|
Al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti
|
bet | 1/4 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 273,05 Kb. | | #243840 |
Bog'liq shahobiddinmi8v
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD
AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
Diskret tuzilmalar fanidan
Mustaqil ish
Guruhi: 014-23 SIMo‘
Bajardi : FAXRIDDINOV SHAHOBIDDIN
Toshkent – 2024
Mavzu: To‘plamlarda akslantirish (obraz, proobraz). Chekli to‘plamlar uchun akslantirish xossalari.
REJA:
Kirish.
Asosiy qisim.
Xulosa.
Foydalanilgan adobiyotlar.
Kirish.
Ushbu mavzuda akslantirish, ya’ni funktsiya tushunchalari ham kiritiladi. Zamonaviy dasturlash tillarida funktsiyalar juda keng qo’llaniladi. Ular bizga qism dasturlarni alohida ajratib hisoblash imkoniyatini beradi. Ba’zi dasturlash tillarida birmuncha ko’p uchraydigan sinx, logx, |x| kabi funktsiyalar uchun maxsus bazalar mavjud. Funktsional dasturlash tillarida sodda funktsiyalardan foydalanib, murakkab funktsiyalarni tadqiq qilish uchun biz funktsiyalar kompozitsiyalarini yaxshi bilishimiz kerak bo’ladi. Ushbu bobning amaliy tadbiqi sifatida funktsiyalar kompozitsiyalarini hisoblashni o’rganib chiqamiz.
X va Y ixtiyoriy to‘plamlar bo‘lsin. Agar ma’lum bir f qoida bo‘yicha X to‘plamning har bir elementiga Y to‘plamning faqat bir elementi mos qo‘yilgan bo‘lsa, u holda bu moslikka X to‘plamda aniqlanib, qiymatlari Y to‘plamiga tegishli bo‘lgan akslantirish deyiladi va u f : X → Y ko‘rinishda yoziladi.
Ta’rif 1. Agar biror X to’plamning har bir x elementiga qandaydir qonuniyat bo’yicha yagona f (x) ob’yekt mos qo’yilgan bo’lsa, bu f moslik
Tа’rif 2. f A B munosabat funktsiya yoki A to‘plamdan B to‘plamga akslantirish deyiladi, agarda quyidagi shartlar bajarilsa:
1) Dl ( f ) A , Dr ( f ) B,
2) (x, y1) f , (x, y2) f ekanligidan y1 y2 ekanligi kelib chiqsa.
Funktsiya f :A B yoki Af B kabi belgilanadi, agar (x, y) f bo‘lsa, u holda y f (x) kabi yoziladi va f funktsiya x elementga y elementni mos
o‘yadi deb gapiriladi. y B elementga x elementning tasviri, x A elementga y ning asli deyiladi.
Agar Dl ( f ) A bo`lsa, f funktsiya qismiy funktsiya deyiladi.
|
| |