|
Optik kuchaytirgichlarning ish prinsipi
|
bet | 2/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #241660 |
Bog'liq baxtiyorOptik kuchaytirgichlarning ish prinsipi
Ma'lumki, mikrozarralar - molekulalar, atomlar, ionlar, yadrolar va elektronlarning harakati kvant mexanikasi qonunlariga bo'ysunadi. Shu sababli bunday zarrachalar majmui kvant tizimlari deb ataladi.
Yarim o'tkazgichning energetik diagrammasi.
Agar kvant tizimiga tashqaridan ta'sir ko'rsatib, uni nomuvozanatli holatga o'tkazilsa, yuqorigi energetik sathlar quyi energetik sathlarga qaraganda ko'proq egallanib qolishi mumkin. Energetik sathlarning bunday egallanishi teskari egallanganlik yoki invers egallanganlik deb ataladi.
Spontan va majburiy o'tishlar
Yarim o'tkazgichli optik kuchaytirgichlar
Yarim o'tkazgichli lazer kuchaytirgichlar ikki kamchiligi tufayli keng tarqalmagan. Ularni yorug'lik nurlantiruvchi aktiv qatlami 1 mkm qalinlikka ega, bu esa yorug'lik oqimlarining katta qismini kirish tolasidan aktiv qatlamga tushishini chegaralaydi (bir modali tolalarning diametri 9 mkm). Natijada oqimlar yo'qoladi va foydali kuchaytirish koeffisienti kamayadi. Kirishdagi tola bilan aktiv qatlam orasida linzalar joylashtirib, kuchaytirgichning foydali kuchaytirish koeffisientini oshirish mumkin.
Shuningdek, yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlarning kuchaytirishi nurlanish qutblanishini yo'nalishiga bog'liq. Optik tolada qutblanishni nazorat qilishning iloji yo'qligi, bunday kuchaytirgichlarda 4-8 dB gacha yo'qotishlarga olib keladi. Shuning uchun yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlarni yorug'lik nurlanish manbalari bilan birgalikda ishlab chiqarilgandagina qo'llash kerak. Bu nurlanish quvvatini oshirish maqsadida qilinadi.
Raman optik kuchaytirgichlari
Bu turdagi optik kuchaytirgichning ish prinsipi katta quvvatli damlovchi yorug'lik to'lqinining optik tolaning nobirjinsliklaridagi sochilish chog'ida u bilan bir xil yoki qarama-qarshi yo'nalishda tarqalayotgan kuchsiz signal bilan o'zaro ta'sirlashuvidan foydalanishga asoslangan. Bunday ta'sirlashuv jarayonida signalning muayyan spektral diapozonning markazi damlovchi to'lqin chastotasi d ga nisbatan signal chastotasi s qadar siljigan bo'ladi: r=d - s
Raman kuchaytirgichning spektri
Raman optik kuchaytirgichda 1300 nmli optik signallarini kuchaytirish uchun 1060 nmli to'lqin uzunlikka ega bo'lgan lazerdan, to'lqin uzunligi 1550 nm li signallarni kuchaytirish uchun esa, 1320 yoki 1443 nm ga teng lazerlaridan foydalaniladi.
Bu turdagi kuchaytirgichlar etarli darajada keng polosali (5-10 TGs) bo'lsalarda, AChX notekisligi tufayli, ulardan qisqa davomiylikka ega bo'lgan optik impulьslarini kuchaytirish uchungina foydalanish mumkin. WDM tizimlarida kuchaytirish chog'ida amplitudaviy – chastotaviy xarakteristikasini tekislash talab etiladi.
Biroq keyingi vaqtda tarkibiga germaniy aralashmalari kiritilgan maxsus tolali yorug'lik uzatgichidan foydalanishga asoslangan yuqori samarali Raman kuchaytirgichlari ishlab chiqildi. Shu sababdan bu turdagi kuchaytirgichlar tolali optik uzatish tizimlarida foydalanish nuqtai nazardan borgan sari muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Jumladan erbiyli tolali kuchaytirgich va Raman kuchaytirgichlarining turli xil kombinasiyalaridan iborat duragay kuchaytirgichlarni yaratish va ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda.
|
| |