178
9.3.Tekshirish o’tkazishda shartnoma
Auditorlik xizmatini ko’rsatish bo’yicha 2 tomon o’rtasidagi
shartnoma
boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farq qiladi. Mijoz bilan auditor
o’rtasidagi o’zaro munosabat shartnoma asosida tartibga solinadi.
Shartnomada quyidagilar ko’rsatiladi:
– xizmat ko’rsatish haqida tushuncha;
– shartnomani bajarish tartibi;
– xizmat haqi;
– tekshiruv natijasining muvaffaqiyatli bo’lmasligi;
– shartnomani bajarishda bir tomonning bosh tortishi paytida tomonlarning
majburiyati.
Xizmat ko’rsatish haqida tushuncha. Ko’pgina
hollarda auditorlik
tekshiruvidan maqsad auditorlik xulosasini olish bo’lib hisoblanadi. Masalan,
majburiy auditorlik tekshiruvida soliq inspektsiyasiga hisobot taqdim etish uchun,
ochiq turdagi hissadorlik jamiyatining aktsiyalari emissiya prospektini tasdiqlash
uchun auditorlik xulosasi kerak bo’ladi;
Shartnomani bajarish tartibi. Bunda tomonlarning shartnoma bo’yicha
majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi va unga amal qilishi tushuniladi. 3-shaxsni
shartnomani bajarishga chaqirish buyurtmachining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Xizmat haqi. Agar auditor salbiy auditorlik xulosasini bersa ham, unga
shartnomada ko’zda tutilgan haq berilishi lozim.
Tekshiruv natijasining muvaffaqiyatli bo’lmasligi. Agar ikkala tomon ham
tekshiruv muvaffaqiyatsiz chiqishida sababchi bo’lmasa, u holda buyurtmachi
auditorning xarajatlarini qoplashi lozim.
Shartnomani
bajarishda
bir
tomonning
bosh
tortishi
paytida
tomonlarning majburiyati. Agar buyurtma buyurtmachi
tomonidan bajarilmasa,
u holda auditor xizmatiga to’liq haq to’lanadi, agarda auditor tomonidan buyurtma
bajarilmasa, buyurtmachi faqat auditorning haqiqiy xarajatlarini qoplaydi.
Auditorlik shartnomasida quyidagilar muhim hisoblanadi:
179
1. Shartnoma bo’yicha ish bajarilishining o’z vaqtidaligi. Shartnomada
odatda ish bajarishning boshlang’ich va oxirgi muddatlari ko’rsatiladi.
Tomonlarning kelishuviga binoan ish bajarishning alohida bosqichlari muddatlari
ham ko’rsatilishi mumkin. Shartnomani bajarishning boshlang’ich va oxirgi
muddatlariga javobgarlik auditorlik firmasi tomonida bo’ladi.
Agarda mijozning
hisobotlari tayyor bo’lmasa va boshqa hollar yuz bersa, shartnomada «suzib
yuruvchi» muddatlar ko’zda tutiladi.
2. Hujjatlarning saqlanuvchanligi. Hujjatlarning saqlanishiga odatda mijoz
javobgar
bo’ladi.
Agar
tekshirish
auditorlik
firmasining
yordamchi
manzilgohlaridan o’tsa, u holda auditorlik firmasi hujjatlarning saqlanishiga
javobgar bo’ladi. Auditorlik tekshiruvida foydalanilgan
hujjatlarning mijozga
qaytarilishiga auditor javobgar bo’ladi.
3. Shartnomani bajarish vaqtida buyurtmachining huquqlari. Auditorlik
tekshiruvi davomida mijoz korxonaning bosh buxgalteri va rahbari auditorning
ishiga aralashmasligi kerak. Agar auditor tekshiruvga o’z vaqtida kelmasa va
tekshiruv
muddatini uzaytirsa, u holda mijoz shartnomani bajarishni rad qilishi
mumkin.
4. Buyurtmachining hamkorligi. Mijoz korxonaning ma’muriyati auditorga
tekshirish o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’liqligini ta’minlashda sharoit yaratib
berishi zarur. Auditor inventarizatsiya o’tkazishda, hujjatlarni yig’ish va to’plashda
va boshqa hollarda mijoz tashkilotdan yordam so’rashi mumkin.
5. Tomonlar ma’lumotlarining maxfiyligi. Bunday axborotdan foydalanish
tartibi va shartlari shartnomada belgilangan bo’ladi.
6. Tekshiruv sifati past bo’lganda auditorning majburiyati.
Agarda auditor
tomonidan kamchilikka yo’l qo’yilsa, u holda mijoz auditorning xizmat haqini
pasaytirishi mumkin. Agarda auditor sifatsiz tekshiruv o’tkazsa va mijozga,
davlatga zarar etkazsa, u holda sud yoki arbitraj orqali:
– xarajatlarni to’liq qoplashi;
– qayta tekshiruvni auditorlik firmasi hisobidan amalga oshirish;
– jarima solish kabi hukmlar chiqariladi.
180
7. Auditor tomonidan bajarilgan ishning buyurtmachi tomonidan qabul
qilinishi. Buyurtmachi auditor bilan birgalikda bajarilgan ish natijasini muhokama
qilish va qabul qilishga majbur. Agar tekshiruv natijasiga ko’ra
kamchiliklar
aniqlangan bo’lsa, u holda mijoz ularni qisqa muddat ichida to’g’rilashi lozim.
8. Ishning sifati. Auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati shartnomaga
muvofiq bo’lishi lozim. Bunda auditor ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi.
9. Ish sifati past bo’lganda uni to’g’rilash muddatlari. Agarda ish sifati past
bo’lsa, uni to’g’rilash muddatlari ish natijasi topshirilgan kundan boshlab 2 yil
ichida qilinadi. Agar yuqori organlar tomonidan talab qilinsa, to’g’rilash muddati 1
yildan iborat bo’ladi.
10. Ish natijalarini qo’llashning shartlari va chegaralari. Shartnomada
boshqacha tartib ko’zda tutilmagan bo’lmasa, u holda buyurtmachi va buyurtmani
bajaruvchi ish natijalaridan o’z maqsadlari uchun foydalanishlari mumkin.
Intellektual ijod natijalari bo’yicha haq. Tomonlardan
biri intellektual
ma’lumotlarni saqlashi lozim. Ko’p hollarda ushbu ma’suliyat mijozga tushadi.