Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.org
29-to’plam mart 2024
310
1.
Yuridik shaxs aktivlarining realizatsion qiymati kreditorlarning qarzini
qoplash uchun yetarli.
2.
Yuridik shaxs aktivlarining realizatsion qiymati
kreditorlar talabini
qondira olmaydi va ular o‘zlariga tegishi mumkin bo‘lgan
ulushining bir
qismini oladi.
3.
Yuridik shaxs aktivlari realizatsion qiymati qarzlardan ancha ko‘p va
u qarzlarni to‘laligicha yopish uchun yetarli.
Shunday qilib, korxona faoliyatining uzluksizligi
tamoyilini uzoq muddatli
aktivlar buxgalteriya hisobiga tatbiq etib, quyidagicha ifodalash mumkin: faoliyat olib
borayotgan korxonaning uzoq muddatli aktivlari balans qiymati (dastlabki,
joriy
tiklanuvchi, joriy bozor, qoldiq baholari)da baholanadi. Korxona faoliyati to‘xtatilib
oraliq tugatish balansi tuzilayotganda, uzoq muddatli aktivlarni baholash realizatsion
qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobotlarni
tuzish tartibining
kontseptual asosiga ko‘ra, hisoblash tamoyili korxona xo‘jalik faoliyatining ma’lum
bir davrini tavsiflaydi, ya’ni sodir etilgan xo‘jalik operatsiyalari pul mablag‘larining
to‘langan yoki olingan paytiga emas balki aynan o‘sha tavsiflangan davriga taalluqli,
deb tan olinadi. Shunday qilib, hisoblash tamoyili- bu buxgalteriya hisobida bo‘lib
o‘tgan xo‘jalik operatsiyalarini mazkur hisobot davrida
tan olish lozim ekanligini
e’tirof etish, demakdir. Shuning uchun korxona foaliyati tugatilayotganda, aktivlarni
sotish bahosi ularni sotishdan olinadigan daromadlarni hisoblash imkonini beradi.
Moliyaviy hisobning xalqaro andozalarida mazkur tamoyil kengroq talqin
etiladi. Mazkur tamoyilning 4 ta tarkibiy qismlarini ajratish mumkin: