|
Alisher ismailov shakirovich algoritmlash va dasturlash asoslari (1-qism)
|
bet | 17/33 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 290,29 Kb. | | #160200 |
Bog'liq Algoritmlash va dasturlash asoslari-fayllar.orgFunksiyalar
|
Tavsifi
|
isdigit(ch)
|
Belgilangan belgi raqam bo‘lsa, true qiymatini qaytaradi
|
isalpha(ch)
|
Belgilangan belgi harf bo‘lsa, true qiymatini qaytaradi.
|
isalnum(ch)
|
Belgilangan belgi harf yoki raqam bo‘lsa, true qiymatini qaytaradi
|
islower(ch)
|
Belgilangan belgi kichik harf bo‘lsa, true qiymatini qaytaradi
|
isupper(ch)
|
Belgilangan belgi katta harf bo‘lsa, true qiymatini qaytaradi.
|
isspace(ch)
|
Belgilangan belgi bo‘sh joy belgisi bo‘lsa, true qiymatini qaytaradi.
|
tolower(ch)
|
Belgilangan belgining kichik harfi holatida qaytaradi.
|
toupper(ch)
|
Belgilangan belgining katta harfi holatida qaytaradi.
|
Misol:
1 #include
2 #include
3 using namespace std;
4
5 int main()
6 {
7 cout << "Belgini kiriting: ";
8 char ch;
9 cin >> ch;
10
11 cout << "Siz kiritgan belgi:" << ch << endl;
12
13 if (islower(ch))
14 {
15 cout << "kichik harf" << endl;
16 cout << "Katta harf holati: " <<
17 static_cast(toupper(ch)) << endl;
18 }
19 else if (isupper(ch))
20 {
21 cout << "Belgi katta harf " << endl;
22 cout << "kichik harf holati: " <<
23 static_cast(tolower(ch)) << endl;
24 }
25 else if (isdigit(ch))
26 {
27 cout << "belgi son " << endl;
28 }
29
30 return 0;
31 }
Natija:
Enter a character: a
Siz kiritgan belgi: a
Kichik harf
Katta harf holati: A
string ma’lumot turi
String - bu belgilar ketma-ketligini jamlash hisoblanadi. Char ma’lumotlar turi faqat bitta belgini ifodalaydi. Belgi to‘plamini ifodalash uchun string deb nomlangan ma’lumotlar turidan foydalanish kerak. Misol uchun, quyidagi kod ushbu xabarni “Dasturlash qiziqarli” deb e’lon qiladi.
string xabar = " Dasturlash qiziqarli ";
String ma’lumotlar turi ibtidoiy tur emas. U obyekt turi sifatida tanilgan. Bu yerda xabar mazmuni bo‘lgan string obyektini ifodalaydi: “Dasturlash qiziqarli”. Obyektlar class(sinf)lar yordamida aniqlanadi. string - sarlavha faylida oldindan belgilangan class(sinf) hisoblanadi. Obyekt class(sinf)ning namunasi sifatida ham tanilgan. Quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidek, string sinfidagi oddiy funksiyalardan qanday foydalanish keltirilgan.
|
| |