• II BOB. XURSHID DAVRON IJODINI O‘QITISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV
  • Xurshid davron ijodini o‘qitish metodikasi mundarija kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda xurshid davron hayoti va ijodini o‘qitishning nazariy asoslari




    Download 1,09 Mb.
    bet1/6
    Sana19.06.2024
    Hajmi1,09 Mb.
    #264486
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    xurshid davron


    XURSHID DAVRON IJODINI O‘QITISH METODIKASI


    MUNDARIJA
    KIRISH…………………………………………………………………….…3
    I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA XURSHID DAVRON HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
    1.1 Boshlang‘ich sinflarda yozuvchi umrbayonini o‘rganishning badiiy asar tahlilidagi ahamiyati……………………………………………………………..…5
    1.2 Boshlang‘ich sinflarda vatanga bo‘lgan muhabbatni shakllantirishda Xurshid Davron ijodining ahamiyati…………………………………………….10
    II BOB. XURSHID DAVRON IJODINI O‘QITISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV
    2.1 4-sinf o‘qish darsarini o‘qitishning mohiyati va zamonaviy usullari……17
    2.2. 4-sinflarda Xurshid Davron ijodini o‘qitishga oid metodik tavsiyalar….24
    XULOSA……………………………………………………………………32
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………34

    KIRISH
    Наг bir jamiyatning istiqboli bugun kamol topayotgan bolalar, yoshlar tomonidan bunyod etiladi. Shu sababli yosh avlod tarbiyasini tashkil etish eng muhim ijtimoiy-pedagogik vazifa sanaladi. U qanday zamon, qaysi makon bo‘lishidan qat’iy nazar hamisha ushbu vazifaning ijobiy hal qilinishi jamiyatning e’tibor markazida bo‘lgan. Mavjud sharoitda O‘zbekistonda yosh avlodga ta’lim berish, ulami umuminsoniy qadriyatlar, ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivoji bilan bog‘liq ma’naviy-axloqiy talablar, ijtimoiy ehtiyojlar asosida tarbiyalash davlat siyosati darajasida hal etilmoqda. Zero, yosh avlodning kamoloti, u bilan uzviy bog‘liq holda jamiyatning ravnaqi ularning ijtimoiy-hayotiy maqsadlari, ustuvor qadriyatlari, oliy darajadagi intilishlari hamda keng dunyoqarash asosida ta’minlanadi. Bunga erishishda bolalar va yoshlaming kitob o‘qishga, kitobxonlikka bo‘lgan munosabatlari muhim ahamiyatga ega. Asriy yondashuvlarga tayangan holda aytish mumkinki, kitoblar yoshlar shaxsini shakllantiradi, ularning keng dunyoqarash, boy intellektual salohiyat va tafakkurga ega bo‘lishlari uchun asosiy poydevori yaratadi.
    Bu o‘rinda: “...Bugungi bolalar ertangi kunda xalqqa aylanadi. Yoshlami kitobga qaytarishimiz kerak. Axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlami o‘zlashtirish bilan birga, yoshlaming kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim”, - deya alohida ta’kidlab o‘tadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev.
    O‘zbek she’riyatining qadimiy mavzularidan bo‘lgan ona Vatan mavzusi har bir ijodkorning yetakchi mavzularidandir. Chunki vatan shunday muqaddas makonki, unda ajdodlarning, millatning xoki yotadi. Vatanning yer ostidagi buloqlari inson jon tomirlari bilan bogʻlangan boʻladi, agar inson bu buloqlardan uzoqlashsa, unutsa, uning jon tomirlari bilan birga maʼnaviyati, milliyligi ham quriydi. Shu ma’noda o‘zbek she’riyatida milliylikni ifodalash uchun shoirlar qator vositalardan, turli talqinlardan foydalanishganini kuzatish mumkin.
    Professor N.Jabborov she’riyatdagi yetakchi tamoyillarni quyidagicha izohlab beradi: “Biz ularni shartli ravishda to‘rt guruhga ajratdik:
    1) milliylik;
    2) poetik til meyori;
    3) obrazlilik;
    4) tuyg‘uning samimiyligi tamoyillari”.
    XX asrda oʻzbek adabiyotiga kirib kelgan, adabiyotda oʻz soʻziga, uslubiga ega ijodkor Xurshid Davron ijodining salmoqli qismini Vatan madhiga bagʻishlangan she’rlar tashkil qiladi. Xurshid Davron ijodiy laboratoriyasiga kirish, uning avtobiografiyasi bilan bog‘liq she’rlarini kuzatish asnosida aytish mumkin



    Download 1,09 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xurshid davron ijodini o‘qitish metodikasi mundarija kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda xurshid davron hayoti va ijodini o‘qitishning nazariy asoslari

    Download 1,09 Mb.