|
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillariBog'liq 308-312Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.org
29-to’plam mart 2024
309
ta’rif berilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro andozalarga kiritilgan tamoyillarning
sezilarli qismi bizning mamlakatimiz tomonidan qabul qilingan kontseptual tizimga
mos keladi.
Xalqaro buxgalteriya hisobi andozalarida quyidagi asosiy qoidalar belgilab
qo‘yilgan:
O‘zbekiston Respublikasi milliy buxgalteriya hisobi andozalarida buxgalteriya
hisobining to‘rtta asosiy tamoyillari shakllantirilgan. Buxgalteriya hisobining ko‘plab
tamoyillaridan uzoq muddatli aktivlarni hisobga oladigan, shuningdek, hisobni
yuritishning usullari va uslubiyatini shakllantiradigan tamoyillarini ajratib olish muhim
vazifa bo‘lib qolmoqda. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olish tamoyillari keltirilgan.
Bizning fikrimizcha, yuqorida bayon qilingan fikrlar uzoq muddatli aktivlar tarkibini
moliyaviy hisobotning xalqaro andozalari talablariga ko‘ra, uyg‘unlashtirishga
ko‘maklashadi.
Uzoq muddatli aktivlar korxona faoliyatida ishtirok etadigan muhim
iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida
mazkur iqtisodiy kategoriya yetarlicha chuqur o‘rganilmagan. Shuning uchun uning
toifalarini aniqlovchi asosiy tavsiflarni har tomonlama ko‘rib chiqish zarur. Shuni
ta’kidlash lozimki, mazkur tadqiqotlar uzoq muddatli aktivlarning ayrim nazariy
masalalarini aniq bir xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga tadbiq etishga
qaratilgan.
O‘z faoliyatini tugatayotgan korxona uchun uzoq muddatliaktivlarni
baholashda realizatsion qiymat usuli qo‘llanishi foydali. Bunda quyidagi
|
| |