Турк адабиёти тарихи




Download 457 Kb.
bet40/63
Sana15.03.2017
Hajmi457 Kb.
#157
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63

Masihiy murabbasidan


Tingla bulbul qissasinkim – keldi ayyomi bahor,

Qurdi har bir bog‘aro hangoma hangomi bahor.

Bo‘ldi simafshon anga izhori bodomi bahor,

Ayshu no‘sh etgil, kechar, qolmas bu ayyomi bahor.

Qayta anvoi shukufi-la bezandi bog‘u rog‘,

Aysh uchun qurdi chechaklar sahni gulshanda o‘tog‘1.

Kim bilur, to bir bahorga kim o‘lib, kim qoldi sog‘,

Ayshu no‘sh etgil, kechar, qolmas bu ayyomi bahor.

Qildi shabnam qayta javhardor tig‘i savsani,

Jolalar oldi havoyi to‘plari-la gulshani,

Kez, tomosho ersa maqsuding meni esla, meni,

Ayshu no‘sh etgil, kechar, qolmas bu ayyomi bahor.

Ruhlari rangin go‘zallardir gul ila lolalar,

Kim quloqlariga turli javhar osmish jolalar.

Aldanib, o‘ylama; bular shunda boqi qolalar,

Ayshu no‘sh etgil, kechar, qolmas bu ayyomi bahor.

Bu gulistonda ko‘ringan lola, gul nu’man-la,

Bog‘ida qon oldi chaqmoq nishtari boron-la.

Orif ersang xo‘sh kechirgil bu dami yoron-la,

Ayshu no‘sh etgil, kechar, qolmas, bu ayyomi bahor.

Abri gulzor ustiga har subhi gavhar bor ekan,

Nafhai boda sahar pur nofai totor ekan.

G‘ofil o‘lma, olaming mahbubligi to bor ekan,

Ayshu no‘sh etgil, kechar, qolmas bu ayyomi bahor.

Oldi, gulzor ko‘rkin oldi bu siyoh bodi xazon,

Adl etib asta-sekin keldi yana shohi jahon.

Davlatida bodalar kom bo‘ldi soqi komiron,

Ayshu no‘sh etgil, kechar, qolmas bu ayyomi bahor.



(Mirtemir tarjimasi)

Download 457 Kb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Download 457 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Турк адабиёти тарихи

Download 457 Kb.