|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari
|
bet | 2/5 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #147422 |
Bog'liq Komp tarmoqlariMarshrutlash bu –kerakli manzilga axborot blokini uzatish yulini aniklash jarayonidir.
Selektsiyalash –tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli buyicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta’minlaydi.
Ishchi tizimlar katta mikdordagi ma’lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirishga xizmat kiladi.
Ma’muriyat tizimlari—tarmoqni boshkaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va boglanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
Mintakaviy tarmoq—biror tuman, viloyat yoki respublika mikyosidagi kompyuterlarni uzida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda kuvvatli serverlar mavjud bo’ladi va bunday serverlar urtasidagi axborot aloka kabeli, optik tolali yoki sun’iy yuldosh radioaloka kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq—dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni uzida birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi.
Intranet—bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalar asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bulib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot mikyosidagi yangi axborot muxitini tashkil etuvchi kompyuter tarmogidir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jixati bilan farklanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning kaysi serverda, kaysi katalogda, qanday nom bilan saklanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi.
Internetda esa bunday nokulayliklarning oldi olingan bulib, uning foydalanuvchisiga bunday msa’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashkari, internet tarmogida mavjud bo’lgan barcha elektron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperboglanishlar yordamida uzaro boglab yagona axborot muxiti kurish, unda kulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo’ladi.
|
| |