Boshlang‘ich sinflarda vatanga bo‘lgan muhabbatni shakllantirishda Xurshid Davron ijodining ahamiyati




Download 1,09 Mb.
bet3/6
Sana19.06.2024
Hajmi1,09 Mb.
#264486
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xurshid davron

1.2 Boshlang‘ich sinflarda vatanga bo‘lgan muhabbatni shakllantirishda Xurshid Davron ijodining ahamiyati

Milliylikdan holi bo‘lgan tuyg‘u ta’sir kuchidan ayriladi. Milliy ruhdan mosuvo tafakkur bamisoli qanotsiz qushga mengzaydi. Shunga ko‘ra, milliylik she’riyatning asosiy tamoyilidir. Zero, ta’bir joiz bo‘lsa, jahon adabiyoti ko‘rigida o‘zbek she’riyatini ajratib ko‘rsatuvchi asosiy xususiyat, o‘zgalardan farqini namoyon etadigan bosh belgi bu milliy ruhdir .


Darhaqiqat, jahon she’riyatida har bir xalqning o‘z milliy qiyofasini, tafakkur tarzini ifodalovchi yetakchi belgilar mavjud. Ana shunday belgilar mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida badiiy fikrlash va poetik til doirasida yaratilgan obrazlilikda yaqqol namoyon bo‘ldi. XX asrda oʻzbek adabiyotiga kirib kelgan, adabiyotda oʻz soʻziga, uslubiga ega ijodkor Xurshid Davron ijodining salmoqli qismini Vatan madhiga bagʻishlangan she’rlar tashkil qiladi. Xurshid Davron ijodiy laboratoriyasiga kirish, uning avtobiografiyasi bilan bog‘liq she’rlarini kuzatish asnosida aytish mumkinki, Vatan madh etilgan sheʼrlarida Samarqandning oʼz oʻrni bor. Shoirning “Samarqand” deb nomlangan turkumining “Kunduz”qismida Oʻzbekistonning ilk poytaxti, tillarda doston, mahobatli bu shaharning kunduz manzaralari aks etganiga guvoh bo‘lamiz:
Koʻchalari bir-birin tinmay takrorlaydi misli aks-sado Olislardan kelgan kemaday qalqib turar Registon tanho Koʻkda moviy daryo suzadi, oqib yotar moviy bir kadar, Alplar otgan poʻlat nayzadek koʻkka botib turar minorlar Mazkur sheʼr Samarqand koʻchalarining misli aks-sadodek bir-birini takrorlashi tasviri bilan boshlanadi, ushbu koʻchalar bilan yurilganda, muhtasham Registon maydoniga chiqiladi. Registon butun Samarqandning markazi, ramzidir. Shu sababli shoir uni olisdan suzib kelgan tanho kemaga qiyoslaydi.
Minorlarning moviy parchinlari va osmonning moviy tusi shu qadar mutanosibki, ular butun shaharda, koʻkda moviy daryo suzayotgandek taassurot qoldiradi. Shoir sharqona minoralarning balandligini shunday tasvirlaydi: “goʻyoki ular alplar otgan poʻlat nayzadek osmonga botib turibdi”. Olib chiqar nurga koʻmilib bobolarga qirq qari zina, Va ertakning nuqtasi boʻlib qotib turar tund Shohizinda. Bu satrlar bilan shoir Samarqandning qadim tarixiga nazar soladi. Sharqona anʼanalariga murojaat qilgan holda qirq raqamidan foydalanadi. Yani bu “qari”, koʻpni koʻrgan qirq zina nurli ajdodlarga olib chiqadi. Mazkur minorlar, obidalarni tarix koʻzgusi, avlodlarga qoldirilgan meros sifatida koʻradi. Samarqand ertagining nuqtasi deya Shohizinda maqbarasini tanlaydi. Bunda ham shoirning Samarqand tarixiga chuqur ehtirom va iztiroblari koʻrinadi. Yulduzlarga boqib sarmast shovullaydi chorbogʻlari Shahar tomon oqib tushar Afrosiyob soʻqmoqlari Hamma uxlar, faqat shamol daraxtlarning sochin tarar Uxlamasdan qoʻriqlaydi Samarqandni minoralar.
