1.4. Bulutli texnologiyalarning afzalliklari va kamchiliklari
Bulutli texnologiyalardan foydalanishda afzalliklari
- Isteʻmolchilar kompyuterlardan ishlash kuchi xarakteristikalariga qaramaydi.
Kompyuterlar yuqori kuchda ishlashi uchun, katta xotira va ko‘p hajmli disklarga ega
bo‘lgan bo‘lishlari shart emas. Chunki barcha maʻlumotlar va hamma dasturlar bulut
35
serverlarida saqlanadi. Katta hajmga ega bo‘lgan shaxsiy statsionar kompyuterlar,
noutbuklar, netbuklar, orqali isteʻmolchilar bulutga kirishlari mumkin.
- Isteʻmolchilar uchun kompyuterlarni ishlash sifati oshishi. Isteʻmolchilar
kompyuter dasturlar, fayllarni masofadan turib ishga tushirishda kam yukli qilishlari
uchun kam ilovalardan foydalanishlari kerak. Misol uchun, Panda Cloud Antivirus -
antivirus dasturi, web-servis sifatida foydalana olish mumkin. Panda Cloud Antivirus
kuchli server maʻlumotlaridagi viruslarni masofadan turib skanerlash imkoni beradi.
Bu dasturni isteʻmolchi kompyuterida ishga tushirish ishlash yukini ikki barobarga
oshiradi.
- IT infratuzilmadan foydalanish samaradorligi oshadi va chiqimlar soni
kamayadi. Agar kompaniya uchun server o‘rtacha yuklanish baholashini oladigan
bo‘lsak, u 13% ni tashkil etadi. Baʻzi hollarda kompaniya o‘zining qo‘shimcha resurslar
kuchini ishlatishga to‘g‘ri keladi, lekin baʻzi hollarda hisoblash resurslari bo‘sh turadi
va ishlatilmaydi. Bunda esa albatta pulning sarfi bekor bo‘ladi. Agar kompaniya
hisoblash resurslaridan masofadagi bulut serverlaridan foydalansa, bu holda kompaniya
sarflari soni ikki marta kamayadi. Bundan kelib chiqqan holda nobarqaror iqtisodiy
ishlab chiqarish moslashuvchanligi oshib boradi. O‘zining maʻlumotlari boshqa bir
tashkilotlarda saqlanishiga ishonchlilik qobiliyati yo‘qolganda kompaniyaning o‘zi
shaxsiy bulut yaratib, virtualizatsiya infratuzilmalarini barcha imkoniyatlaridan
to‘laqonli foydalansa bo‘ladi.
- Xizmat ko‘rsatishdagi va DT ni sotib olishdagi harajatlarni kamaytirish. Bulut
hisoblash texnlogiyalarini shaxsiy serverlarda qo‘llanilishi kompaniya ko‘lamida
kichik hisoblanib, shuning uchun ularga xizmat ko‘rsatish oson bo‘ladi. Katta sonli
fizik serverlardan voz kechish orqali DT ni sotib olishdagi muammolar kamayadi.
Servis va ilovalar bulut ichida bo‘lganligi uchun isteʻmolchilar DT sotib olishlari shart
bo‘lmaydi.
- Hisoblash kuchi o‘sishi. Shaxsiy kompyuterlar bilan bulutli hisoblash
resurslarini solishtirganda, bulutli hisoblash resurslari katta imkoniyatlarga ega.
36
- Bulutli hisoblash kuchi uning serverlari soni bilan o‘lchanadi. Isteʻmolchiga
superkompyuterdan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratib beradi, bu
albatta oddiy shaxsiy kompyuterda masalalarni yechish imkoniyati bo‘lmaganda.
- Maʻlumotlar saqlashdagi cheklanilmagan hajmlar. Maʻlumotlarni saqlash
hajmiga qarab bulutli texnologiyalar qulay va avtomatik tarzda (isteʻmolchi xohish
istagiga qarab) joylashtiradi. Oddiy shaxsiy kompyuter isteʻmolchisi maʻlumotlarini
saqlashga joy yetmaganda, bunday holat bulutli hisoblash isteʻmochilarida yuzaga kelib
chiqmaydi.
- Operatsion tizim bilan mos kelishi. Bulutli texnologiyalar isteʻmolchilarda
qanday operatsion tizim turganligiga qaramaydi. Microsoft Windows operatsion
tizimidan foydalanayotgan mijoz, Unix mijozlari bilan muammosiz maʻlumotlarni
almashishi mumkin. Servislardan foydalanishda esa har bir operatsion tizim brauzerga
qarab standartlashtiradi.
- Hujjat formatlari bilan mos kelishi. Shaxsiy kompyuterdagi fayl Microsoft Word
2007 dasturi asosida bajarilgan bo‘lsa, eski versiyalarida yani Microsoft Word 2003 da
ochish imkoniyati mavjud emas. Bulutli hisoblashlarda esa to‘g‘ri kelmagan hujjatlarni
ochish muammosi kelib chiqmaydi.
- Isteʻmolchilarning bir guruh bo‘lib ishlashidagi qulayliklari. Bulutli hisoblash
tizimlarida bir vaqtning o‘zida bir necha isteʻmolchilar ish olib borishlari mumkin.
Hujjatlarni bir kompyuterdan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish kerak bo‘lmaydi.
Hujjatlarni tahrirlash tez aks etadi, bundan tashqari isteʻmolchilar hujjatning yangilash
imkoniyati mavjud.
- Bulutli hisoblashlarda fayllardan erkin foydalanish imkoniyati mavjudligi. Agar
maʻlumotlar bulutda saqlanilayotgan bo‘lsa, bu maʻlumotlardan istalgan vaqtda
isteʻmolchilar foydalanishlari mumkin faqatgina Internet tarmog‘i mavjud bo‘lsa bas.
Isteʻmolchilar uchun keng qamrovdagi qurilmalardan internetga kirish orqali
foydalanishlari mumkin. Bulut mijozi shaxsiy kompyuter, planshet, netbuk, smartfon,
noutbuklardan foydalanishlari mumkin.
37
-
Tabiiy
resurslardan
foydalanishni
kamaytirish.
Bulutli
hisoblash
texnologiyalarida hisoblash kuchlarini tejash nafaqat elektr energiya bo‘yicha, balki
fizik maydon va tabiiy resurslarni kamaytirish imkoniyati mavjud. Maʻlumotlarni qayta
ishlash markazi (MQIM) maʻlum bo‘lgan salqin hududlarda ham saqlash imkoniyati
bor. Maʻlumotlardan foydalana oladigan qurilmalar hozirda juda ixcham hisoblanib,
ishlab chiqarishda kamroq materiallar ketadi.
- Maʻlumotlarni yo‘qolishiga bardoshligi. Bulutda saqlanilayotgan maʻlumotlar,
o‘zlarining nusxalarini bir necha serverlarga joylashtiradi. Shuning uchun bulutda
saqlanilayotgan maʻlumotlarni yo‘qolishi ehtimoli juda ham kam, isteʻmolchining
shaxsiy kopyuteri bilan solishtirganda.
1.11- rasm Bulutli texnologiyalardan foydalanishda afzalliklari.
38
1.12- rasm. Bulutli hisoblash funksiyalari.
Bulutli texnologiyalardan foydalanishda kamchiliklari
Doimiy Internet tarmog‘i bilan aloqada bo‘lishi lozim. Bulutli hisoblash
texnologiyalaridan foydalanishda har vaqt tarmoq Internetga ulangan bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari bir necha ilovalar mavjud bo‘lib, ular kompyuterlarga yuklanadi va
ulardan uzoq muddatgacha ishlash imkoniyati bo‘ladi. Boshqa holatlarda esa har
doimgidek oddiy hisoblanib, ulanish bo‘lmasa ish ham bo‘lmaydi. Ko‘pchilikning
fikricha bu bulutli hisoblashlarning eng katta kamchiligi deb yuritishadi. Axborot
texnologiyalari rivojlanishini hisobga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki Internet
tarmog‘i hozirgi kunda har bir joyda mavjud. Shuning uchun bu muammoli qarashlar
tez orada umuman eʻtibordan chiqadi.
