ishlari grafigi;
– auditorlarning ekspert, konsultantlar bilan muloqotining nusxasi.
Tekshirish davomida mijoz bilan yozma hujjatlariga quyidagilar kiradi:
– auditni o’tkazish bo’yicha xat-taklifnoma;
– shartnoma;
– auditorning xat-majburiyatidan nusxa;
– auditorning mijoz rahbarlaridan olgan xatlari;
– mijozning auditorga yozgan xatlari;
– ekspert xulosalaridan nusxa;
– ma’muriyat axborotlari;
– auditorlik firma hisoboti;
190
– buxgalteriya hujjatlari va hisobotidagi xatolarni to’g’rilash to’g’risidagi
bayonnoma;
– auditorlik tashkilotining xulosasi.
Auditorlik tekshiruv tugagandan so’ng, bu hujjatlarni auditorlik tashkiloti
arxiviga saqlashga beradi.
Auditorning hujjatlari maxfiy axborotlarni ifodalaydi. Bunday hisobotlarni
saqlash muddati, tartibi auditorlik tashki-lotining ichki qoidalarida belgilanadi.
Ishchi hujjatlar to’plami tarkibiga auditning tekshiruvini o’tkazayotgan
auditorlik tashkiloti tomonidan tuzilishi yoki auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan
xo’jalik yurituvchi sub’ektdan yoki boshqa shaxslardan qabul qilinishi mumkin.
Ishchi hujjatlar to’plamining shakli hamda mazmuni quyidagi omillarga
bog’liq:
– amalga oshirilayotgan faoliyatning xarakteri;
– auditor xulosasining shakli;
– xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati (biznesi)ning xarakteri hamda
murakkabligi;
– xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi hamda ichki
nazoratining ahvoli;
– alohida taomillarni bajarish vaqtida auditorlik tashkiloti xodimlarining
mehnati ustidan nazorat hamda boshqarishning zarur bo’lgan darajasi;
– auditning tekshiruvini o’tkazish jarayonida o’ziga xos auditning metodikasi
hamda texnologiyasi.
Ishchi hujjatlar to’plamining shakllari auditorlik tashkiloti tomonidan
mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Ishchi hujjatlar to’plami auditorlik tekshiruvini
o’tkazgan auditorlik tashkilotining egaligida bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektni
hujjatlarining nusxalari, jumladan fotonusxalari, mazkur xo’jalik yurituvchi
sub’ektning roziligi bilan auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlari to’plamiga
kiritiladi.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hamda boshqa
shaxslar, jumladan soliq va boshqa davlat organlari, auditorlik tashkilotidan ishchi
191
hujjatlar to’plami yoki uning nusxalarini to’liq miqdorda yoki biror-bir qismini
taqdim qilishni talab qilishga haqli emaslar.
Ishchi hujjatlar to’plamida bor bo’lgan ma’lumotlar maxfiy hi-soblanadi
hamda auditorlik tashkiloti tomonidan oshkor qilinishi mumkin emas.
Ishchi hujjatlar to’plami quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
– auditning tekshiruvini rejalashtirish haqida yozuv;
– bajarilgan audit xizmatlarining xarakteri, o’tkazish vaqti hamda hajmi
haqida yozuv;
– auditorlik tekshiruvi davomida olingan ma’lumotlar asosida qilingan
xulosalar.
Auditorning professional mulohazalarini talab qiladigan barcha jiddiy
masalalar, ushbu masalalar yuzasidan qilingan xulosalar bilan birga, ishchi
hujjatlar to’plamida aks ettirilishi lozim.
Ishchi hujjatlar to’plami u bilan tanishgan tajribali auditor (auditor tashkiloti)
tomonidan o’tkazilgan auditning tekshiruvi haqida umumiy tushunchaga ega
bo’lishi mumkinligi maqsadida etarli darajada to’liq hamda mukammal bo’lishi
lozim.
Ishchi hujjatlar to’plamiga kiritilgan ma’lumotlar aniq bayon qilinishi hamda
ularning mazmuni va shakllari shubhasiz bo’lishi hamda ularni har xil sharhlash
mumkin bo’lmasligi lozim.
