|
17-ma’ruza Mavzu: tarmoq xizmatlari reja
|
bet | 2/13 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 382,01 Kb. | | #157158 |
Bog'liq 17-ma’ruza Mavzu tarmoq xizmatlari rejaElektron xabarlar. Pochta xizmati elektron xabarlar bilan ishlaydi – ma’lum standart о‘lchamli axborotli tarkiblarga ega bо‘lgan. Soddalashtirilgan holda elektron xabar ikki qisimli kо‘rinishda xavola qilinishi mumkin, ulardan biri (sarlavha) pochta xizmati uchun yordamchi axborotga ega bо‘ladi, boshqa qismi esa (xabar tanasi) – о‘qish, eshitish yoki kо‘rish uchun mо‘ljallangan “xat” ning о‘zi.
Sarlavhaning asosiy elementi bо‘lib jо‘natuvchi va qabul qiluvchining Iroda@domen.com, kо‘rinishdagi manzilidir, bu yerda Iroda – pochta xizmtidan foydalanuvchining identifikatori, domen.com – domen nomi, unga bu foydalanuvchi kiradi. Undan tashqari, pochta xizmati sarlavhaga xatning sanasini va mavzusini, shifrlashni qо‘llanganligi haqida belgi qо‘yadi, tez yetkazilishi haqida, qabul qiluvchi tomonidan о‘qilganlik haqidagi dalilni tasdiqlash zarurligi haqida va boshqalarni kiritadi. Sarlavhaning qо‘shimcha axboroti pochta mijozi qabul qilib oluvchini u yoki bu kodlashtirishni ishlatilganligi haqida xabar qilishi mumkin. Asosiy kodlashtirish ASCII dan tashqari, zamonaviy pochta tizimi tasvirli xabarlarni yaratish imkoniyati mavjud (GIF va JPEG о‘lchamida), shuningdek audio- va video fayllarni.
SMTP protokoli. Pochta xizmati xabarlarni uzatish vositasi sifatida maxsus pochta tizimi uchun loyihalashtirilgan standart SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – prostoy protokol peredachi pochti – oddiy pochtani uzatish protokoli) protokolidan foydalanadi. Xuddi amaliy bosqich protokollarining kо‘pchiligi kabi, SMTP bir-biri bilan nosimmetrik aloqadagi qismlar tomonidan joriy etiladi: SMTP-mijoz va SMTP-server. Qayd qilish muhimki, bu protokol mijoz tomonidan server yо‘nalishi tomon axborot jо‘natishga mо‘ljallangan, demak, SMTP-mijoz jо‘natuvchi tomonida ishlaydi, SMTP-server esa qabul qiluvchi tomonida ishlaydi. SMTP-server har doim SMTP-mijoz tomonidan sо‘rovlarni kutib ulanish ish tartibida bо‘lishi kerak.
SMTP protokolining ishlash mantiqi haqiqatda ham yetarli darajada sodda. Foydalanuvchi о‘zining pochta mijozining grafik interfeysini qо‘llagandan sо‘ng xabarni jо‘natishni hosil qiluvchi belgiga sichqoncha kо‘rsatgichi bilan bosiladi, SMTP-mijoz 25 portga (SMTP-serverning belgilagan porti) TSR-ulanishlarni о‘rnatishga sо‘rov jо‘natadi. Agarda server tayyor bо‘lsa, u holda u о‘zining DNS-nomini jо‘natadi. Sо‘ng mijoz serverga jо‘natuvchi va qabul qiluvchining manzillarini (nimini) jо‘natadi. Agarda qabul qiluvchining nomi kutilayotganiga mos kelsa manzillar olingandan sо‘ng server TSR-ulanishni о‘rnatishga rozilik beradi va bu ishonchli mantiqiy kanal doirasida xabarlarni uzatish sodir bо‘ladi. Mijoz bitta TSR-ulanishni ishlatib bir necha xabarlarni har biriga jо‘natuvchi va qabul qiluvchining manzilini qо‘shib uzatishi mumkin. Xabarni uzatib bо‘lingandan sо‘ng TSR- va SMTP-ulanishlar uziladi. Agarda seans boshlanishida SMTP-server tayyor bо‘lmasa, u holda u mijozga tegishli xabar jо‘natadi va u yangidan ulanishni о‘rnatishga xarakat qilib, yana yangidan sо‘rov jо‘natadi. Agarda server xabarni yetkaza olmasa, u holda u jо‘natuvchiga xatosi haqida hisobot xabarini jо‘natadi va ulanishni uzadi. Xabarni uzatish muvaffaqiyatli tugaganidan sо‘ng, uzatilgan xabar server buferida saqlanib qoladi.
Vaholanki xohishiy protokolda muloqotdagi qismlar о‘rtasida axborot almashuvi bor deb bilinadi, yaʻni axborotlar ikki tomonga uzatiladi. Axborotlarni uzatishga mо‘ljallangan protokollar (pull protocols) xususan SMTP protokoli shu turga kiradi, mijoz serverga axborot uzatishning tashabbuskori bо‘ladi hamda axborotlarni qabul qilishga mо‘ljallangan (push protocols) protokollar mavjuddir va ularga NTTR, ROR3 va IMAR kiradi, shuningdek mijoz serverdan axborotlarni olishga tashabbuskor bо‘ladi.
|
| |