-sinflarda Xurshid Davron ijodini o‘qitishga oid metodik tavsiyalar




Download 1,09 Mb.
bet5/6
Sana19.06.2024
Hajmi1,09 Mb.
#264486
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xurshid davron

2.2. 4-sinflarda Xurshid Davron ijodini o‘qitishga oid metodik tavsiyalar
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy maqsadi –o‘quvchilarning bilimli, va fikrlash doirasi keng bo‘lishini ta‘minlash. Ularning ma’lumotlarini tahlil qilib, keng miqyosda foydalanilishiga erishish. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnalogiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ilg‘or pedagogik tajribalardan mohirona foydalana olishi, ta’lim berishning yangi-yangi usullarni ishlashi juda muhim ahamiyat kasb etadi.
4- sinf O‘qish savodxonligi darsligining 7-8-bet Yagonadir Vataning sening! Mavzusi yuzasidan quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
Lug‘at ishi
bo‘y chuzmoq-o‘smoq
yoqa ushlamoq – hayratlanmoq
mukkaram-qadirli
“Ma’nodoshini top” o ‘yini sabo — shabada, mudofaa — himoya, sozanda — musiqachi, diyor — vatan, inshoot — bino, samo — osmon kabi.
So‘zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so‘zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko‘rsatish zarur .Tanish bo‘lmagan so‘z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo‘lgan so‘z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish.
“Zid ma’nosini top” o ‘yini . ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo‘y so‘zini yolg‘onchi so‘ziga taqqoslab tushuntirish mumkin. Ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘z va so‘z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. So‘zni o‘ziga yaqin tushuncha — boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Bunda tushuntiriladigan so‘zning izohi qisqa va aniq bo‘lishi kerak.
“Tushunchalar tahlili” metodi. O‘zboshimchalik — o‘z xohishicha ish tutish, ishni o‘zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis — biror hunar egasi; shunqor— uzoq uchadigan ko‘zi o‘tkir qush; mesh-mol terisidan tikilgan idish; guldon-gul solib qo‘yiladigan idish va boshq. Ba’zi so‘zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi.
Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so‘zlarning ma’nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o‘quvchilar o‘rgangan badiiy asardan axloqiy fazilatga ega bo‘lgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, so‘z ma’nosini tushuntirish ustida ishlash o‘quvchilar lug‘atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi. Bu bilan boshlang‘ich sinfdanoq ta’lim sifatining samaradorligini oshirish uchun poydevor qo‘yiladi. Shuningdek, davr talablariga mos ta’lim vakillarining so‘z boyligini oshirish masalasi yanada e’tiborli masala ekanligini isbotlash ham mumkindir.
Quyida 4- sinf O‘qish savodxonligi darsligining 7-8-betida berilgan “Yagonadir Vataning sening!” mavzusi yuzasidan dars ishlanma namunasini ko‘rib chiqamiz;

Mavzu:

«Yаgonadir Vataning sening»

Darsning maqsadi:


Ta’limiy maqsad:

O‘quvchilarning to‘g‘ri, ongli, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish, lug‘at boyligini oshirish. 

Tarbiyaviy maqsad:

Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatan tuyg‘usini shakllantirish, o‘z Vataniga muhabbatli bo‘lishga  uni qadrlashga o‘rgatish

Rivojlantiruvchi maqsad:

O‘quvchilarning ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, lug‘at boyligini oshirish. Vatan haqidagi tushunchalarni boyitish.

Dars turi:

Yangi tushuncha, bilimlar shakllantiruvchi.

Dars metodi:

Suhbat, tushuntirish, “Zanjir” usuli, “Sehrli sandiqcha” metodi, “Musaffo osmon” o‘yini, “Tarmoq” metodi

Dars jihozi:

 Darslik, ko‘rgazmalar, videolavha, tarqatma materiallar,proyektor,ekran,musiqali slaydlar, musiqa asboblarining maketlari.

─ Qani bolajonlar o‘zimizni tanishtiraylik?
─ Ona vatanimiz?
─ Mustaqil O‘zbekiston.
-Ona shahrimiz?
─ __________________.
─ O‘qiydigan makonimiz?
─ ____________.
─ Sinfimiz?
─ 4-“____” sinfi.
─ O‘quvchilar soni?
─ ____ ta.
Bugungi darsimiz noa’nanaviy tarzda, ya’ni kichik guruhlarda ishlash jarayonida tashkil etiladi. Qiziqarli darsimizda guruh a’zolari darsdagi ishtirokiga qarab rag‘bat kartochkalari bilan taqdirlanib boriladi, eng ko‘p ball to‘plagan guruh darsimiz g‘olibiga aylanadi.
Rag‘bat kartochkalari har bir guruh nomlarining rasmlari.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism
─ Hozir darsimiz?
O‘quvchi:
-Darsimiz o‘qish darsi,
O‘qish va uqish darsi.
O‘qituvchi:
— O‘qish darsi bizga nimani o‘rgatadi
O‘quvchi:
O‘qish sabog‘i bizga,
O‘rgatar tez o‘qishni.
Ifodali o‘qiymiz,
Anglaymiz yoz-u qishni.
Dars shiori:
Biz nimaki qilmaylik,
Barchasi zarur kerak.
Bilim egallash uchun
Tinimsiz o‘qish kerak!
Dars maqsadi:
Maqsadimiz oppoq qordek,
Qalblar bo‘lsin beg‘ubor.
Eng yuksak marralarga
Biz bo‘laylik sazovor.
O‘qituvchi:
— Har narsadan xabarchi
Sinfda kim navbatchi
O‘quvchi:
-Sinfda men navbatchi
Tayyor barcha o‘quvchi
Barakalla!!!
Ana shunday maqsadda maktabga kelayotgan odobli, aqlli hech kimga ozor bermaydigan bolaning oldidan sehrgar chiqib qolibdi. Bola salom berib sehrgarning qo‘lidagi yukini ko‘taribdi. Sehrgar bolaga rahmat aytibdi va “Tila tilagingni” debdi.
Bola tilagini tilagan ekan, sehrgar bolaga yana bir bor qoyil qolibdi. Bola sehrgardan nimani so‘ragan ekan?
Bu jumboqning javobini darsimiz davomida har bir topshiriqni bajarishda aniqlab boramiz.
Bu so‘zlar qog‘ozda yashiringan.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni takrorlash.
Topishmoqlarni topib, “Vatan” so‘zini hosil qiluvchi boshqotirma yechiladi

1.Zarga sotilmas,
Zo‘rga topilmas (Vaqt).

2.Kichkina dekcha,
Ichi to‘la mixcha. (Anor)

3.Xo‘ppa semiz,
Bir tuki yo‘q. (Tarvuz)

4.Osti sariq, usti sariq,
Shirin, totli, ichi tariq. (Anjir)

4. Yozilganda dasturxon,
Qo‘yiladi pahvalnon.(Non)


Barakalla bolajonlar!!!
Boshqotirmani yechdik, qanday so‘z hosil bo‘ldi?
— Vatan so‘zi
— Bu so‘z bizga nimani eslatayapti?
O‘tgan mavzu takrori,
Bugunning poydevori.
— Demak, biz o‘tgan o‘qish darsimizda Miraziz A’zamning “Vatan” she’rini o‘tgan edik.
III. Yangi mavzu bayoni.
— Yangi mavzu doskaga yoziladi.

Yangi mavzu yangi ma’no,
Har jumlada ming ma’no.
“Tinch” so‘zi ochiladi.
-Darslikni ochamiz va rasmga qaraymiz. Unda nima tasvirlangan?
— Rasmda Vatanimiz poytaxti Toshkent shahri tasvirlangan. Bunda Vatanimizning beqiyosligi, uning go‘zalligi, osmono‘par binolari va betakror favvoralari tasvirlangan
Yozuvchining ijodi haqida film namoyish etiladi:

Matn mazmuni tushuntiriladi.

Lug‘at ishi.

“Obod bo‘lsin” so‘zi ochiladi.
Dam olish daqiqasi.
“Vatan madhi” ashulasi.
Matn yuzasidan quyidagi savollarga javob berish so‘raladi:


  1. Darsni mustahkamlash.

Маtn “Zanjir” usulida o‘qitiladi. “Vatan mo‘tabar” nomli videolavha namoyish etiladi (Xurshid Davron).
4 ta guruhga topshiriq beriladi.
1- guruh: “Vatan” – tamoq metodi.
2- guruh: “O‘zbekiston” – tamoq metodi.
3- guruh: “Musaffo osmon” o‘yini
4- guruh: “Vatan” haqida she’rlar.
“Vatan” so‘zi ochiladi.
Bolajonlar so‘zlarni joyiga qo‘yib gap tuzamiz.
Ona Vatan tinch, obod bo‘lsin!
Demak bola sehrgardan Vatanimiz tinch bo‘lishini so‘ragan ekan.
O‘qituvchi:Keksalarimiz niyati, ota-onamiz tilagi, el-yurt istagi-TINCHLIK!
“Tinch elning bog‘i gullar ”, deydi xalqimiz. Har bir inson Vatanining, eng avvalo, tinch bo‘lishini xohlaydi. Shukrki, kunlarimiz tinch, osoyishta o‘tmoqda. Har bir tongni shukronalik bilan qarshi olamiz. Vatanimiz gullab-yashnamoqda. Bizni butun dunyo tan olmoqda va bularning hammasi sabr-qanoatli xalqimiz mehnati, davlatimizda yuritilayotgan odilona siyosat mevasidir.
Hamma: Yer katta, bizlar kichik
Ammo bizlar ko‘pchilik
Istagimiz yagona-
Barqaror bo‘lsin TINCHLIK
Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarga o‘rganganlari yuzasidan savollar beriladi.
— Bugungi darsimiz sizga yoqdimi?
— Darsda nimalarni o‘rgandingiz?
O‘quvchilar javoblari tinglanib, dars yakunlanadi.
Jamlaymiz baholarni,
Topamiz g‘oliblarni.
Guruhlarning dars davomida to‘plagan ballari hisoblanadi va g‘olib guruh aniqlanib rag‘batlantiriladi.

  1. Uyga vazifa.

— “Yagonadir Vataning sening” matnini ifodali o‘qib so‘zlash. Maqol va tez aytishni yod olish.
Bugungi darsimiz yoqqan bo‘lsa – quyosh rasmini, yoqmagan bo‘lsa – bulut rasmini partada qoldirib, tanaffusga chiqing

XULOSA
O‘tgan yillar mobaynida ta‘lim-tarbiyaga berilayotgan e‘tibor mamlakatimizning egasi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama komil inson bo‘lib yetishida muhim ro‘l o‘ynaydi. Biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimizni amalga oshirishda yurtimizda millatlararo totuvlikni, tinchlikni mustahkamlash, ma‘naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytish tarixiy ildizlarimizga milliy o‘zligimizga qaytish kabi ishlarga alohida e‘tibor berishimiz lozim. Ya‘ni, kommunistik mafkura va axloq normalaridan voz kechishga undan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan ma‘naviy–axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan ommaviy madaniyat yopirilib kirib kelishi mumkinligini barchamizga ayon bo‘lishi kerak. Bunday uzoqni ko‘zlaydigan, aniq maqsadlarga ega bo‘lgan turli xuruj va g‘arazli intilishlar, xorijiy markazlar tomonidan katta kuch va mablag‘ sarflanayotgan harakatlar va bu kabilar havf-hatarlar bizga qanday zararli oqibatlar olib kelishidan ogoh bo‘lishimiz darkor. Bunday balo –qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning ma‘naviy dunyosini himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur .
Avvalo, tog‘ri tarbiya, sog‘lom turmush go‘yasi, faqatgina qattiq iroda va iymon-e‘tiqot hisobidan bunga erishish mumkin. Men bizga mustaqil fikrlaydigan avlod kerak deganda shuni nazarda tutaman. Aynan, ana shunday o‘z kuchiga va irodasiga ishongan, keng fikrlaydigan, bilimli va madaniyatli yoshlarimiz har qanday buzg‘unchi g‘oyalarga berilmasdan, hayotda o‘z yo‘lini topib olishi muqarrar. Buning uchun biz farzandlarimizni milliy tabiatimizga yot va zararli bo‘lgan ta‘sirdan himoya qilishimiz , ularni hayotga, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissi bilan yashaydigan, mustaqil fikrlaydigan, iymon e‘tiqodli, barkamol insonlar etib tarbiyalashimiz lozim.
Yoshlarimiz qalbida sog‘lom hayot tarziga intilishni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-extirom tuyg‘ularini bolalik paytidan boshlab shakillantirishimiz lozim. Bu ularga yoshliklaridan, a‘niqrog‘i boshlang‘ich sinflardan boshlab mustaqillik va mustaqillik bizga bergan ne‘mtlar, mustaqillik haqidagi asarlar bilan tanishtirib borish orqali amalga oshiriladi. Boshlang‘ich ta‘lim jarayonida o‘qish darslari asosiy o‘rinni egallaydi. Bola o‘qish darslarida milliy qadriytlarimizni ulug‘lash, tabiatni sevish, O‘zbekiston istiqbolini hurmatlash, qadrlash g‘oyalarini, xalqimiz tarixi va madaniyati kabilarni o‘rganib boradilar. O‘qish darslari bevosita “O‘qish savodxonligi” darsliklari orqali amalga oshiriladi. Darsliklar sinfdan sinfga o‘tgan sayin takomillashib, kengayib boradi. Bu darsliklarda mustaqil O‘zbekistonimiz tabiati, ma‘naviy-ijtimoiy hayoti, xalq og‘zaki ijodi, ajdodlarimiz me‘rosi kabi bo‘limlar ma‘lum izchillikda berilib borilgan
4-sinfda berilgan materiallar bolalarning Vatanimiz O‘zbekiston haqidagi, uning mehnatsevar xalqi hayoti hamda turli sohalarda erishgan yutuqlari haqidagi tasavvurlarni umumlashtirish va kengaytirshga imkon beradi. Bo‘limda kelajakda bolalarni vatanparvar, insonoarvar, mehnatsevar, ma‘naviytli o‘z ona tilini qadriga yetadigan, uni hurmatlaydigan, boyligini yaxshi tushuna oladigan, bizning ishonchimiz va kelajagimiz, bugungi va ertangi kunimizni hal qiluvchi kuchga ega bo‘lgan komil insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar kiritilgan.



Download 1,09 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-sinflarda Xurshid Davron ijodini o‘qitishga oid metodik tavsiyalar

Download 1,09 Mb.