Ishchi hujjatlar to’plamining hajmi va mazmuni quyidagi omillarga bog’liq:
– mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ekt yangi buyurtmachi bo’lib hi-soblanadimi
yoki yo’qmi;
– xo’jalik yurituvchi sub’ekt nodavlat tashkiloti bo’lib hisoblanadimi yoki
yo’qmi;
– audit tekshiruvi uchinchi tomonning talabiga ko’ra o’tkazilyaptimi yoki
yo’qmi;
– maxsus hisobot talab qilinadimi yoki yo’qmi.
Ishchi hujjatlar to’plami o’z vaqtida tayyorlanishi lozim: auditning
tekshiruvidan oldin, uning davomida hamda tugatilganidan keyin. Xo’jalik
192
yurituvchi sub’ektga auditor xulosasini taqdim etish paytida butun ishchi hujjatlar
to’plami tuzilgan hamda rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim.
Ishchi hujjatlar to’plami tarkibiga kiradigan hujjatlar quyi-dagi rekvizitlarga
ega bo’lishi lozim:
– hujjatning nomi;
– auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan xo’jalik yurituvchi su-b’ektning nomi;
– auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan davr;
– auditning taomilini bajarish yoki hujjatni tayyorlash sanasi;
– hujjatning mazmuni;
– hujjatni tayyorlagan shaxsning shaxsiy imzosi hamda uning tu-shuntirilishi.
Auditorlik tekshiruvining ishchi hujjatlari to’plamiga kiritilgan hujjatlar
ulardagi ma’lumotlarning manbasiga suyanishi lozim. Ishchi hujjatlar to’plamida
shartli belgilar (ramzlar)dan foydalanilgan bo’lsa, bunday belgilar (ramzlar)
tushuntirilishi lo-zim. Har bir ishchi hujjati o’z raqamli indeksiga ega bo’lishi
lozim. Raqamli indekslarni tuzilish tizimi hamda berilish tartibi auditorlik
tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvi tugagandan so’ng ishchi hujjatlar to’plami auditorlik
tashkilotining arxivida majburiy saqlash uchun topshirilishi lozim. Ishchi hujjatlar
to’plamining saqlanishi, rasmiylashtirilishi hamda arxivga topshirilishini auditorlik
tashkiloti rahbari yoki uning vakolatli shaxsi amalga oshiradi. O’tkazilayotgan
auditorlik tekshiruvi ishchi hujjatlar to’plamining mazkur xo’jalik yurituvchi
sub’ektning auditorlik tekshiruvida qatnashmayotgan auditorlik tashkilotining
xodimlariga berilishiga yo’l qo’yilmasligi lozim.
Auditorlik tashkiloti ishchi hujjatlarni ishonchli saqlanishini ta’minlashi
lozim. Saqlash muddati qonunchilikda belgilanadi. Ishchi hujjatlar yo’qolgan yoki
ularga zarar etgan taqdirda auditorlik tashkiloti xizmat tekshiruvini o’tkazishni
ta’minlashi lozim, bu tekshiruvning natijalari tegishli dalolatnoma bilan
rasmiylashtiriladi.
Auditorlik firmasi o’zining biznes rejasini tuzayotganida bo’lajak mijozlarini
aniqlab olishi lozim. Bular qonunga ko’ra o’z moliyaviy hisobotlarining
193
to’g’riligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasini olishi shart mijozlar, shuningdek,
bunday xulosaning mavjudligi shart bo’lmagan, lekin har xil soliqlarni to’lashda
tavakkalchilikni va ko’rilishi mumkin bo’lmagan zararlarni kamaytirish hamda o’z
ishlab chiqarish-tijorat faoliyatlarini takomillashtirish maqsadida auditorlar bilan
hamkorlik qilishga intilgan mijozlar bo’lishi mumkin.
Qonunga ko’ra auditorlik xulosasini olish shart bo’lgan korxonalar auditorlik
firmalarining doimiy mijozlari hisoblanadi. Auditorlik xizmatini ko’rsatish
korxonaning ishlab chiqarish-tijorat faoliyati yuzasidan buxgalteriya hisobi va
hisobotining ahvolini ekspertiza qilish, moliyaviy hisobotning to’g’riligi haqida
auditorlik xulosaksi olish maqsadida muayyan davr uchun korxonaning ishlab
chiqarish-tijorat faoliyatini tekshirish (audit), abonementlik xizmati shaklida
auditorlik xizmati ko’rsatish to’g’-risida auditorlik firmasi bilan mijoz o’rtasidagi
bitimni imzolashdan boshlanadi.
