166
Mavzu bo`yicha testlar
1. Auditor kasbining maqsadi nimada namoyon bo’ladi?
А. Asosan jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun, eng yuqori samaradorlikka
erishish uchun oliy darajadagi professionalizm me’yorlariga mos ishlashdan iborat
B. Korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni huquqni
muhofaza qilish organlariga berish
С. Korxona moliyaviy ma’lumotlari to’g’risida tegishli yuqori tashkilotlarga
axborot berish
D. Korxonaning moliyaviy faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni huquqni muhofaza
qilish organlariga berish
2. Auditorlar noto’g’ri axborotni fakt sifatida oshkor qilmasligi lozimligi
Axloq kodeksining qaysi tamoyiliga mos keladi?
А. Ob’ektivlik
B. Ziyraklik
С. Mustaqillik
D. Maxfiylik
3. Auditorlar qo’l ostidagi mutaxassislarni muntazam tekshirib borishi
zarurligi Axloq kodeksining qaysi tamoyilida belgilangan?
А. Ziyraklik
B. Mustaqillik
С. Ob’ektivlik
D. Maxfiylik