210
5) Ishga yollash.
Qoida va jarayonlar ishga yollanayotgan
xizmatchilarning malakali
mutaxassislar ekanliklariga asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Ushbu
talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti eng
kichik hajmlardagi malaka
talablarini belgilab berishlari mumkin (misol uchun buxalteriya yozuvlarining olib
borilishini kollejning, u erda buxgalteriya hisobi bo’yicha
tahsil olgan va bilim
jihatdan o’rtacha yoki yaxshi bo’lgan bitiruvchisi bajarishi mumkin).
6) Kasbiy darajaning oshirilishi.
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkiloti xizmatchilarining ular tomonidan o’z
vazifalarining bajarilishi uchun zarur bilimlarga ega ekanliklari to’g’risida asosli
ishonchni ta’minlab berishi kerak. Ushbu talabning bajarilishi
uchun auditorlik
tashkiloti o’z malakasini oshirish istagidagi xizmatchilariga kasbga oid o’qishni
davom ettirishlari uchun shart-sharoitlarini yaratib berishi va yordam ko’rsatishi
mumkin.
7) Xizmatda ko’tarilish.
Qoida va jarayonlar xizmatda ko’tarilayotgan xizmatchilarning yangi
lavozimni egallashlari mumkin ekanligiga asosli ishonchni ta’minlashi kerak.
Ushbu talabning bajarilishi uchun xizmatchi-larni
ular tomonidan har bir
majburiyatlaridan baholash va ular-ning ko’tarilishiga oid, kamida bir yilda bir
marotaba maslahat berib borishi zarur.
8) Mijozlar maqbulliligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi.
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkiloti rahbariyati insofsizlik dardiga
yo’liqqan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan bog’lanib qolmasligiga asosli ishonchni
ta’minlab berishi kerak. Ushbu talabni bajarilishi
uchun auditorlik tashkiloti
bo’lajak yangi mijoz bilan hamkorlik qilib kelayotgan taftishchidan, bank
xodimlaridan, yuristlar va boshqa shaxslardan ma’lumotlar olishi kerak bo’ladi.