• II BOB. BULUTLI TEXNOLOGIYALAR XIZMATLARINI TAQDIM ETUVCHILAR 2.1. Bulutli infrastrukturani modellashtirish
  • Akt sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/58
    Sana15.05.2024
    Hajmi3,33 Mb.
    #236268
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
    Bog'liq
    BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

     
     


    57 
    Nazorat savollari:
     
    1.
    Bulut texnologiyasi tushunchasi ? 
    2.
    Bulut texnologiyasining rivojlanishi
    3.
    O‘zbekistonda buluttexnologiyasining joriy etilishi 
    4.
    Bulutli infrastruktura taqdim etadigan xizmatlar 
    5.
    Bulutli hisoblash tushunchasi
    6.
    Bulutli hisoblash ta’riflari
    7.
    Jahon miqyosida bulutli hisoblash rivojlanishi 
    8.
    MQIM larinig ish jarayonlari tahlili 
    9.
    Bulutli hisoblashlar ekotizimi haqida tushuncha bering? 
    10.
    Bulutli ekotizim tasniflanishi? 
    11.
    bulutli ekotizimdagi qatnashchilarning o‘zaro taʻsirlashuvlari 
    12.
    Bulutli piramida tushunchasi 
    13.
    Bulutli texnologiyalardan foydalanishda afzalliklari 
    14.
    Bulutli texnologiyalardan foydalanishda kamchiliklari 
    15.
    Bulutli texnologiya xususiyatlari 
    16.
    Bulut affealligi va kamchiligi 
    17.
    Bulutli tizimlar tomonidan taqdim etilgan xizmatlar 
    18.
    Bulut taqdim etgan xizmatlar imkoniyatlari 
    19.
    Dropbox xizmatiga registratsiya qilish 
    20.
    Dropbox xizmati veb-interfeysi tushuntirib bering 
    21.
    Amazon web-services taqdim etiluvchi web xizmatlar 
    22.
    Bulutli konfiguratsiya ushunchasi 
    23.
    Maʻlumotlarga ishlov berish markazi resurslaridan foydalanishda apparat va 
    dasturiy taʻminotlarni tushunchasi 


    58 
    II BOB. BULUTLI TEXNOLOGIYALAR XIZMATLARINI TAQDIM 
    ETUVCHILAR 
    2.1. Bulutli infrastrukturani modellashtirish 
    Bulutli infrastrukturani modellashtirish. Imitatsion yondashuvlar 
    Murakkab tizimlarni o‘rganishda imitatsiya modellari keng qo‘llaniladi. 
    Imitatsiya modellari iqtisodiyotning turli sohalarida, aviatsiya, temir yo‘l transporti, 
    metallurgiya, neft qazib olish, kema qurish va boshqalarda qo‘llaniladi.
    Imitatsiya - bu model dasturini hisoblash muhiti modeli doirasida amalga 
    oshirish uchun yondashuvdir. Imitatsiya jarayoni tizimning qolgan qismidan 
    abstraktlashgan maʻlum bir qismini modellashtirishga eʻtibor qaratishga imkon beradi. 
    Bunday yondashuv turli xil platformalar va eksperimental sharoitlarda keng ko‘lamli 
    takrorlanadigan natijalarga erishishga imkon beradi, bu esa o‘zgaruvchan sharoitlarda 
    taqsimlangan hisoblash tarmog‘i xatti-harakatlarini baholashga, va shu asosda, 
    oqimlarini boshqarish strategik vazifasini optimallashtirishga imkon beradi. Ushbu 
    yondashuvning asosiy ustunligi - bu tizimning moslashuvchanligi, chunki dastur va 
    hisoblash muhiti modellar bo‘lib, eksperimental sharoitlarni osongina o‘zgartirish 
    mumkin. Salbiy tomoni rivojlanayotgan dastur modellari va hisoblash muhiti juda 
    murakkabligidir. Imitatsiya vositalarining misollaridan GridSim , SimGrid , CloudSim
    va boshqalar. 
    Imitatsiya modellarini ishlab chiqishda maxsus modellashtirish tillari va 
    foydalanuvchining grafik interfeysidan foydalanishga asoslangan dasturiy vositalar 
    qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda bozorda turli xil ixtisoslashtirilgan imitatsion 
    modellashtirish vositalari mavjud, masalan, GPSS World, Arena, Extend va boshqalar. 
    Imitatsion modellashtirishni yaratishning maxsus muhitlaridan tashqari uni 
    yaratishning C, C ++, Paskal, BASIC va boshqa universal dasturlash tillaridan 
    foydalanishga asoslangan usuli ham mavjud. Ushbu usulning afzalligi shundaki, 
    maxsus modellash vositalaridan tashqari umumiy maqsadli dasturlash tilining 
    imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, dasturlash tili modellash 