Hozirgi vaqtda har qaysi auditorlik firmasi auditor va mijozlarning
ma’suliyati, auditorlik tavakkalchiligi haqidagi o’z tushunchalaridan kelib chiqib,
auditni o’tkazish va auditorlik xizmati ko’rsatishga doir bitimlarning turli
shakllaridan foydalaniladi.
Barcha auditorlik firmalari o’zlari bajargan ishning hajmi va sifatini
tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadigan ishchi hujjatlar tuziladi. Bularning
shakli ixtiyoriy bo’lib, unda firma bajargan ishlarning qisqacha bayoni beriladi,
xususan: qanday bir-lamchi hujjatlar va hisobga olish registrlari tekshirilganligi;
tekshiruvning qaysi usuli – yalpi usulimi yoki tanlov usuli qo’llanilganligi
yoziladi. Tanlab tekshirishda tanlash darajasi yoki tekshirilgan hujjatlar hajmi
yoxud tanlashning boshqa mezonlari ko’r-satiladi.
Ish hujjatlarida quyidagi axborotlar ham ko’rsatiladi:
tekshirish natijalari bo’yicha mulohazalar, masalan, korxonada buxgalteriya
hisobini yuritishning tekshiruv o’tkazilayotgan davrda amalda bo’lgan qonun
hujjatlariga muvofiq kelmaslik faktlari (sezilgan faktlar buxgalteriya hisoboti
ko’rsatkichlariga ta’sir qilsa); tekshiruvga etilmagan birlamchi hujjatlar, hisobga
194
olish ma’lumotlari kabi hujjatlar, qonun hujjatlariga muvofiq kelmaydigan va
buxgalteriya hisobotining to’g’riligiga ta’sir etadigan boshqa aniqlangan faktlar;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish usullari haqida auditor fikri;
korxonaning ishlab chiqarish-tijorat faoliyatini takomillashtirish yuzasidan auditor
fikriga asoslangan boshqa tavsiyalar.
Afsuski, rivojlangan mamlakatlarda keng ma’lum bo’lgan shakli ayrim texnik
jihatlari ham bizning auditda hali boshlang’ich bosqichda auditorning ish hujjatlari,
ya’ni mijoz buyurtmasini bajarishda auditor olib borgan barcha qaydlar ham shular
jumlasiga kiradi.
Ishchi hujjatlarni tayyorlash, shuningdek ularning ro’yxati, shakli va
mazmunini konkretlashtirish auditning muhim qismidir. Ishchi hujjatlari o’ziga xos
xususiyatlari, chunonchi, hujjatning raqami, mijozning nomi, auditor ko’rib
chiqadigan davr, mazmunning bayoni, hujjatni tayyorlagan shaxsning ismi-sharifi,
hujjat tayyorlangan sana kabilarning aniqligi bilan ajralib turishi kerak. Tayyor
ishchi hujjatlar majmui audit doirasida bajarilgan ishlar haqida aniq va ravshan
tasavvur berishi lozim. Ishchi hujjatlarga qilinadigan qaydlar muayyan belgilar
tarzida ifodalanadi.
AQSh,
Buyuk
Britaniya
va
ingliz
tilida
so’zlashadigan boshqa
mamlakatlarning barcha etakchi auditorlik firmalari ishchi hujjatlarni asosan
tasdiqlangan andozalarga muvofiq yuritadi. Ishchi hujjatlar tarkibida uzluksiz
yuritiladigan hujjatlar, auditorlik ma’muriyati hujjatlari va joriy auditorlik
axborotlari farq-lanadi. Bularning ichida auditni rejalashtirish materiallari va
dasturlari, mijoz har xil hujjatlarining nusxalari, foydalanilgan yumushlar va testlar
ro’yxati audit jarayonida olingan dalillar va guvohnomalar, shuningdek auditning
turli bosqichlarida chiqarilgan tegishli xulosalar, shu jumladan yakunlovchi
bosqich xulosalari va keyingi voqealar sharhi bo’ladi.
