Akt rivojlanishining iqtisodiy qonunlari




Download 157.5 Kb.
bet1/5
Sana15.03.2024
Hajmi157.5 Kb.
#173415
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AKT rivojlanishining iqtisodiy qonunlari
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5

AKT rivojlanishining iqtisodiy qonunlari


Reja:

  1. Iqtisodiy axborot tushunchasi

  2. Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishida iqtisodiy qonunlarning ahamiyati.

  3. AKT rivojlanishi iqtisodiy qonunlari.

  4. Gordon Mur, Artur Rok, Robert Metkalf, Bekstrom, Tsipf, Devid Rid,

Foton qonunlari.
Keng ma’noda axborot bu saqlash, oʻzgartirish, uzatish ob’ekti boʻlgan va tashkilot zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qilishga yordam beradigan ma’lumotlar, bilimlar, xabarlardir.
Axborot” atamasi lotincha “information” soʻzidan kelib chiqqan. “Axborot” soʻzining asl ma’nosi bu bilim, ma’lumot, xabarlar, bildirishnomalar, ya’ni faqat inson ongi va muloqotiga xos boʻlgan narsalardir.
Falsafiy ma’noda axborot - bu real dunyoning aksi boʻlib, ya’ni bir haqiqiy ob’ekt boshqa real ob’ektni qamrab olishi haqidagi ma’lumotdir. «Bizning bilimimiz haqiqiy dunyoning aksi ekanligini anglagan materialistik bilish nazariyasi namoyondalari aks ettirish materiyaning universal xususiyati ekanligini ta’kidlashgan». Aks ettirishning quyidagi shakllari mavjud: ong – bu faqat odamlarga xos boʻlgan fikrlashning eng yuqori shakli, ruhiy – nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga ham xosdir, ta’sirchanlik – oʻsimliklar va oddiy organizmlarni ham qamrab oladi va nihoyat eng elementar shakl – noorganik tabiat va elementar zarralararo, ya’ni butun materiyaga talluqli oʻzaro ta’sirdir. Shunday qilib, bilim real dunyoning aksidir, shuning uchun aks ettirish materiyaning universal xususiyati hisoblanadi. Ya’ni, bir ob’ektning holati boshqa ob’ektning holatiga mos kelishi bilan, mazkur ob’ekt boshqasini aks ettirayotganligini va u haqida ma’lumot berayotganligini tushunamiz.
Axborot iqtisodiyoti bir vaqtning oʻzida asosiy resurs va tovar sifatida axborotga tayanadi.
Axborot resursi deganda ma’lumotlar korxona uchun ahamiyatli shaklga aylantirilganligi tushuniladi.
Axborot resursi (AR) korxonani boshqarish uchun muhim boʻlgan ma’lumotlarni anglatadi. AR bu muayyan parchalanish va yangilanish qonuniyatlari bilan yaratilgan va (yoki) aniqlangan, roʻyxatdan oʻtgan, baholangan axborotdir. Korxonalarning AR axborot tizimlari ma’lumot tashuvchilarda, arxivlarda, fondlarda, kutubxonalarda hujjatlar massivi sifatida taqdim etiladi.
Axborot texnologiyalari tarkibiga kiradigan axborot resurslari ushbu ta’rifda ularni yaratish, baholash va inventarizatsiya qilish metodologiyasiga muvofiq aniq tuzilishga ega. Bundan tashqari, AR tuzilishini aniqlash asosida ARning statik va dinamik tarkibiy qismlari hisobini yuritish mumkin.
Parchalanish va yangilanish qonunlari ARning IT bozoridagi mavqeini tegishli metodologiyadan foydalangan holda aniqlashga imkon beradi. Metodologiya texnik (aniqlik, ishonchlilik va boshqalar) va iqtisodiy xususiyatlarni (roʻyxatdan oʻtgan ma’lumotni olish xarajatlari va boshqalar) baholashni oʻz ichiga oladi.
Muayyan vaqt birligi uchun ARni baholash uning yaratilishidan (sh.j. yangilanish (parchalanish) qonunini, yangilash darajasini va rivojlanish qobiliyatini aniqlash) soʻng amalga oshiriladi va IRga boʻlgan ehtiyojni baholashga asoslanadi.
Tashkiliy boshqaruv tizimlarida iqtisodiy (mahsulot ishlab chiqarish, ish, xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadigan odamlar jamoalarini boshqarish bilan bogʻliq) va texnik (texnik ob’ektlarni boshqarish bilan bogʻliq) axborot farqlanadi.
Iqtisodiy axborotlar ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan moddiy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlah va iste’mol qilish jarayonlarini aks ettiradi, shuning uchun iqtisodiy axborotlar ishlab chiqarish axboroti deb ham ataladi. Iqtisodiy axborotlar katta hajmi, koʻp marta foydalanilishi, davriy yangilanishi va oʻzgartirilishi, mantiqiy operatsiyalardan foydalanilishi va nisbatan oddiy matematik hisob-kitoblarni bajarishi bilan tavsiflanadi.
Iqtisodiy axborotlar ma’lum tuzilishga ega, iqtisodiy axborotlarning asosiy tarkibiy birligi koʻrsatkichdir. Boshqarish maqsadlari uchun indikator toʻliq semantik tarkibga va iste’molchi qiymatiga ega hamda ma’noni buzmasdan uni kichik birliklarga boʻlish mumkin emas.
Koʻrsatkich rekvizitlar toʻplamidan iborat. Rekvizit – ob’ekt yoki xoʻjalik jarayonining muayyan xususiyatlarini aks ettiradigan mantiqiy boʻlinmas elementdir. Har bir indikator bitta tayanch rekvizit va bir yoki bir nechta atribut rekvizitlaridan iborat. Tayanch rekvizit qoida tariqasida, indikatorning miqdoriy qiymatini tavsiflaydi (ogʻirlik, qiymat, vaqt me’yori va boshqalar); atribut rekvizit - indikatorning semantik ma’nosi tavsiflaydi va uning nomlanishini aniqlaydi.
XX asrgacha mehnatning asosiy predmetini moddiy ob’ektlar tashkil etgan. Insonning moddiy ishlab chiqarish va xizmatlardan tashqari faoliyati, odatda, «noishlab chiqarish xarajatlari»ga kiritilgan. Davlatning iqtisodiy qudrati u boshqaradigan moddiy resurslar bilan oʻlchangan. XX asrning oxirida, insoniyat tarixida birinchi marta, axborot sanoati rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy ishlab chiqarishida mehnatning asosiy predmetiga aylandi, tez orada yangi iqtisodiy kategoriya «milliy axborot resurslari»ning mutlaqo yangi kontseptsiyasi paydo boʻldi. Ushbu hodisani tavsiflash uchun miqdoriy xususiyatlarni tanlash ancha qiyin kechdi. Bunday tavsifni topish uchun bir nechta yondashuvlar ma’lum, ulardan birini IBMning taniqli mutaxassisi Jeyms Martin taklif qilgan. Uning mohiyati shundan iboratki, inson bilimlarining umumiy yigʻindisi ikki baravar koʻpayadigan vaqt oraligʻini aniqlashdir (1800 yilda u har 50 yilda ikki baravar, 1950 yilda – har 10 yil, 1970 yilda – 5 har yil, hozirgi vaqtda - har 1 yil ikki baravar ortadi). Axborot hajmining bunday oʻsishi axborot xizmatlari sohasiga qoʻshimcha mehnat resurslarini jalb etish va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlashni talab qildi.
Rossiyada axborot texnologiyalariga asoslangan jamiyatni rivojlantirishga siyosiy yondoshuvlar ma’lum ma’noda toʻsqinlik qildi va ushbu sohadagi tadqiqotlar soni u qadar koʻp emas. Lekin shunga qaramay
D.I. Blumenau, G.R. Gromov, V.V. Dik, A.M. Karminskiy, A.I. Rakitov,
A.D. Ursul kabi olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borildi.
Rossiyaning global axborot iqtisodiyotiga kirishining asosi 1992 yil iyun oyida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan BMTning atrof-muhit va rivojlanish boʻyicha II konferentsiyasi qarorlarining amalga oshirishilishi boʻldi. 1992 yilda konferentsiyada erishilgan kelishuvlarni bajarish maqsadida Rossiya Prezidenti hukumatning «Rossiya Federatsiyasining barqaror rivojlanishga oʻtish konsepsiyasi»ni tasdiqladi. Bundan tashqari, bir qator fundamental qonun hujjatlari, xususan, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonun, “Axborot xavfsizligi kontseptsiyasi”, “Rossiyaning yagona axborot makoni kontseptsiyasi”, “Rossiyada Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish kontseptsiyasi” va boshqalar qabul qilingan. Ularning asosida «2010 yilgacha boʻlgan davrda Rossiyada axborotlashtirishni rivojlantirish» federal maqsadli dasturining kontseptsiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur axborotlashgan jamiyatning oʻziga xos xususiyatlari va belgilariga quyidagilarni kiritadi:

