“Yusuf va Zulayho”dan
Karvon chun yo‘lga ravon bo‘ldi,
Yusufning ko‘zlariga qon to‘ldi.
Ashki yo‘llarni lolazor etdi,
Yig‘labon har yerni pinor1 etdi.
Bir-ikki marhala chun ketdilar,
Modarining qabriga ham yetdilar.
Ul maqomga erishdi, chunki murur2
Tushdi modar mozori uzra bu nur.
Tushdi Rohil uzra rohiladan1,
Ayrilib qoldi magar qofiladan.
Ul mozorni quchib, qilib zori;
Dedi yuz dard ila shu guftorni:
“Ayri tushdim padardan, ey modar,
Menga zulm etdilar birodarlar.
Gul kabi avval olib bordilar,
Gul kabi so‘ngra yerga urdilar.
Guldayin avaylaganim badanni,
Surdilar tuproqqa ul rasanni.2
Tosh ila urdilar; zabun bo‘ldim,
|