Alimbekov adhambek




Download 457 Kb.
bet8/63
Sana11.06.2021
Hajmi457 Kb.
#14924
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63

S A M O I Y


O‘zagi arab kalimasidan bo‘lgan bu so‘z “eshitmoq”, “o‘rgan­moq” ma’nolarini anglatadi. Xalq adabiyotida, ayrim shoirlar ijodida ko‘p uchraydigan bu nazm shakli, aruzning “mafoilun, mafoilun, mafoilun, mafoilun” vaznida, hijoda esa 4+4=8 li vaznda bo‘lib, o‘ziga xos ohang bilan kuylanadi. Tabiat, go‘zal­lik, sevgi va ayriliq mavzularida ko‘proq yaratilgan samoiylar qofiya va misra tuzilishiga ko‘ra ko‘shmaga o‘xshab ketadi. (Ayrimlar samoiyni ko‘shmaning bir turi ham deyishadi). 3-5 band­li, gohida ortiqroq ham bo‘lgan samoiy o‘ziga xos havoli, hafif musiqiy bo‘lgan. XVIII asrdan xalq shoirlari o‘rtasida keng tarqalib, samoiy o‘qishlar avj olgan.

Karajaoglan.



SAMOIY

Injalikdan bir qor yog‘ar,

Tuzar Alif1, Alif deya.

Dalli ko‘ngil telba o‘lmish,

Kezar Alif, Alif deya.

Alifin chagvoni naqshli

Qush bolasidek boqishli

Yaylov chechagi ufirushli

Ufirar Alif, Alif deya

Alif qoshlarini chatar

G‘amzasi siynama botar,

Oq qo‘llari qalam tutar,

Yozar Alif, Alif deya.

Uylaring oldi chordoq

Alifin qo‘lida qadah

Go‘yo yashil boshli o‘rdak

Suzar Alif, Alif deya.


Download 457 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Download 457 Kb.