Ishlash tezligi sekinligi. Ko‘pgina bulutli servislar to‘laqonli ishlashlari uchun
normal Internet - ulanishni talab qiladi. Bu muammoni kelib chiqishini oldini olishda
choralar ko‘rilmoqda va bu muammo tez orada hal qilinishiga ishonch yuqori.
Dasturlarning sekin va to‘liq funksional imkoniyatlarga ega bo‘lmagan holda
ishlashi. Bir necha dasturlar bulutli tizimlarda lokal kompyuter tizimiga qaraganda
39
sekin ishlashlari mumkin. Bu uzoq masofadagi serverlarni yuklash qiyinchiliklari
tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Maʻlumotlar xavfsizligiga xavf borligi. Isteʻmolchilar tomonidan bulut
texnologiyalariga qo‘yilgan har bir maʻlumot xavfsizligi xavf ostida bo‘lishi mumkin.
Lekin bunda birinchi masala provayderga isteʻmolchining ishonishi muhimdir. Agar
bulutli texnologiyalar provayderi maʻlumotlar almashishini ishonchli shifrlasa, zaxira
nusxalasa va bulutli texnologiyalar sohasi bozorida o‘ziga yarasha tajribaga ega bo‘lsa
bu holda xavfsizlik borasida muammolar tug‘ilmaydi. Fakt sifatida shuni aytish
mumkinki, bulutda yo‘qolgan maʻlumotlarni qaytarish mumkin emas.
1.13- rasm. Bulut texnologiyasining kamchiligi
Bulutli texnologiya xususiyatlari
- Talab etilganda o‘ziga xizmat ko‘rsatish (self service on demand);
- Tarmoqdan universal tarzda foydalanish;
- Resurslarning birlashtirilishi (recource pooling);
- Elastiklik;
- Isteʻmol hisobi.
Self service on demand - isteʻmolchi o‘z ehtiyojlariga kerakli ravishda hisob-
kitob talablarini provayder bilan bog‘lanmagan holatda o‘zi aniqlaydi va o‘zgartiradi.
Masalan, server vaqti, maʻlumotni qayta ishlash tezligi, saqlanuvchi maʻlumotlar hajmi
kabi. Tarmoqdan universal tarzda foydalanish isteʻmolchilar qanday terminal
40
qurilmasidan foydalanishidan qatʻiy nazar, ular maʻlumot uzatuvchi tarmoqlardan
foydalana oladilar. Ko‘p isteʻmolchilarga xizmat ko‘rsatish uchun quvvatini dinamik
tarzda taqsimlab berish maqsadida provayder resurslarni yagona pulga birlashtiradi.
Chunki quvvatga bo‘lgan talab har doim o‘zgarib turadi. Bunda isteʻmolchilar xizmatni
faqat asosiy xossalarini, masalan maʻlumot hajmini, kirish tezligini boshqaradilar.
Ammo aslida isteʻmolchiga taqdim etiluvchi resurslar taqsimotini provayder bajaradi.
Elastiklik – xizmatlar har qanday vaqtda, avtomatik tarzda ko‘rsatilishi,
kengaytirilishi va qisqartirilishi mumkin.
Isteʻmol hisobi – bu provayder ishlatilgan resurslar hisobotini avtomatik tarzda
bajaradi. Masalan, saqlanuvchi maʻlumotlar hajmi, foydalanuvchilar soni yoki
tranzaksiyalar miqdori hamda ular asosida isteʻmolchilarga taqdim etiladigan xizmatlar
hajmini baxolaydi.
|