• Muhibbiy g‘azaliga taxmis
  • Турк адабиёти тарихи




    Download 457 Kb.
    bet44/63
    Sana15.03.2017
    Hajmi457 Kb.
    #157
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63

    Boqiy ijodidan namunalar


    Orazing obi nobdir1 go‘yo,

    Dug‘oring bir habbobdir2 go‘yo.

    Dilda anvori mehri ruxsoring,

    Obda mohitobdir go‘yo.

    Bazmi g‘amda du chashmi purxuning,

    Ikki shisha sharobdir go‘yo.

    Naqshi husni xatingla safhayi dil,

    Bir musavvar kitobdir go‘yo.

    Tutdi mehri jahonni ul mohning,

    Partavi3 ofitobdir go‘yo.

    Boqiyo holi anbarini oning,

    Nofayi mushki4 nobdir go‘yo.


    Muhibbiy g‘azaliga taxmis


    Jomayi sihhat Xudodan xalqqa bir xil’at kabi,

    Bir libosi foxir bo‘lmas jismga ul qisvat kabi.

    Bor ekan baxtu saodat quvvatu qudrat kabi.

    Xalq ichinda mo‘’tabar bir narsa yo‘q davlat kabi,

    Yo‘q erur davlat jahonda bir nafas sihhat kabi.

    Ahli vahdat koinotning oqilu donosidir,

    Mardi forig‘ olamning mumtozu mustasnosidir.

    Ko‘r na der ul, kim so‘zi go‘yo Masih anfosidir:

    “Saltanat deganlari faqat jahon g‘avg‘osidir”

    Bo‘lmagay baxtu saodat dunyoda vahdat kabi.

    Toati Haq munisi bazmi baqodir oqibat,

    Suhbati jonu badan sendan judodir oqibat.

    Bodi sarsardir fano, olam habodir oqibat,

    Qo‘y bu ayshu ishratni, chunkim fanodir oqibat

    Yori boqiy istar ersang, bo‘lmagay toat kabi.

    Olamni ko‘zdan kechirsang, aylasang bir yil rasad,

    Davr ichinda turmasang, ko‘rsang hazoron neku bad.

    Har tarafdan oqsa dunyo, moli kelsa loyu ob?

    Bo‘lsa qumlar soni qadar umringga haddu adad.

    Bo‘lmagay bu shishayi charx ichra bir soat kabi.

    Manzili osoyishi uqboga istarsang vusul,

    Hubbu dunyodan farog‘at kibi bo‘lmas to‘g‘ri yo‘l.

    Shodmon arbobi uzlatdir hamon Boqiy Malul,

    Gar huzur etmoq tilarsang ey Muhibbiy forig‘ bo‘l.

    Bo‘lmagay vahdat maqomi g‘ussayi uzlat kabi.


    Katalog: ata -> dil

    Download 457 Kb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




    Download 457 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Турк адабиёти тарихи

    Download 457 Kb.