|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari
|
bet | 4/5 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #147422 |
Bog'liq Komp tarmoqlariKompyuter tarmoqlari
Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmog’isiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Kompyuter tarmog’i - bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog’langan kompyuter va terminallar majmuidir.
Tarmoq axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’ektlar tarmoq ob’ektlari deyiladi. Tarmoq ob’ektlari alohida
kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin:
Global tarmoqlar.
Regional (mintaqaviy) tarmoqlar.
Lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli qit’alarda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir- biridan ancha uzoqda joylashgan biror birmintaqaga tegishli obonentlarni birlashtiradi. Misol: biror shaxar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan obonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal tarmoq kichik bir hududda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Misol: biror korxona yoki tashkilotga mahallliy tarmoqning uzunligini 2-3 km. Bilan cheklash mumkin.
Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko’p tarmoqli ierarhiyani tashkil etish imkonini beradi. Misol: INTERNETkompyuter tarmoqlari keng tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tarmog’idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoq kiradi. Uning nomini o’zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Internetning asosiy yacheykasini maxalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Kompyuterning mahalliy tarmoqqa ulashning 3 turi mavjud.
Halqasimon.
Shinali.
Yulduzsimon.
Halqasimon bog’lanishda kompyuterlar yopiq chiziq bo’yicha bog’langan bo’ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot halqa bo’yicha kompyuterdan kompyuterga o’tadi.
|
| |