• Bulutli ekotizim
  • Akt sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/58
    Sana15.05.2024
    Hajmi3,33 Mb.
    #236268
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
    Bog'liq
    BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

     
    1.3.
     
    Bulutli hisoblashlar ekotizimi ishlab chiqish tamoyillari 
    Bulutli hisoblashlar
     
    konsepsiyasini qo‘llash ssenariylaridan foydalanilganda, 
    qo‘llanadigan texnologiyalarda, qiyin va muammoli masalalarda, hamda tadrijiy 
    rivojlanish davomida ommaviy va tijorat sektorlarida faol muhokama jarayonida 
    aniqlashtiriladigan va asoslanadigan afzalliklarda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, 
    taʻrif, xossalar, xarakteristikalar va ularning muvofiqligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib 
    rivojlanib boradi[30], shu boisdan bulutli hisoblashlar ekotizimi (bulutli ekotizim) deb 


    29 
    ataluvchi tushunchaga murojaat qilish maqsadga muvofiq, zero oxirgi paytlarda bu 1.6-
    rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega bo‘lishga ulgurgan.
    Bulutli ekotizim
    – bu birga ishlaydigan va bulutli xizmat ko‘rsatish imkonini 
    beruvchi bir biri bilan o‘zaro bog‘liq komponentlarning murakkab tizimini tavsiflash 
    uchun qo‘llanadigan atama. ITU ning maqsadli guruhlari (FG Cloud TR, Part 
    1:Introduction to the cloud ecosystem: definitions, taxonomies, usecases and high-level 
    requirements)) ning tavsiyalariga ko‘ra, ekotizimni shakllantiruvchi bir necha 
    ishtirokchilar mavjud: 
    -
    Cloud service user (CSU): bulut xizmatidan foydalanuvchilar; 
    -
    Cloud service provider (CSP): bulut xizmatini taqdim etuvchilar; 
    -
    Cloud service partner (CSN): bulutli xizmat hamkorlari. 
    Foydalanuvchini o‘zini oraliqdagi foydalanuvchilar qatoriga qo‘shishi mumkin, 
    ular bulut xizmatini taʻminlovchilar (CSP) tomonidan ko‘rsatiladigan bulutli servis 
    oxirgi foydalanuvchilari uchun bulutli xizmatlarni amalga oshiradilar. Oxirgi 
    foydalanuvchilar jumlasiga shaxslar, mashinalar yoki ilovalar kiradi. Bulut xizmatini 
    taqdim etuvchilar – bulutda xizmat ko‘rsatadigan va doimiy yetkazadigan tashkilot. 
    Xizmat ko‘rsatishdagi hamkor: bulutli servis provayderining xizmatlarini ko‘rsatish 
    jaryonini qo‘llab turuvchi shaxs yoki tashkilot (masalan, xizmatlar integratsiyasi). 1.6-
    rasmda bulutli ekotizimning ana shu ishtirokchilari aks ettirilgan. 
     
    1,6- rasm. Bulutli ekotizimdagi ishtirokchilarning roli.
    CSU-bulut xizmatidan foydalanuvchilar, CSP-bulut xizmatini taqdim etuvchilar, 
    CSN-bulutli xizmat hamkorlari. Mazkur prinsiplarga asoslangan holda, bulutli 


    30 
    ekotizimdagi qatnashchilarning o‘zaro taʻsirlashuvlari ssenariysini ko‘rib chiqamiz 
    (bulutlararo ssenariylar). 
    1. Bulutlararo piringli ssenariy. 
    Ikki provayder bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro hamkorlik qilishi mumkin. 
    Har bir CSP (provayder) bulutli tarmoqlararo hamkorlik uchun va o‘z API sini taklif 
    eta oladi va provayderlar bir-biri bilan boshqa provayderning API sidan foydalangan 
    holda hamkorlik qiladi.
    2. Bulutlararo federatsiya bilan birgalikdagi ssenariy. 
    Ikki provayder o‘zaro ishonch asosida alyansga mantiqan birikishi mumkin. 
    Alyansda bulutli tarmoqlararo o‘zaro hamkorlik uchun umumiy API aniqlanadi va har 
    bir CSP boshqalari bilan umumiy API orqali birgalikdada o‘zaro hamkorlik qiladi. 
    3. Bulutlararo xizmatlar brokeri bilan ishlash ssenariysi 
    Ushbu ssenariyda CSP (provayder) bulutlar o‘rtasida xizmat ko‘rsatish dalloli 
    (broker) rolini bajaradi, bulutli xizmat ko‘rsatish talabini bulutli xizmatlar provayderi 
    yoki bulutli xizmat foydalanuvchisidan o‘z APIsi orqali so‘rov oladi. Bulutlararo 
    xizmat ko‘rsatish va boshqa provayderlar brokeri vazifasini bajaruvchi provayder 
    o‘zaro hamkorliklar bulutlararo piring yoki federatsiya tomonidan belgilanadi. 
    Mazkur tamoyillar asosida 1.7-rasmda qo‘llanilishi va amalga oshirilishiga oid 
    turli masalalarni tadqiq etishda taklif etiladigan bulutli hisoblar ekotizimi 
    sxemachizmasi berilgan; bu yuqorida eʻtirof etilgan konseptual modellar bilan 
    muvofiqlashtiriladi hamda bulutli hisoblashlar infrastrukturasini o‘rganishda 
    metodologik vosita hisoblanadi.
    Bulutli hisoblashlarni tashkil etishga o‘tishning birinchi bosqichi odatda 
    collocation hisoblanadi. Bunda kompaniya provayderning maʻlumotlarni qayta ishlash 
    markazi (MQIM) ga o‘z uskunasini joylashtiradi, provayder esa aloqa kanallarini 
    maʻlumotlarni qayta ishlash markazi bilan ishlashini taʻminlaydi, MQIMdagi energiya 
    taʻminoti, ventilyatsiya, yong‘in havfsizligi, xonalardagi harorat rejimi, buyurtmachi 
    uskunasining jismoniy xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarini hal qiladi; Buning uchun 


    31 
    SLA da maʻlumotlarni qayta ishlash markaziga aloqa kanallari orqali kirish talabi, 
    kuchlanishning keskin o‘zgarishi va elektr taʻminotining yo‘qligi uchun, temperatura 
    rejimini saqlash uchun javobgarlik yozilgan bo‘lishi kerak. 
    1.7- rasm. Bulutli hisoblarning ekotizimi. 

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akt sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish