|
Algoritmlarni loyihalash fanidan mustaqil ishi
|
bet | 1/10 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #254553 |
Bog'liq algoritm.MI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
Algoritm va matematik modellashtirish kafedrasi
ALGORITMLARNI LOYIHALASH FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
CAL002(130-21) guruh talabasi
Bajardi: Baxromova Dilnora.
Tekshirdi: Begimov O’ktam .
Toshkent – 2023
Mavzu: Graflarni eniga va bo’yiga aylanish(tekshirish)
Mundarija:
Kirish.
Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari.
Grafda o’tish eni bo’yicha qidiruv-BFS algoritmi.
Grafda o’tish bo’yi bo’yivha qidiruv-DFS algoritmi.
Floyd-Uorshell va Ford-Belmann algoritmlari
Xulosa.
Foydalanilga adabiyotlar.
Kirish
“Algoritmlar va ma‘lumotlar strukturalari” fanini o'zlashtirishning maqsadi dasturlashda ishlatiladigan ma'lumotlar tuzilmalarini, ularning spetsifikatsiyasi va amalga oshirilishini, ma'lumotlarni qayta ishlash algoritmlarini va ushbu algoritmlarni tahlil qilishni, algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarining o'zaro bogʻliqligini o'rganishdir.
Algoritmlar va ma‘lumotlar strukturalari fani har qanday dasturiy ta'minot tizimining asosidir: taqsimlangan tizimlar, mobil ilovalar, ma'lumotlar bazasi, veb-ilovalar. Ushbu kursda talaba kompyuter fanlari va dasturiy ta'minot muhandisligi sohasidagi barcha keyingi bilimlar uchun asos bo'lib xizmat qiladigan ma'lumotlar strukturalari va algoritmlarini o'zlashtiradi.
Fanni o‗qitishdan maqsad talabalarga algoritmlar va ma‘lumotlar strukturalari fanini yetarli darajada o‗qitish, shu bilimlarga tayangan holda tanlab olingan tilda amaliy masalalarni yechish uchun kerak boʻlgan algoritmlarni q oʻllashga oʻrgatish va ixtisoslik fanlarini o’zlashtirishda tayanch bilimlarga ega bo’lish.
Fanning vazifalariga algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalari rivojlanishiga asos bo'lgan asosiy nazariy tushunchalarni shakllantirish, ma'lumotlarning abstrakt turi (MAT) modeli (paradigmasi) yordamida murakkab (dinamik) ma'lumotlar tuzilmalarini qurish va ulardan foydalanish: spetsifikatsiya → taqdimot → amalga oshirish, asosiy sinflar haqida tushuncha va bilimlarni shakllantirish, algoritmlar (ma'lumotlarni qidirish, kodlash (siqish), tezkor qidirish, saralash), ularda ishlatiladigan ma'lumotlar tuzilmalari va ularga asoslangan masalalarni yechishning umumiy sxemalari, tanlangan tilda (C#, C/C++, Java, Python) odatiy algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarini va ularning modifikatsiyasini amalga oshirishga o'rgatish, algoritmlar va dasturlarning murakkabligini tahlil qilish to'gʻrisida gʻoyalar va bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Algoritmlar nazariyasi boʻyicha birinchi fundamental ishlar 1936-yilda paydo boʻlgan. Tyuring mashinasi, Post va Chyorch tomonidan hisobi taklif etiladi. Ushbu mashinalar algoritmning formallashtirilgan rasmiylashtirilishi edi.
Algoritm tushunchasi aniq shaklda 20-asr boshlarida D. Gilbert, K. Gyodel, S. Klin, A. Chyorch, E. Post, A. Tyuring, N. Viner, A. A. Markov singari olimlarning asarlari tufayli shakllandi.
Ushbu mustaqil ishda yuqoridagi maqsad va vazifalarni bajarish
uchun bir qator mavzular berilgan. Bu mavzularda berilgan koʻplab algoritmlarni dasturiy ta‘minotlarni ishlab chiqishda keng q oʻllash mumkin.
|
| |