Turkumning “Tun” qismidan olingan mazkur satrlarida Samarqandning tun manzaralari chiziladi. Shamolning shahar koʻchalari boʻylab esishi daraxtlar sochini tarashiga qiyos qilinadi. Butun shahar ahli uyquga ketgan boʻlsa-da, uning chorbogʻlari, Afrosiyob soʻqmoqlari uygʻoq, ajdodlar taqdiridan, azaliy qonuniyatlardan soʻz ochib mayin shovullaydi. Shoir yana minorlarga nisbatan jonlantirish sanʼatini qoʻllab ularni mudom uygʻoq shahar qoʻriqchilari deya tasvirlaydi. “Tong” qismida esa shoir boshidan kechirgan tuygʻularini, ona shahriga boʻlgan hurmati va hayratini yorqin tasvirlaganini guvohi boʻlamiz. Qahramon tongga yaqin tush koʻradi. Unda Navbahor darvozasidan ona shahriga kirayotgani va undagi moviylikni koʻrib dil larzasidan titrab yonayotgani holati tasvirlanadi. Yulduzlar changi qoplagan maysalarning yashil qogʻoziga mahliyo boʻlib turganda yer qaridan ovoz eshitiladi: Men opichlab Afrosiyobni Olib keldim, chiqqin yugurib Tushda koʻrib har kun oftobni Sochim ketdi qordek oqarib Bu ovoz qadim tarixning avlodlarga boʻlgan nidosi. Shoir bu misralar bilan qadimiy Turon va Eronzamindagi voqealarni yodga oladi.
Tarixiy siymo Afrosiyob timsolida Vatanga muhabbatni, adolatni, mehrni va shafqatni tasvirlaydi. Quyosh detali adabiyotda tuganmas mehr, yaxshilik timsoli sifatida ishlatiladi. Bu orqali shoir Afrosiyob va quyosh timsollarini mahorat bilan bogʻlay olgan. Va kuz mehri chulgʻagan bogʻda ona shahrim, seni oʻyladim. Keksa bogʻlar uygʻongan chogʻda tongga singib ketdi oʻylarim... Samarqand tongi shunday begʻuborki, tunlarda, kunduzlarda boʻlib oʻtgan barcha narsalarga koʻz yumadi. Bogʻlar tong kirishi bilan yana mehr bilan tovlanib turadi. Shoir shunday hislar ogʻushida ona shahrini uzoq oʻylaydi. Quyoshning yolqinlari keksa bogʻlarga tushib sochilib ketgan kabi oʻylari ham tongga singgib ketadi.
Shu o‘rinda adabiyotshunos G.Oripovaning quyidagi fikrlarini keltirish joiz: “She’riyatdagi g‘oyaviy-badiiy talqinlar badiiy detallar vositasida yuzaga kelgan milliy manzara va qiyofalarda, milliy voqelik va obrazlarda o‘z talqinini topdi. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatining milliy jozibasi, avvalo, lirik qahramonning fikrlash tarzida, milliy koloritni mahorat bilan aks ettirishda ko‘rindi”
Xurshid Davron tarixga boʻlakcha mehr bilan qaragan, oʻtmishini anglagan insongina bugunini qura oladi, oʻtmishini unutmagan, ajdodlar merosiga befarq boʻlmagan, ulardan faxr hissini tuygan, oʻzini buyuk bobolarning davomchisi, merosxoʻri sifatida bilgan avlodgina ularga munosib boʻladi, degan gʻoyalarni ilgari surgan. Jumladan,
Boʻlmaganda gar Shohizinda Yo Xivaning Kalta minori,
Yurak degan qutlugʻ zaminda Yuksalmasdi Gʻurur chinori.
