Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.org
29-to’plam mart 2024
308
XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA UZOQ MUDDATLI
AKTIVLARNI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA
TAKOMILLASHTIRISH
Eshonqulob Azamat Abdiraximovich
TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o’qituvchi, i.f.f.d.
Abdimurodov Baxrom Ochilovich
mustaqil izlanuvchi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizdagi mulkiy munosabatlarning yangi
tamoyillar asosida o‘zgarishi buxgalteriya hisobi qoidalarini takomillashtirish
zaruratini keltirib chiqardi. Yangi tamoyillar hozirgi
iqtisodiyotimiz modeliga
asoslangan bo‘lishi, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan hamda
xalqaro buxgalteriya hisobi andozalariga javob berishi lozim. 13.04.2016 yildagi
O‘RQ-404-son Qonun bilan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” Qonunga o‘zgartirishlar
va qo‘shimchalar
kiritildi, uning yangi tahriri tasqdilandi. Ushbu qabul qilingan
qonunning 10-moddasiga muvofiq “Buxgalteriya hisobi sub’ektlariga
moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlarini (MHXS) qo‘llash huquqi taqdim etildi”.
Buxgalteriya hisobini xalqaro printsiplar va standartlarga muvofiq me’yoriy-
huquqiy xujjatlarini yangi normalar asosida tartibga solishni takomillashtirish borasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora
tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2021 yil 1
yanvardan boshlab,
aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, soliq to‘lovchilar
toifasiga kiruvchi korxonalar o‘z hisobotlarini moliyaviy
hisobotning xalqaro
standartlari (MHXS)ga muvofiq taqdim etishi belgilangan. 1-son MHXS da
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari -bu moliyaviy hisobotning xalqaro
sandartlari qumitasi tomonidan qabul qilingan standartlar va interpretatsiyalardir” deb