Masihiy g‘azallaridan
Agar afsuni ajal bog‘lamas ersa dahanim,
Jon berarda labining zikri bo‘lar har suxanim.
Sen sanam chehra uchun gar meni davron etsa hok,
Yuzingning oqligiga shahodat bergay kafanim.
Xori hijroning sening oyog‘imga kirsa nogoh,
Parilar g‘amza o‘qi birla chiqargay tikanim.
Shunchalar to‘pu tufang1 otdi havodis mengakim,
Zahmidan ko‘p xaroba qal’aga do‘ndi badanim.
Ey Masihiy, men agar qo‘l yuvarsam bu olamdan,
Oftobim bo‘lsin xurshid, ham falak laganim.
* * *
Yashirmagin soching bo‘yini bizdan,
Ayo kutganimiz shumidi sizdan.
Aytdim boda dahani yor uchun roz,
Xabar ham yo‘lladim unga og‘izdan.
Sog‘inib yurarkan yo‘llar ustida,
Ahvoling so‘rardik yo‘ldan, izdan.
Sodiq emish magar zuhdiga so‘fiy,
Ki ko‘tarmas boshin xilvatda tizdan.
Raqibga, bilmadik, netdik Masihiy,
Ki hech olmayotir ko‘zini bizdan.
|