    59 
    vositasiga birlashtirilishi mumkin, masalan, AnyLogic Java dasturlash tilini 
    birlashtiradi. Ushbu tillar yordamida imitatsiya maqsadlari uchun funksiyalar va 
    protseduralarning (sinflarning) maxsus kutubxonalari ishlab chiqilgan. 
    Imitatsion modellarni amalga oshirishni ishlab chiqish uchun Paskal tilining 
    protseduralar va funksiyalar kutubxonalaridan foydalanish taklif etilgan. maqolalarda 
    Windows va UNIX kabi operatsion tizimlarda amalga oshirish uchun, S tili 
    funksiyalarining platformalararo kutubxonasi ko‘rib chiqilgan. 
    Oxirgi yillarda Internet tarmog‘idan foydalanishga yo‘naltirilgan va allaqachon 
    taqsimlangan hisoblash texnologiyalarining rivoji sifatida maʻlum bo‘lgan, bulutli 
    hisoblashlar deb ataladigan texnologiyaning rivojlanishi kirib keldi. hisobotda 
    imitatsion modellashtirish muhitining rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, “bulutli” 
    hisoblash texnologiyalarida qo‘llaniladigan mavjud imitatsion modellashtirish amalga 
    oshirish amaliyotlari o‘rganilgan. Xususan, da GPSS-server deb nomlanuvchi GPSS 
    World-ning bir yoki bir nechta nusxasini uzoq serverda boshqarishi mumkin bo‘lgan 
    amaliyoti ko‘rib chiqilgan. Hamda servisga yo‘naltirilgan arxitekturaga asoslangan 
    modellashtirishning tizimli shinalar texnologiyasi taqdim etilgan. Perspektiv 
    yondashuv GPSS Cloud deb ataladigan “bulut” modelini yaratishning aniq meʻyoriga 
    asoslangan. Aslida, ko‘rib chiqilgan “bulutli” imitatsiya muhiti GPSS tiliga 
    yo‘naltirilgan. 
    “Bulut” imitatsiya muhitida maxsus modellash tillaridan foydalanishga 
    qo‘shimcha ravishda universal dasturlash tillarining xususiyatlari bilan tavsiflangan 
    Java tilidan foydalanish qulay. “Bulut” hisoblash uchun Java tilidan foydalanish bir 
    nechta afzalliklarga ega: 
    - Java tili, aslida, Internet uchun maxsus til bo‘lib, maxsus xavfsizlik modellariga 
    ega; 
    - Java tilidagi ilovalar server tarafidagi servlet ilovalarida ishlatilishi mumkin, 
    xuddi mijoz tomonida veb-brauzer-applet ilovalari (appletlardan foydalanish xuddi 
    AnyLogic muhitida imitatsion modellashtirishni amalga oshirganidek bajariladi) 