Boʻlmaganda Goʻri Amirning Toshlariga bitilgan koʻklam
Hayratlanib qoshida sirning Viqor bilan toʻlmasdi koʻkrak.
Mazkur sheʼrda ham tarixiy xotira va obidalarning inson maʼnaviyatida naqadar yuksak oʻrinda ekanligini koʻrsatuvchi gʻoyalar ilgari surilgan. Yurak deb atalgan zaminda gʻurur chinorining yuksalishi uchun inson Shohizinda, Kalta minor, Minorayi Kalon Bibixonim maqbarasi, Registon kabi millat tarixiga oʻchmas obida boʻlgan qadamjolardan gʻururlanishini anglashi kerak. Agar Goʻri Amirning toshlaridagi koʻklam kabi sof, yoqimli va bebaho bitiklar boʻlmasa, koʻkrak viqor bilan toʻlmas, hayratlanib boqmasdi. Bu hayratga soluvchi bitiklarni anglash uchun ham yurt tarixiga befarq boʻlmaslik kerak, shundagina yurak chinakamiga gʻurur, faxr, iftixorga toʻladi.
Xurshid Davron sheʼrlarida Vatan yodi hamisha ruhlar bilan birga payvasta boʻlishi kerakligini tarannum etdi. Dilingda boʻlsin quvonchi, gʻami Kitoblarda emas, qogʻozda emas. Boʻzda yaahaysizmi, Buxorodami Siz bilan baravar u olsin nafas Bu misralarda Vatanga muhabbat faqatgina oʻz shahrini emas, yurtning har bir burchagini sevish kerakligi, muhabbat kitoblarda, qogʻozlarda emas dilda saqlanishi lozimligi haqida soʻz boradi.
Bu borada shoirning “Turkiston” sheʼrida yurtimizning turli goʻshalariga oʻziga xos taʼrif mavjud: Samarqand - zaʼfaron tiramoh Buxoro - qirmizi saraton, Tosh shahri - sovigan kahrabo Turkiston, Turkiston, Turkiston... Ushbu sheʼrda shoirning mahoratidan hayratlanmay iloj yoʻq. Shunday gʻaroyib topilma qiladiki, butun shaharlarning fasohatini birgina jumla bilan ochib beradi. Tiramoh - tojikcha “kuz” degan maʼnoni anglatadi. Shoir Samarqanddek shahri azimni “zaʼfaron kuz” deb ataydi. Buning sababini gʻishtin minorlarning koʻpligi, iqlimi issiq voha ekanligi bilan izohlash mumkin. Mevalarning asli yetiladigan, saxovatli, oltinrang faslga qiyoslanishi tarixan koʻp talotumlarni boshdan kechirgan, lekin oʻz mahobatini, muhtashamligini asrab qola olgan shahar uchun oʻrinli tashbeh. Buxoro shahriga “qirmizi saraton” ta'rifi beriladi. Qirmizi rang adabiyotda muhabbat ramzi ekanligini inobatga olsak, tarixi-yu buguni bilan obroʻli, muhtasham Buxoroyi sharifga muhabbati tasvirlanyapti, deyish mumkin. Lekin qonning rangi ham qizil, shoir bu sifat bilan Buxoro boshidan oʻtgan qonli kunlar tarixiga nazar tashlamoqda.
Tosh shahri bu Toshkent, kent soʻzi shahar ma'nosida qoʻllaniladi. Shoir bu shaharni “sovugan qahrabo” deb ataydi. Kahrabo soʻziga izohli lugʻatda “sariq rangli, shaffof, yaltiroq, tosh qotgan yelim” taʼrifi beriladi. Bu shoirning soʻz tanlash mahoratidir. Samarqandu Buxoroga saraton, issiqlik sifatini berib, Toshkentni sovigan kahraboga oʻxshatish orqali tazod sanʼatini yuzaga keltirgan. Bu bilan yurtning har goʻshasi oʻziga xos sabohatga, goʻzallikka ega ekanligi taʼkidlangan. Va ularni bir nom birlashtirib turadi, yaʼni "Turkiston, Turkiston, Turkiston". Xulosa shuki, Xurshid Davron she’rlarida Vatan mavzusi va uning tasviri orqali vatanparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan, shoirning vatanga va xalqqa bo‘lgan muhabbati tarannum etilgan.
