|
Tolali optik EDFA kuchaytirgichlari, ularning tuzilishi, ish prinsipi, xarakteristika va parametrlari
|
bet | 3/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #241660 |
Bog'liq baxtiyorTolali optik EDFA kuchaytirgichlari, ularning tuzilishi, ish prinsipi, xarakteristika va parametrlari
Bu turdagi optik kuchaytirgichlarda ularning ish xususiyatlarini belgilovchi yuqorida ko'rib o'tilgan majburiy nurlanish va energetik sathlarining teskari egallanganligi jarayonlari kvars shishasidan tayyorlangan optik tolani erbiy, prazeodiniy, tuliy kabi noyob yer elementlari atomlari bilan legirlash (kiritish) yo'li bilan hosil qilinadi.
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning ishlash prinsipi quyidagicha: kuchsiz, so'ngan optik signallar faqat bir yo'nalishda (chapdan-o'ngga) uzatishni ta'minlovchi (teskari yo'nalishda uzatmaydigan) optik izolyator orqali (2) optik filtrlar blokiga kelib tushadi (3). Filtrlar lazerga tashqi optik kuch berish (nakachka) chastotasida yorug'lik tarqalishini oldini oladi. So'ng optik signallar katushka ko'rinishida ishlangan taxminan 25-100 metrli aralashma tolali kabel kesimiga kelib tushadi (4). Tolaning bu uchastkasi qarama-qarshi tomonga o'rnatilgan yarim o'tkazgich lazerning (5) kuchli uzluksiz nurlanishiga uchraydi.
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning tuzilishi
Kuchaytirgichning aktiv sohasi o'zagi aralashmalar bilan legirlangan bir modali tola hisoblanadi. Aktiv sohaga tashqi lazer orqali optik kuch berilishidan erbiy aralashmasining uch sathli atom tizimi hosil bo'ladi
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning uch sathli atom tizimining energetik diagrammasi
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning xarakteristika va parametrlari
Kuchaytirish koeffisienti kirish signallarini amplitudasiga va to'lqin uzunligiga bog'liq. Kirish signallarining amplitudasi oshishi bilan kuchaytirish pasayadi va chiqishdagi signal to'yinishga intiladi
Kirish optik signallari quvvatining turli qiymatlarida kremniy asosidagi EDFA kuchaytirgichlarining kuchaytirish koeffitsienti
Kuchaytirgich kirishiga kuchaytirish uchun DWDM signallari berilgandagi chiqish quvvatining (signal va shoqin) egriligi: a) kremniy asosidagi kuchay tirgichlar (1540 nm oralig'ida signal shovqin nisbatini pasayishi kuzatiladi; b) ftor-sirkonat asosidagi kuchaytirgichlar
Optik kuchaytirgichlar vazifasiga qarab dastlabki, liniya va quvvat kuchaytirgichlariga bo' linadi.
Old, dastlabki kuchaytirgichlar regenerator kirishida o'rnatiladi va signal/shovqin nisbatini oshirishga yordam beradi. Juda kichik sahli (-45...-30 dBq) signallarni kuchaytirishga mo'ljallangan.
Liniyaviy kuchaytirgichlari signal buzilishlarini bartaraf etish zaruriyati bo'lmasa, regeneratorlar o'rnini bosishi mumkin.
Quvvat kuchaytirgichlari lazer uzatgichlarning chiqishida o'rnatiladi va oraliq kuchaytirish punktlari orasidagi masofani uzaytirishga yordam beradi. Optik kuchaytirgichlarni qo'llash usulari
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, optik kuchaytirgich signallarni kuchaytirib, uzoq masofalarga optik uzatishga imkon beradi. Ushbu maqolada uning funktsiyalari asoslari va keng tarqalgan ishlatiladigan ba'zi turlari keltirilgan. Siz optik kuchaytirgich haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
|
| |