62
CloudSim yadrosi xodisalarni qayta ishlash, bulutli obʻektlarni (xizmatlar,
tugunlar, maʻlumotlar markazlari, resurslar brokerlari va virtual mashinalar) yaratish,
tizim elementlari va simulyatsiya oqimini boshqarish va tizim elementlarining o‘zaro
ishlashida navbatlardan foydalanishga asoslangan SimJava harakatiga asoslangan.
Bulutli muhit modelini ishlab chiqishda, foydalanuvchi imkon qadar haqiqatga yaqin
bo‘lgan natijalarga erishish uchun uning modelidagi
kalit tarkibiy qismlarni
takomillashtirishi kerak.
Modellashtirish uchun platformaning asosiy obʻektlari virtual mashina va
vazifadir. Ushbu komponentlar bulut tizimlarining turli guruhlari uchun xosdir.
Masalan, PaaS kabi bulutli tizimlar uchun bir xil virtual mashinaga bir nechta ilovalarni
joylashtirish odatiy xoldir.
Modellashtirishda eng muhim komponentlar resurslarni
boshqarish siyosatiga
javob beradigan komponentlardir. Ushbu komponentlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan
vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- modellashtirish tizimlarining turli obʻektlari uchun protsessor quvvati,
operativ
xotira va boshqa resurslarni taqsimlash;
- modellashtiriladigan tizimlar tugunlarida virtual mashinalarni joylashtirish;
- modellashtiriladigan tizimidagi virtual mashinalar orasidagi vazifalarni taqsimlash.
Modelning ish prinsipi, platformaning zarur komponentlarini va imitatsiya tizimining
dastlabki tavsifini va manba kodi shaklidagi imitatsiya stsenariyini bajarilishini nazarda
tutadigan CloudSim platformasiga asoslanadi. Imitatsiyani boshlagandan so‘ng
imitatsiya tizimi haqidagi barcha maʻlumotlar imitatsiya
qilinadigan CloudSim
yadrosiga o‘tkaziladi.
Shuni taʻkidlash kerakki, CloudSim platformasi imitatsiya tizimida yoki
imitatsiya stsenariylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri modelning ishlashi vaqtida o‘zgarishlarni
nazarda tutmaydi, bu platformaning imkoniyatlariga cheklovlar ko‘yadi.
2.
CDOSim
. CDOSim (Cloud Deployment Options Simulator) - bu simulyator
bo‘lib, uning asosiy vazifasi bulutli hisoblash tizimining
yoki infratuzilmaning
63
ishlashini baholashdir. CDOSim platformasi bulutli tizimlar va infratuzilmalarni
tarqatish uchun turli xil variantlarni taqqoslash uchun mo‘ljallangan,
bu esa mavjud
resurslardan foydalanishni optimallashtirish va bulutli hisoblash tizimining ish
faoliyatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. CDOSim platformasi
bulutli tizimlar va
infratuzilmalarni joylashtirishning asosiy parametrlarini moslashuvchan ravishda
o‘zgartirishi mumkin:
- tizim resurslarini saqlash strategiyasi;
- virtual mashina namunalarining konfiguratsiyasi;
- hisoblash tizimini ishlab chiqish uchun ishlatiladigan apparat va dasturiy taʻminot;
- tarmoq parametrlari.
3.