Ishchi hujjatlarining umumiy maqsadi – rejalashtirish, auditni o’tkazish,
axborotlarni to’plash va xulasani tayyorlash jarayonlarida auditorga yordam berish.
Audit jarayonini rejalashtirish va hujjatlashtirishni adekvat (aynan bir xil)
195
boshqarishga doir vazifalar avvalo auditorlik firmasining zimmasiga tushadi. Bu
vazifalarni bajarish firmaning muvaffaqiyatli ishlashiga yordam beradi.
Rejalashtirish bosqichidayoq auditor mijozning ahvolini tahlil qilishi,
ekspertizadan o’tkazishi va uning biznesi xususiyatlarini hujjatlar bilan qayd qilib
qo’yishi lozim. Eng avvalo, mijozning katta tavakkalchilik bilan o’tkazilishi
mumkin bo’lgan iqtisodiy operatsiyalarini belgilab oladi. Ana shuning asosida
suiiste’mollar va moliyaviy hisobotlardagi buzib ko’rsatish faktlarini aniqlash
uchun qanday auditorlik yumushlari zarur bo’lishi haqida bir fikrga keladi.
Bundan tashqari, rejalashtirish bosqichida auditor yana mijozning tashqi
muhiti (munosabatlari) xususiyatlarini ham aniqlashi lozim. Auditni rejalashtirish
va bu jarayonni boshqarish bir-biriga mos kelishi uchun mijozga xizmat
ko’rsatishda boshidan oxirigacha faqat auditning borishini nazorat qilibgina
qolmasdan, balki to’plangan dalillar va ular asosida chiqarilgan xulosalarni
bajariladigan audit yumushlarining muayyan ishchi hujjatlarida puxta qayd qilib
borish lozim.
Shunday qilib, ishchi hujjatlar audit qanday rejalashtirilganligini, uning
bajarilishi qanday nazorat qilinganligini, to’plangan dalillar qanchalik to’g’ri, etarli
va dolzarb ekanligini amalda tasdiqlashi mumkin. Shularning asosida firma
auditorlik xulosasi amalga oshirilgan tekshiruv natijalariga mosligini ko’rsatishi
mumkin: bu natijalar va aniq vaziyatlarga bog’liq holda ishchi hujjatlarda
auditorlik xulosasining aynan qaysi turi bu erda o’rinli ekanligini aniqlash uchun
etarli asos bo’ladi.
Hujjatlardagi ma’lumotlarga qarab, ishning ko’zini biladigan mutaxassislar
audit sohasining mosligini aniqlashi, shuningdek, moliyaviy hisobotning xolislik
darajasi haqida ma’lum tasavvur hosil qilishi mumkin. Shuning uchun ish
hujjatining har qaysi bo’limida u tuzilayotganida ko’zda tutilgan maqsadga
erishish uchun etarli axborotlar bo’lishi lozim. Shu narsa muhimki, hujjatdagi
batafsil ma’lumotlar hisobga olish hujjatlari va tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi
ma’lumotdan farq qilmasligi kerak.
196
Auditorlik firmasi uchun ishchi hujjatlar mijozga auditorlik xulosasini taqdim
qilishdan oldin auditorlik firmasining o’z nazoratchilari va sheriklari amalga
oshiradigan mijoz uchun bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilishga asos ham
bo’ladi. Agar hohlashsa, ular auditor haqiqatan ham aynan shunday auditorlik
xulosasini tuzish uchun etarli dalillar to’plagan-to’plamaganligini baholashi
mumkin.
Ishchi hujjatlar boshqa ko’p yo’nalishlari uchun ham asos bo’lishi mumkin.
Chunonchi, ular: audit mobaynida aniqlangan turli muammolar bo’yicha auditorlik
qo’mitasiga va kompaniya rahbariyatiga rasmiy taqdimnomalar uchun axborotlar
manbai; auditorlik firmasi ichida xodimlar tayyorlash uchun ma’lumot tarzidagi
material (mijoz kompaniyasi nomini ko’rsatmay) bo’lishi, shuningdek navbatdagi
auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish va bajarilishini muvofiqlashtirib turishiga
yordam berishi mumkin.
Agar keyinchalik shunday ehtiyoj paydo bo’lsa, auditor tashqi nazorat
tashkilotlariga taqdim qilimsh, shuningdek sudda dalil sifatida keltirish uchun
ishchi hujjatlardan foydalanishi mumkin.
Auditorning ishchi hujjatlari maxfiy tarzda ekanligiga e’tibor berishi lozim.
Hatto, auditni o’tkazishda ham uning mazmuni bilan boshqa shaxslarni tanishtirish
maqbul emas. Audit tugaganidan keyin ham ishchi hujjatlarni muhofaza qilishning
barcha ko’rishlarini ko’rish kerak. G’arb amaliyotida ishchi hujjatlar faqat
mijozning bevosita ruxsati bilangina boshqa shaxslar tasarrufiga berilishi mumkin.
Agar ishchi hujjatlar sudga talab qilingan bo’lsa, shuningdek auditorlar ish sifatini
tekshirish boshqa auditorlik firmalarining ixtiyoriy dasturi tarkibiga kiritilgan
bo’lsa, bun-day ruxsat talab qilinmaydi.
Mijozning maxfiy axboroti bo’lgan ishchi hujjatlarning qimmatli ekanligi
tufayli ularni saqlash joyi va kimda turishi muam-mosi paydo bo’ldi. Auditorni
mijoz yollagani va xizmatlariga haq to’lagani uchun ham mutlaqo shubhasiz,
auditorning mehnati natija-lari mijozning mulki bo’ladi. Bundan tashqari, mabodo
sudli ish paydo bo’lsa, unda auditorning mavqei ancha engillashadi, chunki bu
holda sud dalillarining barcha og’irligi mijoz zimmasiga tushadi.
197
Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda auditorlik firmalari odatda bir necha
yildan keyin ishchi hujjatlarni mikrofilm yoki mikrofishlarga ko’chirib qo’yishadi.
Bu firmada saqlanayotgan hujjatlarning hajmini ancha ixchamlashtiradi,
shuningdek saqlashga ketadigan chiqimlarini kamaytiradi.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ishchi hujjatlar
mijoz kompaniya moliyaviy hisobotlarining to’g’riligini tasdiqlaydigan auditorlik
xulosasidir.
Ishchi hujjatlarning muhimligi ulardagi ma’lumotlarning ham muhimligini
nazarda tutadi, agar auditor o’z ishchi hujjatlarida zarur hajmdagi ma’lumotlar va
dalillarni keltirmasa yoki buxgalteriya hisobi, ichki nazoratning ahvoli va hokazo
haqida ahamiyatli ma’lumotlar bermasa, oqibat natijada auditorlik xulosasi ham
asoslanmagan yoki noto’g’ri bo’lishi mumkin. Demak, ancha asoslangan va to’g’ri
auditorlik xulosasini olish maqsadida shu talablarga javob beradigan mazmundagi
ishchi hujjatlarni ishlab chiqish lozim.
Xorijiy davlatlarda odatda har qaysi firma ishchi hujjatlarni tashkil qilish va
tayyorlashga o’z yondashuvini ishlab chiqish huquqiga ega. Ularning ko’pchiligi
bu huquqdan foydalanadi, bunda ular chegaralangan vaqt va mablag’lar doirasida
o’z xizmatlarining yuqori sifatini saqlash ehtiyojidan kelib chiqadi. Lekin hamma
ishchi hujjatlar uchun umumiy asosiy tamoyillar ham mavjud. Odatda ishchi
hujjatlar
eng
umumiy
axborotlar,
ya’ni mijoz kom-paniya haqidagi
ma’lumotlardan boshlanadi, so’ngra auditor bajargan aniq tekshiruvlar haqida
muayyan hujjatlar tuziladi hamda moliyaviy hisobot va auditorlik xulosasi bilan
yakunlanadi.
Mijoz bilan imzolangan birinchi shartnomadagi tarixiy yoki asosiy
yangilanadigan hamda joriy va kelgusi auditorlik ekspertizasi va tekshiruvlarga
aloqador bo’lgan axborotlar odatda doimiy fayllarda saqlanadi. Tajribadan
ma’lumki, bunday fayllar mijoz haqidagi qulay manba rolini o’taydi va odatda
ularning ma’lumotlari uzoq vaqt o’z qiymatini yo’qotmaydi. Doimiy fayllarga
kiritiladigan axborotlarning ko’pincha qat’iy belgilangan chegaralari mavjud:
mijozning qisqacha tarixi, faoliyat turi, kompaniyaning ta’sis hujjatlari,
198
shartnomalari va bitimlaridan ko’chirmalar yoki ularning nusxalari, direktor va
menejment; hisob yuritish siyosati; aktsiyalar obligatsiyalar, va boshqa qimmatli
qog’ozlar bayoni, oldingi tekshiruvlar, tahlil ma’lumotlari va hokazolar.
Tekshirilayotgan davrga taalluqli ishchi hujjatlar fayllarda saqlanadi. Odatda,
joriy fayllar to’plamiga auditni tashkil qilish mexanizmi va dasturi, direktorlar
kengashi majlislari bayonnomalarining qisqacha mazmuni; tovar etkazib
beruvchilar va mijozlar bilan bo’lgan munozaralar haqidagi mulohazalar;
tekshirilishi lozim bo’lgan va audit dasturidan kelib chiqadigan bevosita masalalar;
har qaysi masala bo’yicha tekshiruvlar uslublari, usullari va natijalarining muxtasar
bayoni.
Har gal mijoz bilan shartnoma imzolanayotganda auditorlik firmasi ishlarni
tashkil qilish mexanizmini ishlab chiqadi; buning uchun buxgalteriya hisobi va
moliyaviy menejmentning hajmi hamda ahvoli, mijozning ichki nazorat tizimi;
jiddiy e’tibor talab qiladigan eng tang sohalar baholanadi; hisobot davrida yuz
bergan muhim o’zgarishlar ko’rib chiqiladi; audit yoki boshqa xizmatlar dasturi
tuziladi; auditorlik firmasining xarajatlari baholanadi va uning asosida xazmatlar
uchun haq miqdori aniqlanadi; shartnoma bo’yicha bevosita ishlarni bajaradigan
auditorlar tayinlanadi.
Yirik auditorlik firmalarida mijozlarning moliyaviy ahvolini tekshirishni
tashkil qilish masalalari bilan tarmoqlar va faoliyat turiga qarab shu tarmoqlarning
birortasiga ixtisoslashgan alohida menejerlar shug’ullanadi. O’tgan yilgi doimiy va
ishchi fayllari bor doimiy mijozlar bilan shartnoma tuziladigan bo’lsa, shartnoma
tuzish uchun mijozdan hisobot davrida yuz bergan o’zgarishlar haqida ma’lumotlar
so’raladi. Agar mijoz yangi bo’lsa, menejer bo’lajak mijozning ishxonasiga borib,
buxgalteriya hisobi hajmi va ahvolini ichki nazoratning samaradorligini, moliyaviy
hisobotning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga mosligini ekspertiza qiladi.
Ekspertiza natijalariga ko’ra mijozning ishlab chiqarish-tijorat faoliyatiga audit
tayinlanadi yoki unga hisobga olish ma’lumotlariga o’zgartishlar kiritish va
buxgalteriya hisobi ahvolini talab qilinadigan darajaga etkazish tavsiya etiladi.
199
Birinchi holda mijoz bilan moliyaviy hisobotning to’g’riligini tekshirish
(audit) uchun shartnoma tuziladi, unga o’tkazilgan ekspertiza xarajatlari ham
qo’shiladi.
Ikkinchi holda agar mijoz auditorlik firmasi menejerining barcha takliflariga
rozi bo’lsa, u bilan ham auditni o’tkazish uchun shartnoma tuziladi, lekin
menejerning takliflarini bajarish uchun muayyan vaqt beriladi. Agar mijoz
menejerning takliflariga qo’shilmasa, u o’tkazilgan ekspertiza qiymatini maxsus
shartnoma bo’yicha to’laydi.
|