|
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA XURSHID DAVRON HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
|
bet | 2/6 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #264486 |
Bog'liq xurshid davronI BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA XURSHID DAVRON HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Boshlang‘ich sinflarda yozuvchi umrbayonini o‘rganishning badiiy asar tahlilidagi ahamiyati
Biror shoir lirik merosini o‘rganishda ijodkor hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar, qiziqarli faktlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu ma’lumotlar ko‘pincha, asarning g‘oyaviybadiiy mazmunini teranroq anglashda, shoirning poetik maqsadini idrok etishda, ijtimoiy-estetik mohiyatini to‘g‘ri belgilashda katta yordam beradi. Adabiyotshunos olim, metodist D.Quronov bu haqda kuzatishlarini quyidagicha aytib o‘tadi: “ Ko‘pincha el ichida ijodkorlar to‘g‘risidagi turli-tuman mish-maishlar, uzun-quloq gaplarga duch kelinadiki, goho ularning bir-biriga tamomila zidligi-yu aql bovar qilmas darajada ajabtovurligidan shoshib qoladi kishi. Albatta, bu nav mish-mishlar el nazdida katta obro‘-e’tibor topgan kishilar hayotiga qiziqishning zo‘rligidan yuzaga keladi.
Zero, buning asosiy sabablaridan biri sifatida boshlang‘ich sinflarda ijodkor biografiyasini o‘rganishga yetarli e’tibor berilmasligini ko‘rsatishga moyilmiz. Holbuki, adib-u shoirlar hayotiga oid faktlarni to‘plash-u ilmning chinakam “qora ishi” sifatida baholanishi kelrak.Sababki, bu xil ishlar konkret ijodkorning shaxs va san’atkor sifatidagi tadrijini kuzatish yoki konkret asarning ijodiy tarixini, uni to‘g‘ri talqin qilish uchungina emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi” Bir so‘z bilan aytganda, har bir asar muallifining ma’naviy qiyofasidir. Ayniqsa, lirik she’rlarda shoirning “men”i aks etib turadi
Badiiy asarning muallif shaxsiyatining ifodachisi ekanligini tushungandan keyingina asar mohiyati ham, uning muallifining nuqtayi nazarlari ham o‘quvchiga to‘laroq va teranroq tushuniladi. Shundagina ijodkorning adabiyotga, jamiyatga, shu xalq va millatga bo‘lgan mehri, muhabbati va xizmatlari to‘la idrok etiladi. “Yozuvchi, san’atkor oddiy kishilardan shu bilan ham farq etadiki, uning asarlarida hayot hodisalari, faktlar faqat qayd etilibgina qolmaydi.Har gal biror hodisa, fakt haqidagi hikoyayozuvchining,san’atkorning shu narsaga, hodisaga, pirovardida-kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Bu “munosabat faktori” shunchalik muhimki, faqat ugina bizga hodisa haqida haqqoniy, mukammal, yorqin tasavvur bera oladi.
San’atkorning ijobiy munosabati, mehri va muhabbati bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina cho‘g‘dan olingan temirdek, o‘z rangi, harorati,fazilatlari bilan hayratga solishi va tahsinimizga sazovor bo‘lishi mumkin”. Ayrim yozuvchilarning tarjimayi holini o‘rganishda boshqa kishilar, mashhur shaxslar, yirik olimlar, yiirk davlat va jamoat arboblarining fikrlaridan ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ayniqsa, adib tarjimayi holini o‘rganishda uning o‘z fikrlaridan foydalanish ham keng qo‘llaniladigan usullardan bo‘lsa-da, bunda ham me’yor bo‘lishi shart. Yozuvchining milliy ma’naviyatga qo‘shgan hissasi, so‘z san’atida mohirligini, iste’dodini, adabiyot sohasidagi xizmatlari, jamiyatda tutgan mavqeini o‘quvchilarga yetkazish bu bir tomondan, ma’rifiy maqsadlarga tayansa, ikkinchi tomondan, o‘rganiladigan asarga ijobiy munosabatini shakllantirish masalasi yotadi. Ijodkorning ijtimoiy mavqei, badiiy mahorati haqida chiqariladigan xulosa uchun uning o‘zi to‘g‘risida aytganlari bilan bir qatorda boshqa atoqli kishilarning fikrlari muhim rol o‘ynaydi. Bu kabi vositalar adibning boshqa ijodkorlardan farq qiluvchi xuxxiyatlari borligidan, boshqalarga o‘xshamaydigan qiyofasi va uslubi haqida o‘quvchida yaqqol tasavvur uyg‘otish uchun xizmat qilishi kerak.
Yozuvchi umrbayoniini o‘rganishda adib haqidagi ma’lumotlardan, qiziqarli hayotiy voqealardan foydalanish o‘quvchilarda uning asarlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi.
O‘qituvchi yozuvchining tarjimai holini bayon etishda zamoniy texnik vositalardan samarali foylanishi maqasdga muvofiq bo‘ladi. Hozirda prezentatsiya-slayd ko‘rinishida ham ma’lumotlar tayyorlash, darsda foydalanish keng yo‘lga qo‘yilga. Multimediya vositalaridan, internet manbalaridan foydalanib, darsni yanada metodik jihatdan boyitish mumkin. Masalan, ma’rifatparvar jadid yozuvchilarimizga bag‘ishlangan qator turkum ko‘rsatuvlar, hujjatli filmlar yaratilmoqda. O‘quvchilarga ko‘proq ijodkorlarning suratlarini ekranda ko‘rsatishga harakat qilish kerak. Sinfda yozuvchi haqida ma’ruza va suhbat o‘tkazilgani kabi, sinfdan tashqari adabiy ekskursiya ham samarali usullardan biridir. Bunday mashg‘ulotlar mazmunan sinfda o‘tkaziladigan ma’ruza va suhbat kabi usullardan biridir.Shuningdek, poytaxtdagi maktab o‘qituvchilari yozuvchining uy-muzeyiga ham tashrif buyurishlari, dars jarayonini shu yerda o‘tishlari ham mumkin.
Xullas, yozuvchining tarjimai holini va ijodiy faoliyatini o‘rganish, metodist olima Q.Husanboyeva fikricha, bir tomondan, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘quvchilarga ijodkor yashagan zamon, davr ruhini chuqurroq anglatish, ijtimoiy munosabatlarni ular qalbiga yetkazish, ularni milliy mafkura, milliy qadriyatga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorning millat, jamiyat, adabiyot qilgan xizmatlarini ko‘rsatish orqali adabiy jarayonning rivojlanish bosqichlarini chuqurroq anglatish, yozuvchi shaxsining kamol topishi, ruhiy olami misolida yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish, eng muhimi, o‘rganilajak asarning yozilishiga turtki bo‘lgan voqea-hodisalar bilan tanishtirish, shu orqali parcha mazmunini to‘liq anglash, imkon yaratish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, asarni o‘qish uchun havas, adib hayotiga ibrat uyg‘otadi.
Jumladan 4-sing o‘qish darslarida Xurshid Davronning hayoti va ijodi haqida quyidagi ma’lumotlarni berish o‘rinli.
Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchi, yozuvchisi va tarjimoni. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshg‘ariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro "Oltin qalam" mukofoti (2009), Ozarbayjonning Mikoyil Mushfiq mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputatı (2000). «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-o‘rta maktabda tahsil olgan (1959-1969).1969-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat yuritgan. 1996-2014 yillar O‘zbеkiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zTV Bosh muharriri, "Toshkent", "Yoshlar", "O‘zbekiston" telekanallari direktori vazifasida ishladi.
Dastlabki sheʼrlar toʻplami — "Qadrdon quyosh" (1979). "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983) "Toʻmarisning koʻzlari" (1984) , "Bolalikning ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987) va "Bahordan bir kun oldin" (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat xissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.D. soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.
Xurshid Davron 90-yillarda she’riyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Samarqand xayoli' (1989), 'Sohibqiron nabirasi' (1995), 'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari' (1998,2008) , 'Bibixonim qissasiʼ (2006), kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va 'Algʻul' (1995), 'Boburshoh sogʻinchi' (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi.
Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Tеmurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, 'Odeonʼ teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 'Temurnomaʼ, 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssenariylari muallifi. Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat 'Qirq oshiq daftari' (1989) va yapon shoirlarining she’rlaridan tarkib topgan 'Dengiz yaproqlari' (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Xurshid Davron she'rlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va she'rlari Azarbayjon, Polsha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Frantsiya, Ispaniya, AQSH, Yaponiya, Mo‘g‘iliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston,Qirg‘iziston,Turkmaniston va boshqa davlatlarda nashr etilgan. Rus tilida 2 kitobi ( "Древний напев молодого дождя". Москва., Молодая гвардия, 1982 va "Полет одинокой птицы". Toshkent., 1989 ) nashr etilgan. Xurshid Davron 1993 yilda Turkiyaning Bursa shahrida bo‘lib o‘tgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida, 1996 yilda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Osiyo adiblari kongressida,Rossiya, Polsha, Bolgariya, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan.
|
| |