• Kengaytirilgan tayinlash operatorlari
  • Alisher ismailov shakirovich algoritmlash va dasturlash asoslari (1-qism)




    Download 290,29 Kb.
    bet21/33
    Sana21.02.2024
    Hajmi290,29 Kb.
    #160200
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
    Bog'liq
    Algoritmlash va dasturlash asoslari-fayllar.org

    Operator


    Nomi


    Misol

    +

    Qo‘shish

    3+4

    -

    Ayirish

    10-8

    *

    Ko‘paytirish

    7*8

    /

    Bo‘lish

    8/2

    %

    Modul

    10%4


    Bo‘lishning ikkala operandlari ham butun son bo‘lsa, bo‘linish natijasi bo‘linma bo‘lib, kasr qismi kesiladi. Masalan, 5/2 dan 2,5 emas, 2, va –5/2 dan –2,5 emas, -2 hosil bo‘ladi. sonning qoldig‘ini ham chiqarish uchun operandlardan biri kasrli raqam bo‘lishi kerak. Misol uchun, 5.0 / 2 dan 2.5 natija chiqadi.

    Modul operatori sifatida tanilgan % operatori faqat butun son operandlari bilan ishlaydi va bo‘lingandan keyin qoldig‘ini chiqarib beradi. Chap operand dividend, o‘ng operand esa bo‘luvchi hisoblanadi. Shuning uchun 7 % 3 dan 1 natija, 3 % 7 dan 3 natija, 12 % 4 dan 0 natija, 26 % 8 dan 2 natijalar chiqadi.
    Modul dasturlashda juda foydali hisoblanadi. Masalan, % 2 juft son har doim 0 ga teng va % 2 toq raqam har doim 1 ga teng. Shunday qilib, sonning juft yoki toq ekanligini aniqlash uchun ushbu xususiyatdan foydalanishingiz mumkin. Quyidagi dasturda vaqtni hisoblash keltrilgan:
    Vaqtni Ko`rsatish dasturi

    1 #include

    2 using namespace std;
    3
    4 int main()
    5 {
    6 // foydalnuvchiga kiritish uchun so`rov
    7 int sekund;
    8 cout << "Sekundni kiriting (butun son bo`lsin): ";
    9 cin >> sekund;
    10 int minut = sekund / 60;
    11 int sekundQoldigi = sekund % 60;
    12 cout << sekund << " sekund " << minut <<
    13 " minut va " << sekundQoldigi << " sekund " << endl;
    14
    15 return 0;
    16 }

    Natija: Sekundni kiriting (butun son bo‘lsin): 500


    500 sekund, 8 minut va 20 sekund
    9-qator sekund sifatida butun sonni o‘qiydi.
    10-qator minutni, sekund / 60 yordamida topadi.
    11-qator (sekund % 60) minut olib tashlanganidan keyin qolgan sekundlarni oladi.





  • Daraja funksiyalari

    Ikkita sonni darajasini hisoblash uchun pow(a, b) funksiyasidan foydalanish mumkin. pow - bu cmath kutubxonasidagi funksiya hisoblanadi. Bu yerda a va b pow funksiyasi parametrlari va 2.0 va 3 raqamlari funksiyani chaqirish uchun ishlatiladigan haqiqiy qiymatlardir. Masalan,


    cout << pow(2.0, 3) << endl; // Natija 8.0
    cout << pow(4.0, 0.5) << endl; // Natija 2.0
    cout << pow(2.5, 2) << endl; // Natija 6.25
    cout << pow(2.5, -2) << endl; // natija 0.16
    E’tibor bering, ba’zi C++ kompilyatorlari pow(a, b) dagi a yoki b ning kasrlik son bo‘lishini talab qiladi. Bu yerda biz 2 emas, balki 2.0 dan foydalanishimiz kerak bo‘ladi.





  • Kengaytirilgan tayinlash operatorlari


    +, -, *, / va % operatorlarini tayinlash operatori bilan birlashtirib kengaytirilgan operatorlarni hosil qilish mumkin.
    Ko‘pincha o‘zgaruvchining joriy qiymati ishlatiladi, o‘zgartiriladi va keyin yana bir xil o‘zgaruvchiga qayta tayinlanadi. Misol uchun, quyidagi bayonot o‘zgaruvchilar sonini 1 ga oshiradi:
    count = count + 1;
    C++ dasturlash tili kengaytirilgan tayinlash operatori yordamida tayinlash va qo‘shish operatorlarini birlashtirish imkonini beradi. Masalan, yuqoridagi misolni quyidagicha yozish mumkin.
    count += 1;
    += qo‘shishni tayinlash operatori deb ataladi.






    Download 290,29 Kb.
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




    Download 290,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher ismailov shakirovich algoritmlash va dasturlash asoslari (1-qism)

    Download 290,29 Kb.