  • global axborot makonini yaratish;

  • iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan yangi texnologik tuzilmalarning shakllanishi va ustuvorlik kasb etishi;

  • axborot va bilim bozorini yaratish va rivojlantirish;

  • kasbiy va umummadaniy rivojlanish darajasini oshirish;

  • fuqarolarning axborotni erkin olish, tarqatish va undan foydalanish huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning samarali tizimini yaratish.

Dastur doirasida uchta ustuvor yoʻnalish, shu jumladan, axborot texnologiyalari industriyasini shakllantirishni belgilab olingan.
Zamonaviy iqtisodiyotda axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlari birligida quyidagi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega:

  • zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan biznes

infratuzilmasining mutlaqo yangi turini yaratish;

  • axborot texnologiyalari va mahsulotlariga investitsiyalar ulushining koʻpayishi, chunki hozirgi kunda korxonaning muvaffaqiyati uning hajmiga emas, balki tezligi, moslashuvchanligi va global tarmoqlardan foydalanish qobiliyatiga bogʻliq;

  • zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda, kompaniyalararo va ularning ichidagi aloqalar sonining koʻpayishi, ierarxik tuzilmalar astasekin gorizontal tizimlar bilan almashtirilmoqda;

  • axborot qurilmalari narxini keskin pasayishtirishga qaratilgan yakuniy foydalanuvchilar uchun axborot mahsulotlari va xizmatlari sektorining ortishi;

  • mahsulotlar va xizmatlarning elektron bozorlarini jadal rivojlantirish;  xalqaro biznes yuritish shartlarini erkinlashtirilishi natijasida global miqyosda axborot oqimi ustidan davlat nazoratining kamayishi;

  • yangi faoliyat turlarining vujudga kelishi va yangi iqtisodiyotda talab qilinadigan mutaxassislar nomenklaturasining oʻzgarishi.

Axborotni strategik manba sifatida tan olinishi axborotlashgan jamiyat tushunchasini aniqlashtirishga asos boʻldi. Raqamli iqtisodiyotning negizini axborotlashgan jamiyat tashkil etadi.

Download 157.5 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 157.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akt rivojlanishining iqtisodiy qonunlari

Download 157.5 Kb.