7
boshlagan. O‘zbekistonda “O‘zbektelekom” AK “UZCLOUD” maʻlumotlarni qayta
ishlash markazini ishga tushirilgan.
“O‘zbektelekom” AK tomonidan ishga tushirilgan “UZCLOUD” maʻlumotlarni
qayta ishlash markazi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 2015-yil
6-martdagi “2015-2019 yillarda yo‘l-transport infratuzilmasini va muxandislik
kommunikatsiyalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” dagi
PQ-2313 son Qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot –
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha
chora
tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori. 19.02.2018y. №Pq-5349 son Qaroriga muvofiq amalga
oshirilgan.
Loyiha bo‘yicha jami Toshkent, Buxoro va Qo‘qon shaxarlarida Maʻlumotlarni
qayta ishlash va saqlash markazlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
Hozirgi vaqtda Toshkent shahrida Maʻlumotlarni qayta ishlash va saqlash
markazini tashkil etish ishlari amalga oshirilgan. Mazkur loyihadan maqsad
Maʻlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi resurslariga o‘sib borayotgan talabning
qondirilishi, texnik imkoniyatlarning kengaytirilishi,
shuningdek, bulutli hisoblash
bazasida yangi xizmatlarni taqdim etish bo‘lib hisoblanadi.
Loyiha doirasida bulutli biznesni boshqarishga mo‘ljallangan ActivePlatfom
dasturiy platforma joriy etilgan.
ActivePlatfom innovatsion dizayni AT-servislari va Internet buyumlar
sohasidagi servislarni boshqarish imkonini beradi. Bulutli
servis xizmatlari barcha
turlarini ilg‘or texnologiyalar bilan taqdim etish uchun yagona platformaning joriy
etilishi yangi maʻlumotlarni qayta ishlash markaziga mahsulotlar portfelining
diversifikatsiyasi imkoniyatlari va «O‘zbektelekom» kompaniyasining bozordagi
so‘zsiz ustunligini taʻminlaydigan keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Data-markaz joriy konfiguratsiyasi 160
bleyd-server, 1 petabayt sig‘imli
maʻlumotlar saqlash ombori bilan kelajakda 10 petabaytgacha serverlar sonining
kengaytirish imkoniyatini taqdim etadi.
8
MQIM (maʻlumotlarni qayta ishlash markazining) ishonchliligi darajasi Uptime
Institute klassifikatsiyasi bo‘yicha Tier III xalqaro tizimiga muvofiq keladi, yaʻni
MQIM infrastrukturasining rezervlanishi «N+1» formulasi bo‘yicha taʻminlanadi,
bunda ishonchlilik koyeffitsiyenti 99.982(%) foizni tashkil etadi. Bu data-markazi
barcha muhandislik tizimostilaridan rezervlanish imkoniyatiga
egaligini anglatadi va
MQIM ishlarini to‘xtatmasdan taʻmirlash-profilaktika ishlarini amalga oshirishga
imkon beradi.
Yangi O‘zbektelekom MQIM mijozlariga bulutli servislar orasida VPS “Virtual
server” xizmatini taqdim etishga tayyor. Mijozlar “bulutda” xususiy infrastrukturani
yaratish va tunu kun jaxonning istalgan nuqtasida to‘liq izolyatsiyalangan avtonom
infrastrukturaga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun bulutli platforma yordamida
MQIM hisoblash quvvatini ijaraga olishlari mumkin.
Bundan
tashqari, UZCLOUD mijozlari tadbirkorlarga Internet tarmog‘i
vositasida biznesni rivojlantirish imkonini taqdim etadigan veb-hosting xizmatidan
foydalanishlari mumkin.
“O‘ZBEKTELEKOM” AK uchun O‘zbekistonda MQIM qurish loyihasi to‘liq
Huawei kompaniyasi (infrastruktura, server uskunalari, virtualizatsiya tizimi) bilan
hamkorlikda amalga oshirilgan birinchi bulutli data-markaz bo‘lib hisoblanadi.
Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng “O‘zbektelekom” AK davlat tashkilotlari va
yirik korporativ mijozlar, shuningdek, xususiy shaxslar uchun xizmatlar, shuningdek,
biznes doirasini kengaytirib, zamonaviy AKT xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga
ega bo‘ladi.
Kerakli fayllarni axborot tashuvchi qurilmalar – disketa, kompakt-disk, fleshka
va tashqi
xard-disklardan tashqari, hozirda «bulutli» servislarda saqlash kengroq
tarqalmoqda. Bu turdagi keng tarqalgan xizmatlar – Yandeks.Disk, Google Drive,
Dropbox kabilardan xabaringiz bor. Bu kabi xizmatlarning o‘zbekcha versiyalari ham
mahalliy dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u FileCloud.uz servisidir.