    60 
    ishlatilganidek; mobil qurilmalar uchun odatiy ish stoli ilovalari va ilovalar yaratish 
    ham mumkin; 
    - Java tili platformalar o‘rtasida bo‘lib, ilovalar Windows platformasida ham, 
    Linux operatsion tizimlarining turli muhitida ham ishlaydi. 
    Java tili ko‘p oqimli mexanizmlarni va obʻektga yo‘naltirilgan tillarning boshqa 
    zamonaviy xususiyatlarini (istisnolarni qayta ishlash, grafik kutubxonalar, 
    komponentlar modeli va x.k.) qo‘llab-quvvatlaydi. 
    Imitatsion modellashtirish uchun Java tilining sinflar kutubxonasini umumiy 
    ko‘rib chiqish. Java tilining sinflar kutubxonasi diskret vokealarni modellashtirishga 
    yo‘naltirilgan bo‘lib, obʻektga yo‘naltirilgan yondoshuvdan foydalanib, Paskalning 
    protsedura va funksiyalari [ hamda S tilining funksiyalari bilan bir xil algoritmlarni 
    amalga oshiradi. Kutubxona sinflarining asosiy usullari ko‘p jixatdan GPSS tili 
    operatorlariga o‘xshash. Kutubxonalar sinflari SIMJava nomli bitta to‘plamga 
    kiritilgan. Sinf kutubxonasidan foydalanish uchun JDK SE (Java Development Kit 
    Standard Edition) dasturiy to‘plamining kompyuterda 6 yoki undan yuqori versiyaga 
    o‘rnatilgan bo‘lishi kifoya. Qulaylik uchun siz integratsiyalashgan ishlab chiqish 
    muhitlaridan biridan foydalanish mumkin: Eclipse, NetBeans IDE va boshqalar. 
    Modeldagi asosiy obʻektlar quyidagi sinflar obʻektlari sifatida yaratilgan: 
    Queue — modelda navbatlar vazifasi uchun sinf; 
    Facility — bir kanalli qurilmalar vazifasi uchun sinf; 
    Storage — ko‘pkanalli qurilmalar vazifasi uchun sinf; 
    Histogram — gistogrammani taqdim qilish uchun sinf; 
    Transact — modelda dinamik obʻektlar tranzaksiyalari vazifasi uchun sinf; 
    Rand — tasodifiy miqdorli generatorlarni aniqlash uchun sinf;
    Syst — “model” obʻektini yaratish uchun sinf, har qanday imitatsiya modeli 
    ushbu sinfning obʻektini yoki boshlang‘ich sinf obʻektini yaratishi kerak; sinf asosiy 
    tizim usullarini o‘z ichiga oladi va shuningdek, modelni ishlatish uchun alohida oqimni 


    61 
    qo‘llab-quvvatlaydi; sinf imitatsiya natijalarini ham faylga, ham oynaga yoki applet 
    tipidagi konteynerga chiqarish usullarni o‘z ichiga oladi. 
    Kutubxonada turli obʻektlarning ro‘yxatini tuzish uchun yordamchi sinflar ham 
    mavjud: ListF — birkanalli qurilmalar ro‘yxati; ListS — ko‘pkanalli qurilmalar 
    ro‘yxati; ListQ — navbatlar ro‘yxati; ListH — gistogrammalar ro‘yxati; ListT — 
    tranzaktlar ro‘yxati va yana bir kancha sinflar. 
    Bulutli hisoblash tizimlarini imitatsiyasilashga umumiy nazar. 
    Hozirgi kunda katta miqdorda taqsimlangan tizimlarning xatti-harakatlarini 
    o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda va ushbu tadqiqotlar 
    uchun dasturiy taʻminot ishlab chiqilmoqda. Bunday dasturiy taʻminotlarning 
    misollaridan GridSim, SimGrid va CloudSim lar mavjud. Birinchi ikkita yechim grid 
    tizimlarini modellashtirishga qaratilgan bo‘lsa-da, CloudSim cloud computing 
    tizimlarini modellashti-rishga qaratilgan bir nechta platformalardandir. 
    Shuni taʻkidlash kerakki, grid tizimlarini modellashtirish muhiti juda katta bulutli 
    hisoblash tizimlarining modellarini yaratish uchun mos yechim hisoblanadi. 
    Biroq, virtualizatsiya ayrim bulutli tizimlarni bulutli resurslar, xizmatlar, ilovalar 
    yuklanishi va boshqalarni zaxiralash muhim rol o‘ynaydigan kichik test stansiyalarida 
    tarqatish imkonini beradi. 
    Shuning uchun, bulutli hisoblash tizimlarining batafsil modellari-ni yaratish, 
    bulut hisoblash tizimlarini modellashtirish uchun bevosita ishlab chiqilgan dasturlardan 
    foydalanish kerak. 
    Modellashtirish va imitatsiya qiluvchi platformalar 

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akt sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish