|
Algoritmlash va dasturlash algoritmning berilish usullari xossalari va turlari
|
Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 112,79 Kb. | | #160739 |
Bog'liq Algoritmlash va dasturlash algoritmning berilish usullari xossalari va turlari
Algoritmlash va dasturlash algoritmning berilish usullari xossalari va turlari
Har bir algoritm — bu amallami belgilovchi qoida bo'lib, ulaming zanjiri natijasida biz boshlang‘ich qiymatlardan izlangan natijaga kelamiz. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, har bir amal — algoritmning qadami deb ataladi.
Algoritmni tasvirlash usullari Algoritmlarni tasvirlashning turli usullari mavjud. Quyida algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullarini ko'rib chiqamiz.
1. Algoritmning so‘zlar yordamida ifodalanishi Awal keltirilgan bir qator misollar inson og'zaki nutqida qo'llaniladigan so‘zlar orqali ifodalangan edi (masalan, ko‘chadan o'tish algoritmi, g'ishtlar sonini hisoblash algoritmi). Algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko'rsatma jumlalar orqali ko'rsatma shaklida beriladi. Qo'llanmada, asosan, shu usuldan foydalanamiz.
2. Algoritmning formulalar yordamida ifodalanishi Bu usul matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlarda ko‘plab qo'llanilaniladi.
3. Algoritmning jadval yordamida ifodalanishi Algoritmning bu ko'rinishda berilishi ham sizga tanish. Masalan, matematikada qo'llanib kelinayotgan Bradis jadvali deb nomlangan to‘rt xonali matematik jadval, lotareya yutuqlar jad- vali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali.
4. Algoritmning grafik shaklda ifodalanishi Algoritmning bu ko‘rinishda ifodalanishi matematikada chi- zilgan grafik, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o‘rnatil- gan uylarning joylashish sxemasi, avtobuslarning yo'nalish sxemasi orqali sizga tanish.
5. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi Ma'lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va boshqariladi. Siz hozirgacha MS Word, MS Paint va MS Excel kabi amaiiy dasturlar bilan ishladingiz. Lekin har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Demak, bu kabi algoritmlar bajarilishi uchun ular algoritm ijrochisiga, ya ’ni kompyuterga tushunarli bo‘lishi lozim
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishiga, ya'ni bajarilishiga qarab uch asosiy turga bo‘linadi:
chiziqli (ketma-ketlik)
tarmoqlanuvchi
takrorlanuvchi.
Algoritm quyidagi asosiy xossalarga ega:
1.Uzluklilik
2.Aniqlik
3.Natijaviylik
4.Ommaviylik
Algoritmni maxsus tilda ifodalash
- Bu usulda algoritmni ifodalash uchun “dasturlash tillari” dеb ataluvchi suniy tillar qo’llaniladi. Buning uchun ishlab chiqilgan algoritm shu tillar yordamida bir manoli va kompyuter tushuna oladigan ko’rinishda tavsiflanishi zarur. Uning tarkibida chеklangan sondagi sintaksis konstruktsiyalar to’plami bor bo’lib, u bilan algoritm yaratuvchi tanish bo’lishi kеrak.
- Avval barcha dastur translyatsiya qilinib, so’ngra bajarish uslubida ishlaydigan translyatorlar “kompilyatorlar” dеb ataladi. Dastlabki tilning har bir opеratorini o’zgartirish va bajarishni kеtma-kеt amalga oshiriladigan translyatorlar “intеrprеtatorlar" dеb ataladi.
Dasturlash tillari va ularni tasniflash
- Dasturlash tilining kompyuter tiliga yaqinligi darajasini tariflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi. Kompyuter tili 0 daraja dеb qabul qilingan bo’lib, sanoq boshi hisoblanadi. Kompyuterga bog’liq bo’lmagan tillar ham ikkita turga bo’linadi:
1.Protsеduraga mo’ljallangan tillar
2.Muammoga mo’ljallangan tillar.
Protsеduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni еchish algoritmlarini tavsiflashga mo’ljallangan; shuning uchun ular ko’pincha oddiy qilib “algoritmik tillar” dеb ataladi.
Masalani yechish algoritmi ishlab chiqilgandan so'ng dastur tuziladi. Dastur –bu berilgan algoritmga asoslangan biror-bir algoritmik tilda yozilgan ko'rsatmalar, ya‘ni buyruqlar yoki operatorlar to'plamidir. Dasturlash –esa bu dastur tuzish jarayoni bo'lib, u quyidagi 4 bosqichlardan iboratdir:
1.dasturga bo'lgan talablar;
2.qo'yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
3.dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
4.dasturni to'g'rilash va test o'tkazish
Dasturlashda algoritmlashning asosan 4 turi mavjud:
1.Saralash
2.Qidirish
3.Grafiklar
4.Stringlar
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT!
|
| |