|
II BOB. XURSHID DAVRON IJODINI O‘QITISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV
|
bet | 4/6 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #264486 |
Bog'liq xurshid davronII BOB. XURSHID DAVRON IJODINI O‘QITISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV
2.1 4-sinf o‘qish darsarini o‘qitishning mohiyati va zamonaviy usullari
4- sinf “O‘qish savodxonligi” darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra, o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki, uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi.
Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi.Shu maqsadda “O‘qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy ommabop asarlar kiritiladi.
O‘qish (1-4-sinf) fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
-o‘quvchilaming og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish;
-yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi ko‘nikma, malaka aniqlanadi.
Shuningdek, miqdoriy ko‘rsatkich -o‘qish tezligi, ongli va ravon o‘qish, bit daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishi ham belgilanadi. 3-va 4-sinflaro‘qish dasturida mavzular ko‘lami ancha kengayadi. Bu sinflarda o‘qish darslarining kattagina qismi asami o‘qish va matn ustida ishlashga qaratiladi.
Darsda o‘quvchilaming faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlamijanr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib o‘qish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish kabi ishlar amalga oshiriladi.
4-sinfda o‘qish darslari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O‘qish malakasini takomillashtirish. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish.
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg‘otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga, ya’ni kitob bilan ishlashni biladigan, chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.
3.O‘quvchilarning tevarak-atrof, borliq haqidagibilimlarini kengaytirish, dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4. O‘quvchilarni axloqiy-estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning nutqini va tafakkurini o‘stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.Bu vazifalarni bajarishning aniq yo‘li bo‘lishi zarur.
Yaxshi o‘qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo‘llari.Yaxshi o‘qish malakalarining sifatlariga to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish kiradi va ular o‘qish darslarida o‘zaro bog‘liq holda takomillashtiriladi, bu to‘rt o‘qish sifati bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ongli o‘qish asosiy hisoblanadi, chunki o‘quvchi o‘zi o‘qisa-yu, o‘qiganini anglamasa, bunday o‘qish talabga javob bermaydi, o‘qiganini tushunmaslikka olib keladi. To‘g‘ri o‘qish ongli o‘qishga xizmat qiladi. Tez, to‘g‘ri, ongli o‘qishifodali o‘qishning asosi hisoblanadi. Yaxshi o‘qish sifatlarini egallash maktabda barcha fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning sharti hisoblanadi.
O‘qish malakasi murakkab malaka bo‘lib, uning shakllanish jarayonini metodist T.G.Egorov 3 bosqichgabo‘ladi:
1. Analitik bosqich (o‘qish).Savod o‘rgatish jarayoniga to‘g‘ri keladi. Unda bolalarda so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qish malakasi shakllantiriladi.
2. Sintetik bosqich (o‘qish).
Bu bosqichda so‘zni sidirg‘a o‘qish malakasi shakllantiriladi.
3. Avtomatlashgan o‘qish.Bu o‘qishda o‘quvchi-kitobxon so‘zning bosh qismiga qarab o‘qib ketaveradi. O‘qishning keyingi yillariga to‘g‘ri keladi.
4-sinfda ba’zi o‘quvchilar o‘qishi avtomatlashadi. O‘qish darslari shunday tashkil qilinishi kerakki, mazmunini tahlil qilish yaxshi o‘qish malakalarini takomillashtirishga yo‘naltirilsin. Yaxshi o‘qish malakasining sifatlaridan biri to‘g‘ri o‘qishdir. To‘g‘ri o‘qishga bir nechta metodist olimlar ta’rif berganlar:
K.Qosimova: to‘g‘ri o‘qish xato qilmasdan,yanglishmasdan o‘qishdir. Shu ta’rifni kengaytirib: to‘g‘ri o‘qish so‘zning tovush-harf tarkibini,grammatik shaklini buzmasdan, so‘zdagi biror tovush yoki bo‘g‘inni tushirib qoldirmasdan, ortiqcha tovush yoki bo‘g‘in qo‘shmasdan, harflarning o‘rnini almashtirmasdan, so‘zning urg‘usiga rioya qilib o‘qish to‘g‘ri o‘qishdir.
