• HTML-sahifa
  • 17-ma’ruza Mavzu: tarmoq xizmatlari reja




    Download 382,01 Kb.
    bet6/13
    Sana15.02.2024
    Hajmi382,01 Kb.
    #157158
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    17-ma’ruza Mavzu tarmoq xizmatlari reja

    Veb- va HTML-sahifalar. Internet orqali ulangan million kompyuterlar, tasavvur qilib bо‘lmaydigan darajada kо‘p axborotlarni veb-sahifa kо‘rinishida saqlamoqda.
    Veb-sahifa yoki veb-hujjat, odatda asosiy HTML-fayldan va boshqa birqancha boshqa turdagi obyektlarga murojaatdan tashkil topgan: JPEG- yoki GIF-tasvirlar, boshqa HTML-fayllar, audio- yoki videofayllar.
    HTML-sahifa yoki HTML-fayl, yoki gipermatnli sahifa HTML (Hyper Text Markup Language – gipermatnni belgilash tili) tilida yozilgan matndan tashkil topadi. Bu tilning paydo bо‘lish tarixi dasturchilarning dasturchilar uchun sahifalarni dastur yordamida ekranda kо‘rishga betlarni chiroyli bezash, yg‘ish, jihozlashlarni yaratish imkonini beruvchi vositani yaratish bilan bog‘liqdir. Boshqacha sо‘z bilan aytganda, ekranda chiroyli suratlar faqat maxsus dasturni havola qilingandagina paydo bо‘ladi, ular dastlabki holatida kо‘p xizmat belgili bir xil matndan iborat. Turli xil о‘lchamlarga keltirish usullarini ishlatish о‘rniga, masalan, katta shirift bilan sarlavhani ajratish, muhim xulosalarni qalin chiziq bilan ajratishlar о‘rniga, bu turdagi tilda hujjat yaratuvchi matnni ushbu qismi ekranda u yoki bu holda ajratib kо‘rsatilishi kerakligi haqida faqat matnga tegishli kо‘rsatma joylashtiradi. Matndagi xizmatchi belgilar quyidagicha kо‘rinadi, masalan, kabi (matnni yarim quyuq bosmada chiqarishni boshlash va tugatish) va ularni teglar deb ataladi. HTML tili matnni belgilashning birinchi tili emas, undan oldingi tillar veb-xizmatlar paydo bо‘lmasdan ancha oldin yaratilgan, masalan, OS UNIX birinchi versiyalarida troff (bu til yordamida UNIX elektron hujjatlarining sahifalari formatlangan, man-sahifalari kabi tanilgan) tili mavjud edi.
    HTML tiliga buyruq va kо‘rsatgichlarning turli teglari kiritilgan, shu jumladan matnga joylash uchun tasvirlangan (teg  img src = ‘-‘). HTML-sahifalar dasturchi о‘ylaganiday kо‘rinishi uchun uni maxsus HTML tilini natijalarini havola qila oladigan dastur orqali ekranga chiqarish kerak. Bunday til eslatib о‘tilgan veb-brauzer bо‘ladi.
    Tegning maxsus turi mavjuh, u quyidagi kо‘rinishga ega va u gipermurojaat deb ataladi. Gipermatn о‘zida veb-sahifa yoki obyekt haqidagi axborotlardan tashkil topadi, u о‘sha kompyuterda ham bо‘lishi mumkun va Internetning boshqa kompyuterlarida ham bо‘lishi mumkin. Giper murojatning boshqa teglardan farqi quyidagidan iborat, u orqali bayon qilinadigan element avtomatik ravishda ekranda paydo bо‘lmaydi, buning о‘rniga tegning joyida (gipermatnni) ba’zi shartli tasvirlar chiqariladi yoki ma’lum shaklda ajratilgan ma’tin – gipermatn nomi. Bu gipermurojar kо‘rsatayotgan obyektga ega bо‘lish uchun foydalanuvchi unga sichqonchani kо‘rsatgichini tо‘g‘rilab tugmasini bosishi kerak, shu bilan brauzerga kerakli sahifa yoki obyektni topib ekranga chiqarish buyrug‘ini bergan bо‘ladi. Yangi veb-sahifa yuklanib bо‘lgach foydalanuvchi boshqa gipermurojaatga о‘tishi mumkin, bunday “veb-serfing (sirpanish)” nazariy jihatdan xohlagancha davom etishi mumkin. Bu vaqt davomida veb-brauzer gipermurojaatda kо‘rsatilgan sahifalarni topadi va ekranga axborotni bu sahifalarni loyihalashtiruvchilar yaratgan kо‘rinishda ekranga chiqarib beradi.
    URL. Brauzer veb-sahifalarni va alohida obyektlarni maxsus о‘lchamli manzillar bо‘yicha topadi, uni URL deb nomlanadi (Uniform Resource Locator – unifitsirovanniy ukazatel resursa - unifikatsiyalashtirilgan resursni kо‘rsatuvchi). URL-manzil quyidagicha kо‘rinishi mumkin, masalan, http://www.Iroda.co.uk /books/books.htm.
    URL-manzilni uch qismga ajratish mumkin.
    1.Ega bо‘lish protokolining turi. NTTR dan tashqari bu yerda boshqa protokollar ham kо‘rsatilishi mumkin, masalan, FTP, telnet, ular shuningdek fayllarga yoki kompyuterlarga masofaviy ega bо‘lishni amalga oshirishga imkon beradi. Shunga qaramay veb-sahifalarga ega bо‘lishning asosiy protokoli bо‘lib NTTR xizmat qiladi (bizning misoldagidek).
    2.DNS-server nomi. Server nomi, unda kerakli sahifa saqlanadi. Bizning misolimizda – bu www.Iroda.co.uk.
    3.Obyektga yо‘l. Odatda bu veb-serverning katalogiga nisbatan faylning takillashtirilgan nomi (obyektni), sukut saqlash bо‘yicha taklif etiladigan. Bizning misola asosiy katalog books/books.htm. bо‘lib xizmat qiladi. Faylni kengaytirishi bо‘yicha biz bu HTML-fayli ekanligi haqida xulosa qila olamiz.

    Download 382,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 382,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    17-ma’ruza Mavzu: tarmoq xizmatlari reja

    Download 382,01 Kb.