• Elektron hukumatning asosiy vazifalari
  • Akt sohasida kasb ta’limi” fakulteti




    Download 2,75 Mb.
    bet14/14
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,75 Mb.
    #248906
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Nodir

    Dars haqida qisqacha:
    Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash yo’li bilan davlat xizmatlari ko’rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
    Elektron hukumatning asosiy vazifalari
    Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    - davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo’shimcha mexanizmlarini yaratish;
    - ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o’zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo’yicha imkoniyatlar yaratish;
    - o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reestrini shakllantirish;
    - aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o’zaro hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari o’rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida «bir darcha» prinsipini joriy etish;
    - tadbirkorlik sub’ektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o’tkazish;
    - tadbirkorlik sub’ektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog’i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to’lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;
    - naqd bo’lmagan elektron to’lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish.

    Xulosa
    Kompyuter savdoxonligi yo’nalishi, savdoxonlikning kompyuter va IT texnologiyalari yordamida boshqarishini o’rganishga yo’naltirilgan o’quv yo’nalishidir. Bu yo’nalish o’quvchilarga savdoxonlik tizimlarini tashkil etish, mahsulotlarni boshqarish, savdoxonlik statistikasini tahlil qilish, ma’lumotlar analizini amalga oshirish, xaridorlarga xizmat ko’rsatish va boshqalar kabi jarayonlarda ko’nikmalar beradi.
    O’quvchilar bu yo’nalishda kompyuter dasturlash tillarini o’rganish, ma’lumotlar bazalari va analitika vositalarini ishlatish, savdoxonlik jarayonlarini avtomatlashtirish va optimallashtirish, tashkilotning savdoxonlik faoliyatida muvaffaqiyatli bo’lishish uchun kerak bo’lgan qo’llanmalarni o’rganishadi.
    O’quv markazida o’tkazilgan amaliyotlar o’quvchilarga amaliyotiy tajriba olish imkoniyatini beradi. Ular o’quvchilarga real hayotda savdoxonlik muammolarini hal qilish, kompyuter dasturlarini ishlatish, ma’lumot analizi va tahlilini amalga oshirish, savdoxonlik sohasida xaridorlarga xizmat ko’rsatish va boshqalar kabi jarayonlarda amaliyotiy bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
    Umuman olganda, kompyuter savdoxonligi yo’nalishida o’tkazilgan amaliyotlar, o’quvchilarga kompyuter savdoxonligi sohasidagi amaliyotiy tajribaga ega bo’lish va ularni sohasida muvaffaqiyatli bo‘lishlari uchun tayyorlash maqsadini o’z ichiga oladi.Shuni ham takidlab otishim joyizki ,komyuter savodxonligi hozirgi zamon va odamlar uchun juda kerak yonilish bo’lib qolmoqda.Mening fikirmcha bunday o’quv amaliyotini keng qamrovli va ko’paytirish kerak deb oylayaman chunki bu ishni amlaga oshirish xalqimizni komyuter savodxonligini yaxshilanishiga sabab bo’lafdi. Bu esa xalqimizni hozirgi zamondagi har xil aldov va firibgarliklarni oldini olishga asosiy sabab bo’la oladi.
    Download 2,75 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 2,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akt sohasida kasb ta’limi” fakulteti

    Download 2,75 Mb.