M.Odilova, T.Ashrapova: “Adabiy talaffuz normalariga qo‘yilgan barcha talablar to‘g‘ri o‘qish ko‘nikmasiga ham taalluqlidir”, deyishadi. Demak, ularning fikricha, materialni adabiy talaffuz normalariga rioya qilgan holda o‘qishto‘g‘ri o‘qishdeyiladi.
Rus metodisti Yakovleva: “To‘g‘ri o‘qish bu materialni tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko‘chirishdir”.
Har 3 ta ta’rifning mohiyati bir xil. Ya’ni to‘g‘ri o‘qish so‘zning tovush tarkibini grammatik shaklini buzmasdan, adabiy-orfoepik talaffuz normalari asosida o‘qishdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari to‘g‘ri talaffuz bilan matn ma’nosini puxta sintez qilishga qiynaladilar.
O‘qituvchi bolalar ma’naviy dunyosini yangi va qiziqarli o‘yinlar bilan boyitib boradi. Bolalarning o‘yinga bo‘lgan qiziqishlaridan foydalanib, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. Didaktik o‘yinlar, o‘qituvchini bolalarga yaqinlashtiradi, o‘qituvchi bolalar nazarida tarbiyachigina emas, balki chinakam do‘stga ham aylanadi. Bu esa ayniqsa dastlabki kunlarda yuz beradigan yotsirash hollariga barham beradi. Shunday qilib, o‘yinlar bolalarda o‘qituvchi va o‘qishga nisbatan ijobiy munosabat paydo qiladi.
O‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun asar ustida ishlashni o‘qitish bilan birga amalga oshirish zarur. O‘qish darslarini davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog‘lab o‘tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O‘qish va nutq o‘stirishning ta’limiy -tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo‘yicha o‘qish mazmunini o‘qish ko‘nikmalarining og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan bog‘lanish kabi masalalar aniq kiritilgan. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari yuqori sinflardagi o‘zbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslariga jiddiy e’tibor talab qilinadi.
O‘quv – bilim jarayoni o‘quvchiga ta’lim bеrish harakatlari asosan o‘quv matеriallarining qurilishdan kеlib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bunda o‘zlashtirilgan matеriallariga bilimlarning Yangi darajalari nuqtayi nazaridan yondashish imkoniyatlari ham mavjud. Shunga ko‘ra o‘quvchilarga o‘quv jarayonining maqsadidan kеlib chiqqan holda tabaqalashtirilgan savol va topshiriqlar taqdim qilinishi ulardagi gеndеr tеnglik va gеndеr farqlarga rioya etilishi lozim. Bugungi kunda didaktik jihatdan katta samara bеrayotgan usullardan yana biri – sinf ahli yoki alohida tanlab olingan o‘quvchilar guruhning alohida – alohida ish turlari yoki individual topshiriqlar bilan band qilinishi bilan bog‘lik harakatlardir.
