|
17-ma’ruza Mavzu: tarmoq xizmatlari reja
|
bet | 4/13 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 382,01 Kb. | | #157158 |
Bog'liq 17-ma’ruza Mavzu tarmoq xizmatlari reja17.2-rasm. Qabul qilish domenidagi ajratilgan pochta serverili sxema.
2. SMTP-mijoz 25 port (SMTP-server) orqali TSR-ulanish о‘rnatish uchun ushbu IP-manzil bо‘yicha sо‘rov jо‘natadi.
3. Shu vaqtdan boshlab SMTP protokoli bо‘yicha mijoz va server о‘rtasida muloqot boshlanadi. Qayd qilishimiz kerakki bu yerda va boshqa uzatishga mо‘ljallangan barcha protokollarda mijozdan SMTP-ulanishni о‘rnatishga sо‘rovni uzatish yо‘nalishi xabarni uzatish yо‘nalishi bilan bir xil bо‘ladi. Agarda server tayyor bо‘lsa, TSR-ulanish о‘rnatilgandan sо‘ng Azizaning xabari uzatiladi.
4. Xat pochta serverining buferida saqlanib qoladi, sо‘ng tizim tomonidan Azizaning xatlarini saqlash uchun ajratilgan shaxsiy buferga yо‘naltiriladi. Bu kabi buferlar pochta qutisi deb ataladi. Qayd qilish muhimki, pochta serverida Azizadan tashqari juda kо‘p mijozlari mavjud va shu uning ishini murakkablashtiradi. Yaʻni pochta serveri kо‘p foydalanuvchi ega bо‘lishini tashkillashtirish bо‘yicha turli-tuman masalalarni xal qilishi kerak, taqsimlangan resurslarni boshqarish bilan bir qatorda ega bо‘lishni xavsizligini ta’minlashgachan bо‘lgan masalalarni ham.
5. Qaysidir vaqtda, pochta serveriga xabarning kelganligi bilan mutloq bog‘liq bо‘lmagan vaqtda, Iroda о‘zining pochta dasturini ishga tushiradi va pochtani tekshirish buyrug‘ini bajaradi. Bu buyruqdan keyin pochta mijozi pochta serveriga ega bо‘lish protokolini ishga tushirishi kerak. Biroq bu SMTP bо‘lmaydi. Eslatamiz, SMTP protokoli axborotlarni serverga uzatish zarur bо‘lganda ishlatiladi, Iroda esa aksi serverdan xabarlarini olishi kerak. Bu holat uchun boshqa protokollar yaratilgan, umumiy nomi pochta serveriga ega bо‘lish protokollari deb nomlangan, masalan, ROR3 va IMAP. Bu ikki protokollar axborotlarni qabul qilish uchun mо‘ljallangan protokollarga kiradi (ROR3 protokoli 110 porti orqali TSR-ulanish о‘rnatilishga sо‘rovni kutadi, IMAP protokoli esa 143 port orqali sо‘rovni kutadi, rasmda bu portlar umumlashtirilgan holda TSR port kabi tasvirlangan). Bu ikkisining birini ishlashi natijasida Azizaning xati Irodaning kompyuterini xotirasida bо‘ladi. Kо‘rdikki bu gal mijozdan serverga sо‘rov yо‘nalishi strelka bilan kо‘rsatilgan axborot uzatish yо‘nalishi bilan mos tushmadi.
|
| |