4
KIRISH
Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda.
Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari,
kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz oʻtkaza
olmay qoldik, ulardan
foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va taʻlim olishdagi vazifalarimizni
yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida taʻlim tizimida ham
turli fanlarni oʻqitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi.
Keyingi davrlarda koʻplab psixologik va ilgʻor pedagogik sohalarda chop
etilayotgan maqolalarda, AKT talabalarlarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi
haqidagi fikrlar taʻkidlanayotganining guvohi boʻlmoqdamiz.
YUNESKO
1
AKT taʻlimning ochiqligi va haqqoniyligini taʻminlashga, oʻqitish
va oʻqitish sifatini oshirishga va oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishiga hissa qoʻshishi
mumkin, deb hisoblaydi. Bundan tashqari,
tegishli siyosat, texnologiyalar va
imkoniyatlarga ega boʻlgan holda, AKT taʻlimni boshqarish, yetakchilik va
maʻmuriyatni yaxshilashga yordam beradi.
Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarining
nigohi bizning yurtimizga
qaratilgan, chunki yurtimizda barcha sohalar bo‘yicha jadallik bilan rivojlanib
bormoqda. Misol tariqasida oliy ta’lim tzimini oladigan bo‘lsak juda katta islohatlar
olib borilmoqda bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8
oktyabrdagi PF-5847-son Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga
yaqqol misoldir.
“Bulitli texnologiyalar” fani talabalarga tashkilot boshqaruvida xisoblash
resurslarini yanada
samarali ishlatish mumkinligi; AT infratuzulmani boshqarishni
takomillashtirish (shu jumladan geografik jihatdan); ish boshqaruvida doimiy
1
https://ru.unesco.org/themes/ikt-v-oblasti-obrazovaniya
5
soddalashtirish va qulaylashtirish, tizim konsepsiyasini zaxira tarzda saqlash va virtual
mashinani migratsiyalash; AT infratuzilma
chiqimini kamaytirish, xisoblash
resurslarini, elektr quvvatlarini tejash haqida axborot berish, elektron ko‘rinishdagi
ma’lumotlarni saqlash va kerak bo‘lganda ulardan har qanday sharoitda foydalanish
evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish mumkinligi kabi masalalarni qamrab
olgan.
“Bulitli texnologiyalar” fani ixtisoslik fanlar turkumiga kirib, bu Muhammad al-
Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti AKT sohasida
kasb ta’limi fakultetining 3-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
“Bulutli texnologiyalari” fanidan tayorlangan o‘quv qo‘llanma ma'ruza
mashg‘ulotlarni o‘tkazish, dars samaradorligini oshirish, ixtisoslik bo‘yicha bilimlarni
egallash, muxandis-pedagoglarni bulutli xisoblash dasturiy vositalari bilan tanishtirish,
ularni
o‘quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish yo‘llarini qo‘rsatib berish,
telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi fanlarini
o‘qitishda bulutli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini egallash,
telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi fanlarida bulutli
texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar oshirishga xizmat
qiladi.
O‘quv qo‘llanmada keltirilgan mavzular ta'lim va
tarbiya usullarining joriy
qilinishi va bo‘lajak kadrlarning internet va bulutli texnologiyalaridan samarali
foydalanish ko‘nikmasi berish va malakalarni tarkib toptirish, talabalarga oliy va o‘rta
maxsus ta'lim muassasalarida telekommunikatsiya, informatika va axborot
texnologiyalari yo‘nalishi fanlarini zamonaviy o‘quv
texnik vositalar yordamida
o‘qitishga o‘rgatish, masofaviy ta'limning o‘ziga xos xususiyatlarini bilan
tanishtirishtiradi. Talabalarni malakasi va mahoratini oshishiga xissa qo‘shadi hamda
amaliy foydalanishda samara beradi.