• 1 7 .1-rasm
  • Ajratilgan pochta serverli sxema
  • Mijoz va serverning bevosita muloq




    Download 382,01 Kb.
    bet3/13
    Sana15.02.2024
    Hajmi382,01 Kb.
    #157158
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    17-ma’ruza Mavzu tarmoq xizmatlari reja

    Mijoz va serverning bevosita muloqoti. Pochta xizmatining asosiy tashkil etuvchilarini kо‘rib chiqdik endi uning asosiy sxemalarini tashkillanishini kо‘rib chiqamiz. Eng oddiy sxemani kо‘rishdan boshlaymiz, amalda hozir sxemaning bu varianti qо‘llanilmaydi, jо‘natuvchi bevosita qabul qiluvchi bilan muloqotda bо‘luvchi variant. 17.1-rasmda kо‘rsatilganidek xar bir foydalanuvchining kompyuterida pochta mijozi va serveri о‘rnatilgan.


    17.1-rasm. Mijoz va serverning bevosita muloqot sxemasi.

    Aziza, о‘zining pochta mijozini grafik interfeysini ishlatib, xabar yaratish vazifasini chaqiradi, natijada ekranda standart tо‘ldirilmagan xabarning shakli paydo bо‘ladi, Aziza uning maydoniga о‘z manzilini, Irodaning manzilini va xatning sarlavhasini yozadi, shundan sо‘ng xat matnini yoza boshlaydi. Bunda Aziza nafaqat pochta dasturiga joylashtirilgan matn muharriridan balkim bu maqsad uchun boshqa dasturlarni ham jalb qilishi mumkun, masalan, Word. Xat tayyor bо‘lgach Aziza xabarni jо‘natish vazifasini chaqiradi va joylashtirilgan SMTP-mijoz Irodaning kompyuteridaga SMTP-serverga aloqa о‘rnatilishiga sо‘rov jо‘natadi. Natijada SMTP- va TSR-ulanish о‘rnatiladi va xabar tarmoq orqali uzatiladi. Irodaning pochta serveri uning kompyuterining xotirasida xatni saqlaydi, pochta mijozi esa Irodaning buyrug‘i bilan uni ekranga chiqarib beradi, zarur bо‘sa о‘lchamini о‘zgartirishi xam mumkun. Iroda bu xatni saqlashi, о‘chirib yuborishi va qayta manzillab jо‘natishi mumkin. Tushunarliki agarda Iroda Azizaga elektron xabar jо‘natmoqchi bо‘lsa sxema simmetrik ravishda ishlaydi.


    Ajratilgan pochta serverli sxema. Hozir yuqorida kо‘rilgan pochta aloqasining oddiy sxemasi ish qobiliyati borday kо‘rinsa ham, biroq unda jiddiy va kо‘rinib turgan xatolik mavjud. Xabarlar bilan almashish uchun, biz yuqorida eslatib о‘tgan edik, SMTP-server har doim SMTP-mijozning sо‘rovini kutish holatida bо‘lishi zarur. Bu bildiradiki Irodaga jо‘natilgan xat Irodaga kelishi uchun uning kompyuteri doim yoqiq va ish holatida bо‘lishi kerak. Tushunarlik, bunday talab kо‘pchilik foydalanuvchilar uchun tо‘g‘ri kelmaydigan ta’lab. Bu muammoni tabiiy yechimi, SMTP-serverni maxsus shu maqsad uchun ajratilgan oraliq-kompyuterga joylashtirish bо‘ladi. Bu yetarli darajada quvvatli va ishonchli kompyuter bо‘lishi kerak, u kunu-tun uzluksiz pochta xabarlarini kо‘p jо‘natuvchilardan kо‘p qabul qiluvchilarga uzatish xususiyatiga ega bо‘lishi kerak. Odatda pochta serverini katta tashkilotlar tomonidan о‘z xizmatchilari uchun yoki pravayderlar tomonidan о‘z mijozlari uchun quvvatlanadi. Har bir nom domeni uchun DNS tizim MX turidagi yozuv yaratadi, unda foydalanuvchilarga xizmat kо‘rsatuvchi shu domenga tegishli pochta serverlarining DNS-nomlari saqlanadi.
    17.2-rasmda ajratilgan pochta serverining sxemasi keltirilgan. Rasmni murakkablashtirmaslik uchun unda faqat Azizadan Irodaga jо‘natiladigan xabarda ishtirok etuvchi komponentlar kо‘rsatilgan. Teskari holat uchun (Irodadan Azizaga) sxema simmetrik ravishda tо‘ldirilishi kerak.
    1.Shunday qilib, Aziza Irodaga xat jо‘natishga qaror qildi, buning uchun u о‘zining kompyuteriga о‘rnatilgan pochta mijozi dasturini ishga tushiradi (masalan, Microsoft Outlook yoki Mozilla Thunderbird). U xabar matnini yozadi va kerakli yordamchi ma’lumotlarni keltiradi, xususan qabul qiluvchining manzilini Iroda@domen.com yozadi va sichqoncha kо‘rsatgichini xabarlarni jо‘natish belgisiga qо‘yib uning tugmasini bosadi. Tayyor xabar aniq pochta serveriga jо‘natilishi kerak bо‘lganligi uchun, mijoz Irodani din.com. domeniga xizmat kо‘satuvchi pochta serverining nimini aniqlash uchun DNS tizimiga murojaat qiladi. DNS dan javob sifatida mail.bim.com. nomini olgach, SMTP-mijoz yana bir bor DNS ga murojaat qiladi, bu safar u pochta serverining IP-manzilini bilish uchun mail.bim.com. ga murojaat etadi.



    Download 382,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 382,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mijoz va serverning bevosita muloq

    Download 382,01 Kb.