Турк адабиёти тарихи




Download 457 Kb.
bet47/63
Sana15.03.2017
Hajmi457 Kb.
#157
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Ikkinchisi, shoirning forscha “Devoni”dir. Devonda 8 na’t, 8 qasida, 1 soqiynoma, 1 faxriya, 21 g‘azal, 171 ruboiy bor. “Devon”ning bir nechta nusxalari Turkiya va Yevropadagi kutubxonalardan topilgan. Adabiyotshunos olim Ali Nihod Tarlan bu nusxalarni qiyosiy o‘rganib, hamda turkchaga tarjima qilib, 1944 yilda Istambulda nashr ettirgan.

Uchinchisi, Nafiyning hajviy asarlarini to‘plagan “Sihomi qazo” majmuasidir. Bundagi asarlar saviya jihatidan bir xil emas. Ayrim nusxalari bir-biridan farq qiladi. Haj­viy asarlarda asosan Nafiyga zamondosh amaldorlar ob’ekt qilib olingan. O‘sha davrda yashagan shoirlardan ayrimlari ha­qida ham Nafiyning salbiy fikrlari aks etgan.

Shuningdek, Nafiyning “Tuhfatul-ushshoq” nomli 97 baytdan iborat qasidasi ham bor. Bu asar Fuzuliyning “Anisul Qalb” dostoniga va shu mavzudagi asarlarga nazira tarzida yozilgani uchun, adabiyotshunoslar bu asarni mustaqil nazm namunasi sifatida sanamaydilar.

Davrining g‘azalnavis va hajvchi shoiri sifatida tanilgan Nafiy ijodida ko‘zga tashlangan o‘ziga xoslik she’rlardagi ko‘tarinki ohangdir. Shoir bu ohangni saqlash uchun turk, arab, fors so‘zlaridan ustalik bilan foydalanadi. Shu yo‘sinda Nafiy qasidalaridagi uslub, devon she’riyatida qoliplashgan uslubdur. Shoirning so‘z manbai boy bo‘lishi mumkin, lekin uni she’rda musiqiy bir tarzda berish ham bor. Ishq, falak, hij­ron, visol mavzusidagi Nafiy g‘azallari bu borada muvaffa­qiyatli chiqqan. Shoirning ijodiy diapazoni keng, u g‘azalla­rida faqat ishqiy mavzularni emas, harb va qahramonlik, tasavvuf mavzularini ham mahoratla yorita olgan. Shoir tanlagan mavzusini o‘zi istagandek tasavvur etar, uni yoritishda ham qiy­nalmasdi. U o‘zigacha hech qo‘llanmagan kalimalar va ta’birlarni ustalik bilan she’r mag‘ziga singdirib yuborardi. Nafiyning she’rlarida yangicha bir ohang, xayol va hayot kuchi bordek. Masalan, shoirning urush tasviriga bag‘ishlangan misralarini o‘qi­sangiz, qilichlarning jaranglanishini tuygandek bo‘lasiz.

Nafiy ijodining yana bir o‘ziga xosligi majozlarga boylik, kuchli va ko‘tarniki ruhdir. Shoir gohida aruzning qat’iy qoliplariga rioya ham qilmasdan, so‘zlarga o‘zgacha ohang ba­g‘ishlashga intiladi. Boqiy singari she’r “texnikasi”ga emas, ko‘proq so‘z ohangiga e’tibor beradi.

Nafiy she’riyatni ulug‘ ne’mat deb bilgan. U shoirlarni sultonlardan yuqori qo‘yadi. “Shoirlar bo‘lmasa, o‘tib ketgan shohlarni hech kim bilmasdi ham, eslamasdiyam ham” deya yozgandi Nafiy. Shoir g‘azallarida ayni paytda mag‘rurona yozilgan misralarni ham uchratamiz. Gohida u o‘zini barcha zamondoshlaridan ustun qo‘yadi. She’r aytganida hatto “hofiz ham jim turadi” tarzidagi o‘ziga ishonch va bino qo‘yish ham bor.

Nafiyning hajviyoti ayniqsa o‘z davri uchun xarakterli bo‘lib, shoir turk adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib, sulton saroyining ichki kirdikorlarini qalamga oladi. Undagi laganbardorlik, soxtalik, ko‘zbo‘yamachiliklarni fosh qiladi. Shuning uchunmi Nafiy hajviyoti xalq o‘rtasida tez tarqalardi. Xalq ham shoirga kerakli hurmatni ko‘rsatardi. Tarixchi Kochubey Bayram Posho tomonidan o‘ldirtirilgan shoirning jasadini dengizga tashlashini ham, xalqdan Nafiy o‘limini yashirish uchun qilinganligini yozgandi.

Nafiy g‘azallari, ayniqsa satirik she’rlari bilan XVII asr turk she’riyatiga yangicha bir ohang olib kirgan shoir bo‘lib qoldi.


Download 457 Kb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Download 457 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Турк адабиёти тарихи

Download 457 Kb.