Asarni o‘rganish yuzasidan butun sinfga mo‘ljallanadigan savol va topshiriqlar odatda yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilarni o‘ylab beriladi. Lekin savol va topshiriqlar asosida har kim o‘z imkoniyati doirasida tayyorgarlik ko‘radi. Iqtidorli o‘quvchilarga qo‘shimcha yoki murakkablashtirilgan savol va topshiriqlar bermaslik, sinf o‘quvchilarining faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Doim sanoqli 3- 4 o‘quvchidan so‘ralaverganda esa boshqa o‘quvchilar imkoniyatlari yetmayotganligini his etib, darsga qiziqmay qo‘yadilar. Uyga vazifa berganda yozma bajariladigan ishlarni nazarda tutgan ma’qulroqdir. O‘quvchi bir nechta savolga yozma javob topishi va hokazo ishlarni bajarib keladi. Lekin bu yumushlar o‘quvchidan ko‘p vaqt talab etmasligi lozimligi umumdidaktik talablardan kelib chiqadi. O‘qish paytida matn ustida kuzatish ishlarini tashkil etuvchi va umumlashtiruvchi savol va topshiriqlar darsda bajariladigan eng muhim ish turlaridan biridir. Masalan, qahramonning fazilatini ochishga yordam beruvchi tafsillarni aniqlash va hokazo.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishda asosan turli xil topqirlar bellashuvi, tez aytish, jumlalarni-jumlalarga bog‘lash, “Kim epchil-u, kim chaqqon” o‘yini, “Keling bog‘yarataylik”, “Gap qoldiqlarini tez to‘ldiring”, “Savollarga javob bering” kabi o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Sinkveynda Xurshid Davronningning “Yagonadir vataning sening” hikoyasi mazmunini ifodalash. Sinkveyn (fr. “besh qator”) - ma’lumotlami sintezlash (alohida ma’lumotlar asosida yaxlit g‘oyalami shakllantirish)ga yordam beradigan qofiyasiz she’r bo‘lib, u asosida o‘rganilayotgan mavzu (tushuncha, hodisa, voqea)larga oid ma’lumotlar to‘planadi; har bir o‘quvchi ushbu ma’lumotlar yig‘indisi (qofiyasiz she’r)ni o‘z so‘zlari bilan turli variant yoki qarashlar orqali ifodalash imkoniyatiga ega.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinkveynga asoslangan o‘quv topshirig‘ini berishda dastlab ushbu strategiyaning mohiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. “O‘qish” darsida o‘qituvchi o‘rganilayotgan hikoya yoki she’ming mohiyatini quyidagi shartlar asosida ochib berish kerakligini muvofiq ekanligini aytib o‘tadi:
Ayni o‘rinda Xurshid Davronningning “Yagonadir vataning sening” mohiyati:
1-qatorda bitta ot asosida;
2-qatorda ikkita sifat yordamida;
3- qatorda uchta fe’l orqali;
4-qatorda esa to‘rtta so‘z yordamida; 5
- qatorda esa 1-qatorda berilgan otga sinonimni topish orqali yoritilishi zarur. Ko‘rsatib o‘tilgan hikoyaning mohiyati sinkveyn asosida quyidagicha yoritiladi:
l -qator. Vatan (1 ta ot)
2-qator. Qadrdon, bebaho (2 ta sifat)
3-qator. Unda odamlar yashaydi, U bizni himoya qiladi, (3 ta fe'l)
4-qator. Odamlar uchun qadrli maskan (4 ta so‘z)
5-qator. Boshpana (1 ta so‘z yoki gap) V__________
Sinkveyn o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchi ishtirokida to‘ldirilishi zarur. Eng avval, o‘qituvchi har bir qator bo‘yicha o‘quvchilarning takliflarini tinglab, sinf doskasida qayd etib boradi. So‘ngra barcha qatorlar bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bildirilgan takliflar umumlashtirilib, yagona variant shakllantiriladi. Yagona variantni shakllantirishda o‘qituvchi o‘quvchilaming fikrlarini grammatik jihatdan to‘g‘rilab ketishi ham mumkin.
“Mantiqiy chalkash zanjir” strategiyasi
Strategiya tushunchalar, bildirilgan fikrlar o‘rtasida bog‘liqlikni yuzaga keltirish, ulami mantiqiy jihatdan ketma-ketlikda to‘g‘ri ifodalashga yordam beradi. Uning mohiyatiga o‘qituvchi mavzuni yorituvchi ma’lumotlarni to‘g‘ri va noto‘g‘ri tartibda bayon etadi.
O‘quvchilaming vazifasi mantiqiy jihatdan noto‘g‘ri ifodalangan ma’lumotlami to‘g‘ri dalillarga aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda to‘g‘ri joylashtirgan holda uzilgan zanjimi “ulash”dan iborat.
Masalan, 4- sinf O‘qish savodxonligi darsligining 7-8-bet Yagonadir Vataning sening! Mavzusi yuzasidan quyidagi so‘z va iboralat beriladi; daraxt, Fransiya, havo, quyosh, olimlar, millat xotirasi, nihol, mukarram.
O‘quvchilar matn mazmunidan keliv chiqqan holda so‘zlarni tartibli joylashtirishlari kerak bo‘ladi.
|
| |