Xurshid Davronning she’rlari, qissalari uning yurt tarixini yurakdan his qilishini namoyon etadi. U vatanimizning o‘tmishi, bugungi kunini odamlar to‘g‘ri tasavvur etishi, har bir kishi yurti ravnaqi uchun chin dildan fidoyi bo‘lishini istaydi. Shoir Vatan to‘g‘risidagi she’rlarida chinakamiga dilini ochadi, o‘zini o‘ylantirgan muammolarni insonning asl qiyofasini ko‘rsatadigan ma’naviyat bilan bog‘laydi. Shoirning ijodi xuddi shu jihati bilan e’tiborni tortadi. Xurshid Davron Vatan haqidagi she’rlarida o‘zining og‘riqli kechinmalarini ifodalaydi. Ular hayotga keng miqyosdan qarab, “Vatan”, “millat” tushunchasini teran his qiladigan ziyoli insonning o‘ylari bo‘lib ko‘rinadi.
Vatan mavzusi ijtimoiy-siyosiy xarakterda bo‘lib, bu xususda so‘z yuritganda davrning mafkurasi e’tiborga olinadi. Ijodkor Vatan haqida mulohaza bildirayotganida o‘z zamonasi siyosatidan kelib chiqadi. Abdulla Oripov, Erkin Vohidovning Vatan haqidagi she’rlari Xurshid Davron, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyidning shu mavzudagi she’rlaridan ancha farq qiladi. Xurshid Davron she’rlari markazida Vatan turadi. Uning boshqa mavzudagi she’rlarida ham ona yurt, uning tarixi to‘g‘risida so‘z ketadi. Adabiyotning avvali bilan tutash bu mavzu ijodkordan katta mas’uliyat talab qiladi. Unga yuzaki yondashib bo‘lmaydi. Xurshid Davron she’rlarida “Vatanim, seni sevaman. Yurtim, sen uchun jonimni fido qilaman” demaydi. U boshqa ijodkorlarning vatan to‘g‘risida aytgan fikrini o‘zgartirib takrorlamaydi.
She’r shoirning barcha hislarini oshkor qiladi. Chunki chinakam shoir she’rda qalbini to‘la-to‘kis ochadi. U boshqa paytda kayfiyat, kechinmalarini pardalab, yashira oladi. Ammo she’r bitayotganida u bunday qilolmaydi.
Xurshid Davronning mustaqillikka erishilmasdan avval yozgan she’rlarining aksariyatida erk va ozodlik to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Shoir Vatani ozod bo‘lishini istayotganini izhor etadi. Uning bu mavzudagi she’rlari ma’no-mazmuni, g‘oyasi jihatidan O‘zbekiston mustaqilligini orzu qilgan shoirlarning she’rlariga to‘la uyg‘un keladi.
Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Oybek, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir kabi shoirlar ham Vatan mavzusida, xalq ozodligi, inson erki to‘g‘risida o‘z davri mafkurasi imkon bergan darajada mulohaza yuritgan. Shuning uchun ular ayni she’rlarida o‘zbek xalqi taqdirini rus xalqi bilan bog‘lashgan. 80-yillarda ham ahvol o‘zgarmadi. Xurshid Davron va uning tengdoshlari o‘sha paytda O‘zbekiston mustaqil bo‘lishi shartligi, o‘zbek xalqi dunyodagi boshqa ozod xalqlar singari erkinlikka erishishi zaruratini ochiq-oshkor aytolmagan. Bu gaplar pardalab, obrazlarga o‘rab aytilgan.
