Sh A R Q IY
Sharqiylar turk she’riyatida asosan XVIII asrdan yaratila boshlagan nazm shakllaridan. Sharqiylarga kuy bastalangan. Ko‘pi bilan ikkidan besh to‘rtlikkacha bo‘lgan. Turk adabiyotiga sharqiyni olib kirgan Nodim ijodida 3 bandlik sharqiylar ko‘p. Ishq va go‘zallik mavzulari qalamga olingan sharqiylar xalq she’riyatidagi turku va ko‘shma hamda devon adabiyotidagi murakkab shakllarning o‘ziga xosliklarini jamlagan deyish mumkin. Sharqiylar ko‘proq aruz vaznining foilotun, foilotun, foilotun, foilun o‘lchovida, shuningdek hijo vaznida ham yozilgan.
___________ a
___________ a
___________ a
___________ a
___________ v
___________ v
___________ v
___________ a
___________ s
___________ s
___________ s
___________ a
shaklida, gohida
___________ a
___________ v
___________ a
___________ v
___________ s
___________ s
___________ s
___________ v
shaklida qofiyalanib, takror kelgan misraga naqorat deyilgan. Lola davri shoiri Nodim, Enderunlu Vosiflar turk adabiyotida go‘zal sharqiylar yozgan shoir sifatida mashhurlar.
Nodim sharqiylaridan:
Yana bazmi chamanga lola furuzan keldi,
Mujdalar gulshanga kim vaqti charog‘on keldi
Bulbul ashuftalanip bazmi g‘azalxon keldi
Mujdalar gulshanga kim vaqti charog‘on keldi.
Sayr olup raqsi yana dilbari mumtozlarin
Yana efloke chikar nolalari sozlarin
Jona otash beradur shulasi ovozlarin
Mujdalar gulshanga kim vaqti chorog‘on keldi.1
Eslatma: Xalq qo‘shiqlari oxorini saqlab qolish va ayrim so‘zlar o‘zbek o‘quvchisiga ham tushunarli bo‘lgani uchun o‘zgartirmadik.
|