Iso Najotiy g‘azallaridan
Har kun ul ruxsori gulzori jinonni1 ko‘zlaram,
Har kecha ul zulfi umri jovidonni2 ko‘zlaram.
Zulfi ruxsoring firoqila yiroqlardan turib,
Kecha otash shu’lasin, kunduz duxonni3 ko‘zlaram.
Husnina insu malak hayronu men devonavor,
Goh zaminga boqaram, goh osumonni ko‘zlaram.
Xalqa yanglig‘ ko‘zlarim eshikda qoldi do‘stim,
Fathi bob4 bo‘lg‘ay debon ul ositonni5 ko‘zlaram.
Necha sundi charx chinni kosa birla nukli g‘am1,
Davr qo‘lindan menki jomi shodumonni ko‘zlaram.
Rohatu qahriga dahrin bosh egib yolvormam,
Men Najotiy, himmati shohi jahonni ko‘zlaram.
* * *
Xattingda kim ul zulfi parishon yozilibdur,
Go‘yo g‘ubor ustina rayhon2 yozilibdur.
Ul ho‘qqayi3 marjon uzarinda xatti mushking,
“Dilxastalarning dardina darmon” yozilibdur.
Diltangu parishon edi, vasfingni eshitgach,
Gullar ochilib, g‘unchayi xandon yozilibdur.
Naqsh bo‘ldi xating dilda-yozuqdur o‘tda yoqma,
Shul sahfagakim oyati Qur’on yozilibdur.
Ey husn debon oshiq bo‘lgan ko‘z ila qoshga,
Bu sheva kalisoda farovon yozilibdur.
Gul daftarin yig‘sin, ki orazi do‘st yuzindan,
Ash’ori Najotiy ila devon yozilibdur.
|