|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari
|
bet | 1/5 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #147422 |
Bog'liq Komp tarmoqlari
MAVZU: KOMPYUTER TARMOQLARI VA
ULARNI SOZLASH ASOSLARI.
Reja :
Kompyuter tarmoqlari haqida tushincha.
Tarmoqlarning turlari :lokal,mintakaviy va global tarmoqlar
Kompyuter tarmoqlari va uning texnik vositalari
Server
Kontsentrator
Axborotni uzatish kabellari
Modem
Kompyuterdan turli masalalarni xal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy ulanish kerak bo’ladi.
Kompyuterlarning uzaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi kurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqka ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga boglik.
Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yigindisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saklanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqka ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar lokal, mintakaviy va global tarmoqlarga bulinadi.
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yakin binolarda joylashgan kompyuterlarda uzaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloka kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqka ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish kurilmasi, modem va boshqa kurilmalardan birshalikda foydalanish imkoniyatiga ega bulishadi.
Shuning uchun, bittadan ko’p kompyuterga ega bo’lgan firmalar uz kompyuterlarini lokal tarmoqka birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yakin bo’lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim bo’ladi.
|
| |