Ahmad Posho g‘azallaridan




Download 457 Kb.
bet30/63
Sana15.03.2017
Hajmi457 Kb.
#157
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63

Ahmad Posho g‘azallaridan


Har kishining hamdami gul yuzli bir jonon o‘lur,

Xonasi jannat kabi doim bahoriston o‘lur.

Oshiqu ma’shuqqa mengzar oftob birla zamin-

Kim biri yig‘lay deguncha, birisi xandon o‘lur.

Bilmasam-maktubimni kim arz etar dildorakim,

Qosid1 ul husni jamolin ko‘rsa gar hayron o‘lur.

Shiddati ishq-u baloyi hajr-u anduhi raqib,

Uzayib zulfing kabi borguncha bepoyon o‘lur.

Nola qilsa Ahmado-g‘unchasining kulgani,

Go‘yo bulbullar fig‘on etsa bu gul shodon o‘lur.

*******

Kun yuzli taqvimina ey dil, nazar qil doimo,

Oy boshingda fitnalar bordir, hazar qil doimo.

Bir quruq maktubdir, yuborganim dildora men,

Ey ko‘zim, mardumlik et, yoshimla tar1 qil doimo.

Bir nazarda kimyo etmak istarsan tufroqni,

Xokini mayxonaning kuhli basar qil doimo.

Ruxsoring och, aksi husnigla bahor et olamni,

Sochlaring soch, yer yuzin pur mushki tar qil doimo.

Dil niyoz aylar nigorning qoshi mehrobinda kim,

G‘amzasi tiyg‘in Ilohi, korgar2 qil doimo.

Holi Ahmad husnula ey mohtobona oyinadir,

Husnini sayr etmakka bori nazar qil doimo.


Katalog: ata -> dil

Download 457 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63




Download 457 Kb.