,7 –ma’ruzalar. 1. Mavzu: Dekart kŏpaytma. Funktsiya. Munosabat. Ekvivalentlik va tartib munosabatlari




Download 494 Kb.
bet6/16
Sana11.12.2023
Hajmi494 Kb.
#116213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Algebra va sonlar nazariyasi-1
KX 6,7,8 amaliy (FERANGIZ), 29.09, BMI 1, 2, QOBILIYATLAR. docx, Tarjima nazariyasi va adabiyoti test 4-kurs 2023 (2), Workshops history, таклифлар РИШТОН 1-сон, Mavzu Algebralar gomomorfizmi. Mundarija kirish-fayllar.org (1), Algebra. Algebralar gomomorfizmi. Gruppa va uning asosiy xossala-fayllar.org, EdCrunch Tomsk 2020, Yuridik Shaxslardan Olinadigan Mol-Mulk Solig~, 1-Mavzu — копия, 2-Mavzu

6,7 –ma’ruzalar.

1. Mavzu: Dekart kŏpaytma. Funktsiya. Munosabat. Ekvivalentlik va tartib munosabatlari.


2. Maqsad: Funktsiya va binar algebraik munosabatlarini muhim turlari xaqida tushuncha berish.
3. Metodik ta’minot:
a) adabiyot: [1] ( 18-23 , 28-33 b.b.), [2] (48-65 b.b.), b) ShEHM, proektor.
4. Reja:

  1. Tŏplamlarning dekart kŏpaytmasi.

  2. Funktsiya va uning turlari.

  3. Teskari funktsiya.

  4. Algebraik munosabatlar va binar munosabatlarning xossalari.

  5. Ekvivalentlik va tartib munosabatlari.

5. Mavzu bayoni.
5.1. Kirish. Funktsiya va algebraik munosabat algebraning asosiy tushunchalari deb hisoblanadilar. Ayrim adabiyotlarda algebraik munosabatlarni ta’rifini qism tŏplamlar yordamida kiritilgan [1,2]. Biz ushbu tushunchani funktsiyalar yordamida kiritamiz.
Ma’ruzada ishtirok etadigan barcha tŏplamlarni bŏsh emas deb faraz qilamiz. Uzunligi n ga teng bŏlgan (a1, a2 , …, an ) kortej deganda tartiblangan
{a1, a2 , …, an } tŏplamni tushunamiz. Masalan, (a1 , a2 ) juftlik uzunligi 2-ga teng bŏlgan kortej bŏlib , umuman aytganda (a1 , a2 ) (a2 ,a1) bŏladi.
5.2. Asosiy qism.
Tŏplamlarning dekart kŏpaytmasi.
Ta’rif. Chekli sondagi A1 , A2 , …, An tŏplamlar berilgan bŏlsin.
{ (a1 , a2 , …, an ) / (a1 A1 ) (a2 A2 ) (an  An)}
kŏrinishdagi uzunligi n ga teng bŏlgan kortejlar tŏplami A1 , A2 , …, An tŏplamlar-ning (tŏg’ri) dekart kŏpaytmasi deyiladi va u A1 A2 An orqali belgilanadi.
Masalan. A ={0,1,2,}, B ={0,3} bŏlsa, A B ={(0,0), (0,3),(1,0),(1,3),( 2,0),(2,3)} ,
B A ={(0,0), (0,1),(0,2),(3,0),( 3,1),(3,2)} bŏladi. Ushbu misol A B = B A bajaril- masligini kŏrsatayotir.
Agar A =A1 = A2 = …= An bŏlsa, u holda A1 A2 An dekart kŏpaytma A tŏplam n-ulchovli dekart kubi deyiladi va u An orqali belgilanadi (A2 dekart kvadrat ham deyiladi) .
An tŏplam elementlari n-ulchovli vektorlar deb yuritiladi.
Funktsiya va uning turlari.
Ta’rif. X , Y tŏplamlar berilgan bŏlsin. Agar ma’lum bir f qolda bŏyicha X tŏplamning har bir elementiga Y tŏplamning birgina elementi mos qŏyilgan bŏlsa, X tŏplam Y tŏplamga aks ettirilgan deyiladi va bu munosabat f : X Y shaklda yoziladi.
Ta’rifda ishtirok etgan f : X Y moslik X tŏplamda aniqlangan va qiymatlari Y tŏplamda bŏlgan funktsiya (yoki akslantirish) deb ataladi. f : X Y funktsiya yordamida x X elementiga u Y element mos quyilgan bŏlsa, u holda u ga x ni aksi (obrazi), x ga esa u ni asli (proobrazi) aytiladi va ushbu munosabat u= f(x) yoki x= f -1(u) kabi yoziladi.

Download 494 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 494 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



,7 –ma’ruzalar. 1. Mavzu: Dekart kŏpaytma. Funktsiya. Munosabat. Ekvivalentlik va tartib munosabatlari

Download 494 Kb.