17
buni bilib olish uchun bulutli hisoblash (cloud computing) ning baʻzi bir taʻriflarini
ko‘rib chiqamiz:
1) Mahalliy server yoki shaxsiy kompyuter o‘rniga maʻlumotlarni saqlash,
boshqarish va qayta ishlash uchun internetda joylashtirilgan uzoq serverlar tarmog‘idan
foydalanish amaliyoti. Bu esa bulutli hisoblashning taʻriflaridan biri.
2) Bulutli hisoblash - 2000 yillarning oxirlarida hisoblash resurslaridan
foydalanish va isteʻmol qilish hisobiga shakllangan hisoblash terminlari yoki metafara.
Bulutli hisoblash markazlashtirilgan maʻlumotlarni saqlash va
kompyuter xizmatlari
yoki resurslariga onlayn kirish imkonini beradigan masofaviy serverlar va dasturiy
tarmoqlar guruhlarini tarqatishni o‘z ichiga oladi.
3) Bulutli hisoblash Internetda joylashgan, talab qilingan istalgan xizmatlarni
Internet orqali yetkazib berish degan tushuncha bu bulutli
hisoblashning odatiy
taʻriflaridan biridir. Ushbu xizmatlar uchta toifaga bo‘linadi: Infrastructure-as-a-
Service (IaaS), Platform-a-Service (PaaS) va Software-as-a-Service (SaaS).
4) Ayrimlar bulutli hisoblashni Internet texnologiyasidan foydalangan holda IT-
imkoniyatlarning kengayishi va elastikligini taʻminlaydigan hisoblash uslubi sifatida
taʻriflaydilar.
5) Standartni belgilaydigan milliy standartlar va texnologiyalar instituti (NIST)
bulutli hisoblashga shunday taʻrif beradi: tezkor taʻminlanadigan va boshqaruvda
minimal darajada qiyinchilik keltirib chiqaradigan yoki xizmat ko‘rsatish provayderlari
bilan hamkorlikda tarqatilishi mumkin bo‘lgan, konfiguratsiya
qilinadigan hisoblash
resurslarining umumiy to‘plamiga talab bo‘yicha tezkor ulanish va qulay foydalanish
uchun model.
6) IEEE standartlari assotsiatsiyasi (IEEE-SA) bulutni hisoblashni ikki xil
taʻriflaydi. P2302 (Cloud Profiles) loyihasi bulutli sotuvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi
provayderlar va foydalanuvchilar kabi bulutning turli ekotizimlarini taʻkidlaydi. P2302
(Intercloud) loyihasi cloud-to-cloud birgalikda ishlash uchun topologiyani,
funksiyalarini va boshqaruvini belgilaydi.
18
7) Quyidagi va yuqorida keltirilgan barcha tushunchalardan
bulutli hisob-
kitoblarning qisqacha va tezkor taʻrifi quyidagilardan iborat: Foydalanuvchilarga
maʻlumotlar saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanishga imkon beruvchi uzoq
masofali serverlarning virtual tarmog‘i bilan hisoblash usuli, talabga javoban hisoblash
xizmatlarini moslashuvchanlik, miqyosi, xavfsizligi va ortiqcha
ishlashi bu bulutli
hisoblash (cloud computing) dir.