|
Sub’ekt faoliyati - mahsulot, bozorlar, mol etkazib beruvchilarBog'liq xalqaro audit (1)Sub’ekt faoliyati - mahsulot, bozorlar, mol etkazib beruvchilar,
xarajatlar, ishlab chiqarish faoliyati:
Faoliyat tavsifi (masalan, ishlab chiqarish, ulgurji savdo, moliyaviy
xizmatlar, import/eksport);
Ishlab chiqarish binolar, omborlar, ofislarning joylashgan joyi.
Bandlik (masalan, joylashgan joyi, odam resurslari bilan ta’minlanishi,
kasaba uyushmalari bilan kelishuvlar, nafaqa majburiyatlari, davlat tomonidan
tartibga solish).
Mahsulot yoki bozor xizmatlari (masalan, asosiy buyurtmachilar va
shartnomalar, to’lov shartlari, foyda miqdori, bozor ulushi, raqobatchilar, eksport,
narx-navo shakllanishga oid siyosat, mahsulot obro’si, kafolatlar, buyurtmalar
to’plami, umumiy yo’nalishlar, bozor strategiyasi va vazifalari, ishlab chiqarish
jarayonlari).
Muhim tovarlar va xizmatlar etkazib beruvchilar (masalan, uzoq muddatli
shartnomalar, barqaror mol etkazib berilishi; to’lov shartlari, etkazib berish
usullari, masalan, “aniq muddatda”).
Tovar-moddiy zahiralar (masalan, joylashgan joyi, miqdori).
Franshiza, litsenziyalar, patentlar.
Xarajatlarning muhim turkumlari.
Tadqiqotlar va ishlanmalar.
Aktivlar, majburiyatlar va xorijiy valyutadagi operatsiyalar - valyuta turi
bo’yicha, xedjirlash.
187
Sub’ekt faoliyatiga muhim darajada ta’sir etuvchi qonunchilik va tartibga
solish.
Axboriy tizimlar - harakatdagilari, o’zgarishlar kiritish bo’yicha rejalar.
Qarz tarkibi, jumladan, majburiyatlar va cheklovlar.
Moliyaviy faoliyat natijalari - sub’ektning molyaviy holati va
rentabeligiga taalluqli omillar:
Tayanch koeffitsientlar va tezkor statistika.
Yo’nalishlar.
|
| |