Xurshid Davron erk, ozodlik haqida so‘z aytish uchun tarixni vositaga aylantirgan. Uning turli mavzudagi she’rlarida, albatta, tarix tilga olinadi. Aytish mumkinki, tarixiy voqealikka e’tibor qaratish Xurshid Davron ijodiga xos asosiy xususiyat sanaladi. Adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov bu xususda fikr bildirar ekan: “Klod Lorren suvratlarini ko‘rganman. Ularda qasrlarning vayronalari juda qadim zamonlardan qissalar aytayotganday… Xurshid Davronning she’rlarini o‘qiganda Klod Lorren suvratlari yodga tushadi. O‘xshashlik bor ular o‘rtasida. Bu she’rlarda tarix dam hayqiradi, dam uzoq sukutga ketadi. Xurshid Davronga san’at, kitoblar, tarix, qadim adabiyot ko‘proq ilhom beradi. Uning she’rlarida davrimizning ziyoli kishisi obrazi ancha boy kechinmalari bilan gavdalanadi” – deb ta’kidlaydi
Xurshid Davronning boshqa mavzudagi she’rlarida ham tarixga shunday hurmat, ishonch bilan qaraladi. U o‘tmishga nazar solarkan, undan o‘ziga kerakli quvvat oladi. Tarixni tilga olganda, voqealarni birma-bir sanab, yashab o‘tgan mashhur siymolar nomi, jasorati, xizmatini o‘quvchiga eslatib o‘tirmaydi. Tarixiy mavzudagi aksariyat asarlarida ulug‘ shaxslarning nomi tilga olinib, o‘tmishdagi voqealarga turli ishoralar qilinadi. Abdulla Oripovning “O‘zbekiston – Vatanim manim”, Erkin Vohidovning “O‘zbegim” she’rlari bunga misol bo‘la oladi. Qasida janridagi ushbu she’rlarda xalqimiz tarixining turli davrlariga o‘ziga xos sayohat qilinadi.
Tarixda nom qoldirgan shaxslarning faoliyati ta’kidlanadi. Juda mashhur mazkur she’rlar negizida xalqimiz tarixidan g‘ururlanish, ajdodlardan faxrlanish hamda shunday xalqning mustamlaka ekanidan iztirobga tushish hissi turadi. She’r asosida maqtanish, madhiya tursa, uning ta’sir kuchi tezda so‘nadi. Turli bayram, tantanali tadbirlar munosabati bilan madhiya xarakteridagi she’rlar ko‘p bitiladi. Zarurat, buyurtma bilan yozilgan bunday she’rlar sal vaqt o‘tgach, eskirib, yaroqsiz bo‘lib qolgan matohday chiqitga chiqadi. Agar she’r negizida shoirning iztirobi tursa, u qaysi mavzuda bo‘lishidan qat’i-nazar, zamonlar o‘tsa-da, ta’sir kuchini saqlab qoladi. Asosida ijodkor iztirobi turgan asar, qaysi janrda bo‘lmasin, hamisha yangi bo‘lib qolaveradi, hech qachon kishilarni befarq qoldirmaydi.
Xurshid Davron ijodini o‘qir ekansiz vatanni his qilish va uning tarixiylik tamoyili asosida kishilarda o‘zgacha tuyg‘ular uyg‘otadi. Akasriyat vatan she’rlarida vanni sevish yoki uni qadtrlash borasida gap ketsa Xurshid Davron bundan boshqacharoq tarzda uni tarioxiylik va xotiralarga yo‘llaydi. Vatan she’rlarini o‘zgacha uslubda tush yoki sog‘inch motivlari asosida ham bera oladi. Shoir she’rlarida mantiqiylik va kishilarni o‘yga toldiradigan she’rlarni ko‘ramiz


Download 1,09 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich sinflarda vatanga bo‘lgan muhabbatni shakllantirishda Xurshid Davron ijodining ahamiyati

Download 1,09 Mb.