|
Al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
|
bet | 1/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #241660 |
Bog'liq baxtiyor
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Optik aloqa tizimlari
Mustaqil ish
Guruh: 412-21
Bajardi: Ismoilov Baxtiyor
Tekshirdi: Muradova Alevtina
Toshkent 2024
Mavzu: Optik regenerator va optik kuchaytirgich. Ulardan foydalanish.
Reja:
1. Optik regenerator va optik kuchaytirgich haqida umumiy ma’lumotlar
2. Optik regeneratorlar
3. Optik kuchaytirgich va uning turlari.
4. Optik regenerator va optik kuchaytirgichning bir-biridan farqlari
5. Ulardan foydalanish.
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ko'p kanalli optik tizimlarni tuzish, shuningdek regeneratorlar orasidagi masofani uzaytirishga urinish optik kuchaytirgichlarni rivojlanishiga sabab bo'ldi. Optik kuchaytirgichlar nolga teng bo'lmagan sijigan dispersiyali bir modali NZDSF tolalarining afzalliklari tufayli qimmat regenerasiyalash tizimlarini qo'llamaslik imkonini yaratadi va optik tola bo'ylab uzatiladigan axborot xajmini keskin oshiradi.
Shuningdek, optik kuchaytirgichlarni ishi uzatish tezligiga bog'liq emas, regeneratorlarda esa aksincha. Optik kuchaytirgichlarni quyidagi asoslarda ishlab chiqarish mumkin:
- aralashma optik tolalar asosidagi kuchaytirgichlar,
- yorug'likning Raman sochilishiga asoslangan optik kuchaytirgichlar,
- yarim o'tkazgichli p-n o'tish asosidagi kuchaytirgichlar.
Optik kuchaytirgichlar quyidagicha belgilanadi va optik kuchaytirgichlar quyidagi parametrlar orqali aniqlanadi:
1. To'yinish quvvati Рt.chiq-maksimal chiqish quvvatini aniqlaydi.
Maksimal quvvat 36dBq (4 Vt)dan oshishi mumkin.
2. Kuchayish koeffitsienti:
g=10lg Ps.chiq/Ps.kir
bu erda, Рs.chiq- chiqish signalining quvvati;
Рs.kirish - kirish signalining quvvati
Kuchayish »40dB gacha etishi mumkin.
3. Shovqin-faktor NF kuchaytirgich kirishidagi signal/shovqin nisbatini chiqishdagi signal/shovqin nisbati orqali aniqlanadi:
NF=(Ps.kir/Pshov.kir)/(Ps.chiq/Pshov.chiq)
NF=5-6 dB.
|
| |