|
17-ma’ruza Mavzu: tarmoq xizmatlari reja
|
bet | 1/13 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 382,01 Kb. | | #157158 |
Bog'liq 17-ma’ruza Mavzu tarmoq xizmatlari reja
17-ma’ruza
Mavzu: TARMOQ XIZMATLARI
Reja:
Elektron pochta.
Veb-xizmat.
Tarmoqni boshqarish tizimi va SNMP protokoli.
Foydalanuvchilar nuqtai-nazaridan kompyuter tarmoqlari elektron pochta, WWW, internet-telefoniya va internet-televideniya kabi xizmatlar tо‘plamini amalga oshiruvchi vositadir. Bu xizmatlarni ta’minlovchi ishlar, yaʻni tarmoqning transport vazifalari foydalanuvchidan yashirilgan, vaholanki ba’zida havola qilinadigan xizmatlarning ba’zi detallariga ta’sir qiladilar, masalan, telefon tarmog‘i orqali Internetga ega bо‘lishning ishonchliligi yetarli darajadan kam bо‘lganligi tufayli veb-sahifalardagi axborotni uzatishda TSR ning qisqa seanslarni WWW xizmatida ishlatilishiga taʻsir etadi. Foydalanuvchiga mо‘ljallangan xizmatlardan tashqari, yana tarmoq maʻmuriga mо‘ljallangan xizmatlar ham bor, u xizmatlar tarmoq qurilmalarini tarkibini о‘zgartirish va boshqarish masalalarini hal qiladi; bu toifadagi xizmatlarga FTP, telnet va SNMP xizmatlari kiradi. Bundan tashqari yuqorida aytib о‘tilgan kompyuter va tarmoq qurilmalariga о‘z ishini tashkillashtirishga yordam beruvchi DNS va DHCP xizmat kо‘rsatishlar kiradi.
1.Elektron pochta
Tarmoq pochta xizmati (elektron pochta) – bu taqsimlangan ilova bо‘lib, uning asosiy vazifasi tarmoqdan foydalanuvchilarga elektron ma’lumotlarni almashish imkoniyatini havola qilishdan iborat.
Boshqa barcha tarmoq xizmatlari kabi elektron pochta ham mijoz-server arxitekturasida qurilgan. Pochta mijozi har doim foydalanuvchining kompyuterida joylashgan bо‘ladi, odatda ajratilgan kompyuterda ishlaydi.
Pochta mijozi (yana shuningdek foydalanuvchi agenti deb nomlanadi) – bu dastur, foydalanuvchi interfeysini quvvatlash uchun mо‘ljallangan, shuningdek foydalanuvchiga elektron xabarlarni tayyorlash bо‘yicha keng xizmatlar tо‘plamini havola qiladi. Bu xizmatlarga quyidagilar kiradi: turli о‘lcham va kodlashtirishda matnlar yaratish, saqlash, yо‘q qilish, manzilini о‘zgartirish, turli kо‘rsatgichlar bо‘yicha xatlarni saralash, kelgan va jо‘natilgan xatlar rо‘yxatini kо‘rish, xabar matnini grammatik va sintaksik tekshirish, manzillarning omborini yuritish, avto javob, jо‘natishlar guruhini hosil qilish va boshqalar. Undan tashqari pochta mijozi pochta xizmatining server qisimi bilan muloqatini quvvatlaydi.
Pochta serveri mijozdan xabarlarni qabul qilishni bajaradi, buning uchun u har doim faol holatda bо‘ladi. Undan tashqari, u ma’lumotlarni buferlash, kelgan ma’lumotlarni alohida mijoz buferlariga taqsimlashni (pochta qutilariga), mijozlarga ajratiladigan xotira hajmini boshqaradi, mijozlarni qayd qilish va ma’lumotlarga ega bо‘lish huquqini vaqt bо‘yicha boshqaradi va kо‘p boshqa masalalarni ham hal qiladi.
|
| |